G‘ovak mayda to‘ldirgichlar mayda qum-1,2 mm gacha va yirik qum-1,2-5 mm bo‘linadi. G‘ovak yirik to‘ldirgichlar 5-10, 10-20, 20-40 mm fraksiyalarda bo‘ladi. G‘ovak to‘ldirgichlar asosida betonlar, qorishmalar tayyorlanganda sement toshi hajmining eng kami miqdoriga erishish zarur, aks holda olingan mahsulotlar og‘irlashishi va issiqlik izolyasiyasi xususiyati pasayishi mumkin.
G‘ovak to‘ldirgichlar quruq holatdagi to‘kma zichligining ko‘rsatkichiga (kgm3) binoan quyidagi markalarga bo‘linadi: 250, 300, 350, 400, 500, 600, 800, 1000 va 1200.
G‘ovak yirik to‘ldirgich (chaqiq tosh, shag‘al) mustahkamligi po‘lat silindrda ezish usulida aniqlanadi. Bu usulda aniqlangan mustahkamlik (kgssm2) 5 kam bo‘lmasligi va 25-200 oralig‘ida bo‘lishi kerak.
Engil beton mustahkamligi (R) sement markasi, sement-suv nisbati, g‘ovak to‘ldirgich mustahkamligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin:
RARs(SS-v) ,
bu erda: A va v koeffitsientlari og‘ir betonda ishlatiladigan koeffitsientlardan farq qiladi. G‘ovak to‘ldirgichning mustahkamligi kam bo‘lsa, A va v koeffitsientlari ham shunchalik kichik bo‘ladi.
Doimiy ishlatilayotgan sement va engil to‘ldirgichlar uchun suv miqdori optimal miqdorda bo‘lganda, engil beton mustahkamligi asosan sementning markasi va miqdoriga bog‘liq bo‘ladi:
RKRs(S-So) ,
bu erda: K va So-beton namunalarini sinab aniqlanadigan kattaliklardir. Namunalar tayyorlashda suv miqdori optimal bo‘lib, sement miqdori esa o‘zgaruvchan bo‘lgan va namunalar bir xil sharoitda qotgan bo‘lishi shart. K-o‘lchamsiz kattalik bo‘lib, So-sement sarfi kg bo‘lishi mumkin.
Beton qorishmasidan kub shaklidagi namunalar tayyorlanib zichligi, mustahkamligini sement sarfiga bog‘liqligi grafiklari quriladi va shu grafiklar zaminida engil betonning optimal tarkibi aniqlanadi.
Engil betonlarning sifatini mustahkamligi bo‘yicha klasslari va o‘rtacha zichligi bo‘yicha markalari belgilaydi. Zichlashtirilgan engil beton siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga (MPa) ko‘ra V2,5... V40 klasslarda, cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan (MPa) V0,8... V3,2 klasslarda bo‘ladi.
Issiqlik izolyasiyasi betonlari V0,35; V0,75 va V1 klasslarda bo‘ladi.
Engil betonlar klasslarga bo‘linmasdan siqilishdagi mustahkamligiga (kgsm2) nisbatan M35-M500 markalarda bo‘ladi. Engil betonlar quruq xolatda o‘rtacha zichligiga (kgm3) ko‘ra D200... D2000 markalarga bo‘linadi.
YUqori markadagi konstruksion engil betonlar o‘rtacha zichligi 16001800 kgm3 bo‘lib, ularni tayyorlashda mustahkamligi yuqori engil to‘ldiruvchilar (to‘kma holatdagi zichligi 600-800 kgm3) ishlatiladi. Bu holda mayda g‘ovak to‘ldiruvchilar qisman yoki butunlay zich to‘ldirgichlar bilan almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |