Qurilish ishlab chiqarishini rejalashtirishning asosiy vazifalari kapital qurilish rejasida ko‘zda tutilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarni ishga tushirish topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, qurilish-montaj tashkilotlarining quvvatlarini hamda qurilishning ishlab chiqarish-texnik bazasini o‘z vaqtida va kerakli miqdorda rivojlantirish, shuningdek, qurilish ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishdan iboratdir. Qurilish ishlab chiqarishi rejasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini ishga tushirish; 2) qurilish-montaj ishlari hajmi; 3) qurilish-montaj tashkilotlarining quvvatlarini rivojlantirish. Bu reja endi avvalgi paytlardagidek “yuqoridan” tasdiqlangan buyruq emas. U ko‘proq akkumulyativ xarakterga ega bo‘lib, qurilish ishlab chiqarishining hududlar, yirik ishlab chiqarish majmualari va milliy iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha sohaviy dasturini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |