Kapital qurilishni rejalashtirish bugungi kunda quyidagi tashkiliy pog‘onalarda amalga oshiriladi: 1) milliy iqtisodiyot miqyosida (davlat rejalari); 2) tarmoqlar miqyosida, shu jumladan qurilish sohasida; 3) hududlar (mintaqalar) miqyosida; 4) xo‘jalik sub’ektlari miqyosida. Bundan kelib chiqqan holda, kapital qo‘yilmalar qurilishni moliyalashtirish manbai sifatida hozirgi paytda markazlashgan va markazlashmagan kapital qo‘yilmalarga ajratiladi hamda ko‘p jihatdan qurilish dasturlarini shakllantirish rejalarini va ularni amalga oshirish mexanizmini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |