Fan nomi:
Elektr ta‟minoti tizimini montaji va ishlatilishi
Ma’ruza mashg’ulotini olib boradi:
dotsent T.X.Xakimov
Lavozimi:
ToshDTU “Elektr ta‟minoti” kafedrasi dotsenti
Telefon raqami:
+998946205472
E-mail:
xakimov@gmail.com
MA’RUZA №1
KIRISH. ELEKTR MONTAJ ISHLARINI TASHKIL QILISH
Reja:
1.
Elektr montaj ishlarini bajarishning umumiy prinsiplari
2.
Elektr montaj ishlarni bajarishga tayyorlash
3.
Elektrmontaj ishlarini bajarishda
texnika xavfsizligi
1.1. Elektrmontaj ishlarini tashkil qilinishining umumiy prinsiplari
Elektr montaj ishlari- qurilish ishlari tizimining bir qismi hisoblanadi va
qurilish shartnomasi tarkibiga mos ravishda qurilish shartnomasida bajarilishi
o„rnatilgan muddatda ishni bajarish bo„yicha pudratchi shartnomada belgilangan
muddatda ishni bajarish tashkil qilinadi. Ish bajaruvchi ishni bajarishni o„z
zimmasiga oladi, buyurtmachi esa pudratchi ishni bajarishi uchun kerakli shart-
sharoit yaratib beradi, bajarilgan ishlarni qabul qiladi va haq to„laydi.
Buyurtmachi bo„lib yuridik shaxs (korxona, tashkilot), moliya vositasiga ega
bo„lgan (investorlar) tashkilotlar hisoblanadi. Elektr montaj ishlarini
moliyalashtirish, kengaytirish, qayta qurish va elektrtermik ob‟ektlarini qayta
texnik jihozlash yangi qurliishga mo„ljallangan kapital harajatlar bo„limi
hisobidan olib boriladi. Elekt rmontaj ishlarini bajarishda pudratchi bo„lib, odatda
elektr montaj tashkilotlari va shaklidan qatiy nazar, o„rnatilgan tartibda soliq
tashkilotlari va elektr montaj ishlarini bajarish litsenziyasiga ega va boshqa
hujjatlari, tashkilotning mutaxassisligini tasdiqlovchi va sifatini kafolatlovchi
hujjatlar bo„lishi yetarli hisoblanadi.
Yirik hajmli elektr mntaj ishlarida ishni bajarishni xohlaganlar ko„p va bir
necha talabgorlar raqobat bo„lganida ularni tanlashda buyurtmachi raqobat
(konkursli) tender tashkil qiladi.
Elektr montaj tashkilotlari ish faoliyati davrida qurliish-montaj
maxsulotlari, iste‟molchilar qiziqishini va ularning huquqini himoya qilish
maqsadida litsenziyalanadi. Kafolatlar buyurtmachi tomonidan bajaruvchiga
shikoyat muddati bajarish shartnomasida aniqlanadi va elektr montaj ishlari
bo„yicha odatda 1-2 yilni tashkil qiladi.
Bajarish shartnomasi asosiy qonuniy hujjat bo„lib xizmat qiladi, pudratchi va
buyurtmachi orasida munosabatlarni rostlovchi hisoblanadi.
Bunday shartnoma ayrim hollarda ish bajarilishi, inshootni to„la
tayyorlanganligi bilan tugaydi. Bunda to„la investitsiyali to„la bajariladigan davrli
loyihalashga (ulash) kiritilishi, quriliish, elektr montaj, ishlarini rostlash ishlari va
ob‟ektni ishlatishga topshirish ko„zda tutilgan.
Tizimli yoki alohida qurliish ish turlari bajarilishi uchun, misol: ishga
tushirish rostlash ishlari, bajaruvchi boshqa-maxsus mutaxassis yollanma ish
bajaruvchi tashkilotlarni (subnaryadchilarni) jalb qilishi mumkin. Bu holatda
pudratchi bosh bajaruvchi lavozimini egallaydi. Asosiy elektr montaj ishlari
bajarilish bosqichlari 1.1. rasmda ko„rsatilgan.
Elektr montaj ishlarini olibborishga tayyorlash, ko„pincha ob‟ekt qurliish
bo„lim jihozlari montaj ishlarini bajarishga qabul qilishda, buyurtmachi qarshisida
barcha ishlar turlari o„z vaqtida bajarilishi, shartnomada ko„zda tutilgan, va kerakli
sifatda bajarilishi bosh pudratchiga yuklanadi.
Pudratchi, ishlarni loyiha-smetasiga mos ravishda rejalashtiradi va
kelishilgan narxda va ishlarning bajarilish, hajmini aniqlovchi, ish tartibi va
narxida olib boriladi. Loyiha hujjatlari elektr montaj ishlarini bajarilishini
belgilovchi me‟yoriy hujjatlar talablariga mos kelishi kerak:
qurilish me‟yorlari va qoidalari (QMvaQ);
qurilish sohasiga oid Davlat texnik standartlari (GOST);
elektr jihozlar tuzilish qoidalari (EQTQ);
iste‟molchi elektr jihozlarini texnikaviy ishlatilishi qoidalari (IEQTIQ).
1.1 rasm. Elektr montaj ishlari bajarilishining asosiy bosqichlari
Bundan tashqari, bajaruvchi vazifasiga tabiiy, atrof-muhit himoyalari
qonunlariga rioya qilishi va ishni bajarishda mexnat muhofazasini tashkil qilish
kiradi.
Ish bajarish davrida buyurtmachi va ish bajruvchi, loyihalash tashkiloti bilan
o„zaro munosabatda bo„lgan holda ish bajarilishi shartnomada ko„rsatilgan tartibi
o„zgartirilmasligi inobatga olinib texnik hujjatlarga, yoki shartnomada ko„rsatilgan
talablarga o„zgartirish kiritish mumkin va yana ishga tushirish to„plamini umumiy
loyiha hajmi ishlaridan ajratish mumkin.
Asbob-anjomlar to„plami bilan elektrmontaj ishlarini ta‟minlash, to„plamli
Jihozlarni, materallarni va konstruksiyalarni olib kelinish vazifasi va ma‟suliyati,
odatda, pudratchiga yuklanadi.
Buning uchun pudratchi loyihlash tashkilotidan kerakli asosiy jihozlar va
asbob-anjomlar to„rlari, materiallar, konstruksiyalar haqidagi hisob-kitoblar,
maxsuslashtirilgan hujjatlarni (spetsifikatsiyasini) oladi.