- buyurtmachi muhri bilan tasdiqlangan “ishni bajarishga” texnik-loyiha
hujjatlarini pudratchi olgan bo„lishi kerak;
- yetkazib beruvchi, korxona va pudratchi bilan kelishib texnologik ketma-
ketlikni hisobga olib jihozlar keltirilish jadvalini etkazuvchi korxona, shaxsan shef
montaj vakili bilan o„zaro munosabatda bo„lib montajda murakkab elektr jihozlar
sonini yirik va og„ir-murakkb elektr asbob-anjomlar montaj joyiga etkazish
shartlari kelishib olinadi;
- mehnat himoyasi bo„yicha tashkiliy qoidalari va bajarilishi ko„zda tutilgan
me‟yorlari va elektr jihozlar akt bo„yicha qurilish ob‟ektining bo„laklari montajga
qabul qilish amalga oshirilgan yong„inga qarshi atrof muhitni himoyasi amalga
oshiriladi.
Elektr ta‟minot tizim jihozlarini montajga qabul qilishda uni qarab chiqish
olib boriladi. Ishlab chiqarish korxona kafolat muddati amaldaligi va hamma
narsalar borligi tekshiriladi. Tekshirish natijalari kerakli akt bilan hujjatlashtiriladi.
Elektr jihozlar montajida tekshirish olib borilmaydi. Texnik shartlar yoki
soha standartlarida va davlat qo„llanmalarida bu ko„zda tutilgan bo„lgan
hollardagina va yana korxona ko„rsatmasi buzilib uzoq vaqt saqlangan hollarda
tekshirilishi mumkin.
Shakli o„zgargan va shikastlangan elektr jihozlar shikastlangan joylari va
nuqsonlari bartaraf qilinganidan keyingina montajga olinadi.
Saqlanish muddati tugagan elektr jihozlar va asbob-anjomlar davlat
standartlarida yoki texnik shartlarda ko„rsatilishiga ko„ra montajga, faqat montaj
oldi tekshirish ishlari o„tkazilib nuqsonlari to„g„rilanib va sinov natijalariga binoan
yaroqli deb hisoblangach qabul qilinadi.
Bajarilgan ishlar natijalari, elektr jihozlar pasporti va boshqa hujjatlariga
tuzatish kiritilib kerakli akt tuziladi va bajarilgan ishlar ko„rsatiladi.
Elektr montaj ishlari boshlanishidan oldin ochiq taqsinlash qurilmalar
(TQ)larda bosh pudratchi rejalashtirilgan ishlarnii tugatishi kerak, ob‟ektni yer osti
yo„llari, kabel kanallari, shinalarini o„rnatish va elektr asbob-anjomlar
fundamentlarini qurish, TQ atrofini to„siqlash, shikastli maydon, yer osti ob‟ektlari
va moy yig„ish idishlarini tayyorlash ishlari tugallanishi kerak. Izolyator
shodalarini va asbob-anjomlarni mahkamlash uchun kabel kanallarida va
tunellarda o„rnatish detallari kabel konstruksiyalarini mahkamlash uchun
o„rnatilishi kerak. Bino ichida va ob‟ektlarda elektr asbob-anjomlarni montajga
topshiriladigan ishni boshqaruvchi yoki to„g„ridan to„g„ri qurilishni bajaruvchi
tomonidan doimiy chuqurlar arxitektorlik–qurilish chizmalarida ko„zda tutilganlari
tagliklar devordagi teshiklar va qoplamalardagi elektr tarmoqlarida nazorat
kabellarini joylashtirish va elektr asbob-anjomlarni siljitish uchun kerakli bo„lgan
ishlar bajarilgan bo„lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: