REJA 1. Yangi davr o’zbek bolalar adabiyotida she’riy janrlar va ularning mundarijasi. 2. Quddus Muxammadiyning qardosh hamda o’zbek bolalar adabiyotidagi o’rni va roli. 3. Quddus Muxammadiy she’riyatining janr va mavzu bo’yicha tasniflash.
Ma’ruza mashg’ulotidan oldin talabalar bilan qisqacha suxbat o’tkazilib, shoir haqida ularning bog’cha, o’rta maktabda olgan bilimlari sinaladi, yod olingan yoki o’qilgan shoir asarlari eslanadi va shu asosida mashg’ulot boshlanishiga zamin tayyorlaniladi.
Bolalar adabiyotida yaratilgan barcha janrdagi asarlarda bolaning yosh xususiyati, dunyoqarashi, milliy xarakteri, psixologiyasi va jismoniy tomonlari hisobga olinishi zarur. Ana shundagina yozilgan talantli asar yoshlar ongi va ma’naviyatida ma’lum bir iz qoldirib, estetik funktsiya bajaradi.
O’zbek bolalar adabiyotida adabiy turlar ichida lirik tur janrlari yetakchilik qilayotganini kukzatish mumkin. Bu tabiiy hol bo’lib, bola yoshlik chog’idanoq dunyoni o’ta tez o’zlashtirishga kirishishi, esda olish va yodlash qobiliyati boshqa malakaviy reflekslarga nisbatan tez rivojlanishi bilan izohlanadi. Natijada bola oson, qulay so’z va iboralarni tez o’zlashtira oladi. Ikkinchidan esa, ularda tuyg’ular rivoji ham tezlashadi, tabiatga, atrofdagilarga estetik nuqtai nazari paydo bo’ladi. Adabiyotda esa bunday holatlar ko’pincha she’riy asarlarda yaqqol ko’zga tashlanadi hamda bundagi janrlar bola talab qilgan narsalarni berishga eng qulaydir. Quddus Muhammadiy 1907 yilda Toshkentning bir maxallasida - mehnatkash dehqon oilasida tavallud topdi. SHoir dastlabki savodini o’qimishli otasi Muhammad Alibekdan oladi. So’ngri turmush qiyinchiliklari tufayli - otasi vafot etgach, amakisi qo’lida tarbiya topib, maktab-internatga kirib o’qiydi. 1925 yilda Quddus internatda o’qib yurgan paytida birinchi she’ri - “CHuvalachi” (qishloq nomi)ni yozib e’lon qiladi.
Agar bog’cha yoshidagi bolalarning faoliyatiga, ijodiy tomonlariga nazar tashlansa, ularda she’riy asarlarni yodlashga intilish, iqtidor, maqsad kuchli ekani ko’rinadi. CHunki she’riy asar ijro etilishiga ko’ra kollektivlik mazmuni kuchliligi, bolada o’ziga xos psixologik g’urur, qarash, ijodkorlik uyg’ota olishi, musiqaviyligi, nutqni ravon va yozishni bilmagan yoshdagi bolani badiiy asarni o’zlashtirishi uchun eng qulay usul bu yodlashdir. Demak, she’riy asar yodlashga mos ekanligi uchun ham bolalar adabiyotida nisbatan yetakchilik xususiyatiga egadir.
SHularni xulosa qilib aytganda, o’zbek bolalar adabiyotida bog’cha yoshidan to 9-10 yoshgacha bo’lgan kichiklarga atab yozilgan asarlar ichida she’riyat yetakchilik qiladi. Mashxur o’zbek bolalar shoiri Quddus Muhammadiy ijodi bunga yaqqol misollar bera oladi.
XX asr boshlaridan to shu kungacha bo’lgan o’zbek bolalar adabiyotidagi lirik tur faoliyatiga qarasak, unda she’r, she’riy hikoya, kichik lirik doston, topishmoq, she’riy ertak, masal, tez aytish kabi she’riy tur asosida yaratilgan asarlarga ko’zimiz tushadi. Garchand ular liro-epik turga yaqinligi bilan xarakterlansa-da, bolalar adabiyotida bunday holat ko’p hollarda liriklikka ko’proq moyilligi bilan xarakterlidir.
Quddus Muxammadiy qardosh xalqlar adabiyotida, xususan, o’zbek bolalar adabiyotida kichik yoshdagi bolalar va boshlang’ich sinf maktab o’quvchilarining ruhiy holatlarini, ularning atrofdagilar bilan bo’lgan munosabatini, bolalar ruhiyatidagi, xarakteridagi ijobiy va salbiy xislatlarni chuqur tahlil qila bilish, kichiklar va tabiat o’rtasidagi aloqani, bir-biriga bog’liqlikni she’riy misralarda tahlil qila olishi bilan, qissadan xissa tarzida tarbiyaviy xulosalar chiqara olishi, tez ta’sir qila oluvchi misralar, so’zlar anglay olishi hamda o’ta nozik kuzatuvchan murabbiy ekanligi bilan ajralib turadi.
Tabiatga bag’ishlangan “Bahor keldi”, “Qanotli do’stlar”, “Sigir nega kavsh qaytaradi”, “Tut”, “Tolim gullaydiyu nega meva tugmaydi”, “SHaftoli doktor”, “Asalari va Axmadjon” she’rlari mashhurdir.
(SHoirning “Tabiat alifbesi” to’plamidan bir necha asar o’qilib, ulardagi mavzu, g’oya tahlil qilinadi).
SHoir zamonaviy fan-texnika yangiliklariga bag’ishlab “Temirlar o’yini”, “GES qurilishida”, “Nur koptok”, “Madraim payvandchi” kabi she’rlarini yaratdi.
(Talabalar bilan birgalikda “GES qurilishida” asari muxokama qilib ketiladi).
Uning ijodiy mehnat mavzusidagi “Mirob”, “Mamajon shofyor”, “Bobomning mehnati” kabi asararining mavzu-mundarijasi haqida gapiriladi, qisqacha taxlili beriladi.
Quddus Muxammadiy kattalar va kichiklar o’rtasidagi munosabatga bag’ishlangan “SHu binoni kim qurgan”, “Ona va bola mehri”, “Yangi uy” kabi asarlarini yaratdi.
SHoir ijodidan eng katta o’rinni o’quvchi va o’qituvchi faoliyati, munosabatiga bag’ishlangan she’rlar o’rin olgan.
(“Solijonning darsxonasi”, “Besh” asarlari qisqacha tahlil qilinadi).
Quddus Muxammadiy ilm va odob-axloq mavzusini “Bola boshidan, o’g’lon yoshidan” to’plamida juda keng tahlil qilib bera olgan.
(To’plamdagi ikkita asar tahlili qisqacha beriladi).
SHoir ijodida yaratilgan bir qator asarlarda folpklor an’analaridan foydalanilgan holda xalqimiz o’tmishiga nazar tashlangan va zamonaviy xulosalar chiqarilgan.
(“Dono bobo va uning nevara-chevaralari” asari tahlili).
Quddus Muxammadiy yaxshi fazilatlarni hammaga o’rnak qilib ko’rsatuvchi g’oyalarga yo’g’irilgan she’rlarning ham muallifidir.
(“Sen tug’ilgan kun”, “Etik”, “Yasha, Omon!” she’rlariga to’xtalinadi).
BIZNING KUZ
Kuzimizning go’zalligin,
Og’aynilar, ko’rganmisiz?
Tokdan husayni, yerdan qrqma,
SHohdan behi uzganmisiz?
Uzum uzib, sharbat suzib,
SHinniga o’t yoqqanmisiz?
Gala-gala do’stlar bilan
Katta bog’da gurpaklashib
Duv-duv yong’oq qoqqnmisiz?
Bularni ham qo’yavering,
Dalamizga chiqqanmisiz?
Paxtazordan uyum-uyum
"Yangi uy" (1953), "Kitob", "Bu binoni kim qurgan?", "Oq togʻlar", "Tentaksoy" kabi asarlarida inson mehnati ulugʻlangan. "Qanday boʻlmogʻim kerak?" (1960), "Juda qiziq, juda chiroyli" (1961), "Ona-bola mehri" (1963), "Bola boshidan, oʻgʻlon yoshidan" (1964), "Qanotli doʻstlar" (1978), "Choʻpon bobo qoʻshigʻi" (1979) va boshqa sheʼr va ertaklar toʻplami nashr qilingan. Q.M. bolalarning yoshiga, saviyasiga mos qilib asarlar yaratgan, adabiybadiiy vositalarni izlab topgan, kinoya, satira va yumor unsurlaridan unumli foydalangan. Q.M. ijodiga xos boʻlgan asosiy xususiyat uning asarlarida badiiylik, maʼrifiylik va tarbiyaviylikning uygʻunligidadir. Shoir ijtimoiy hayot voqealari va tabiat hodisalariga teran nazar tashlaydi, ularning oʻziga xos ichki va tashqi tomonlarini, rivojlanish qonuniyatlarini chuqur idrok etadi hamda ularni bolalar adabiyoti talablariga muvofiq, yaʼni jonli va dinamik tarzda gavdalantiradi va badiiy umumlashgan obrazlar yaratadi. "Tabiat alifbesi" (5 kitob, 1974—80)da bolalarni Oʻzbekistonning boy va goʻzal tabiatini sevishga, suv va havosini musaffo saqlashga chaqirgan. "Kitob va Oftob" (1986), "Men sizga bir hikmat aytaman" (1987) kabi asarlar muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1969).
As.Tanlangan asarlar, T., 1957; Ochil dasturxon [Sheʼr va ertaklar[, T., 1970; Serebristiy topol, Stixi, M., 1982.
Xulosa
Agar bog’cha yoshidagi bolalarning faoliyatiga, ijodiy tomonlariga nazar tashlansa, ularda she’riy asarlarni yodlashga intilish, iqtidor, maqsad kuchli ekani ko’rinadi. CHunki she’riy asar ijro etilishiga ko’ra kollektivlik mazmuni kuchliligi, bolada o’ziga xos psixologik g’urur, qarash, ijodkorlik uyg’ota olishi, musiqaviyligi, nutqni ravon va yozishni bilmagan yoshdagi bolani badiiy asarni o’zlashtirishi uchun eng qulay usul bu yodlashdir. Demak, she’riy asar yodlashga mos ekanligi uchun ham bolalar adabiyotida nisbatan yetakchilik xususiyatiga egadir.
SHularni xulosa qilib aytganda, o’zbek bolalar adabiyotida bog’cha yoshidan to 9-10 yoshgacha bo’lgan kichiklarga atab yozilgan asarlar ichida she’riyat yetakchilik qiladi. Mashxur o’zbek bolalar shoiri Quddus Muhammadiy ijodi bunga yaqqol misollar bera oladi.
XX asr boshlaridan to shu kungacha bo’lgan o’zbek bolalar adabiyotidagi lirik tur faoliyatiga qarasak, unda she’r, she’riy hikoya, kichik lirik doston, topishmoq, she’riy ertak, masal, tez aytish kabi she’riy tur asosida yaratilgan asarlarga ko’zimiz tushadi. Garchand ular liro-epik turga yaqinligi bilan xarakterlansa-da, bolalar adabiyotida bunday holat ko’p hollarda liriklikka ko’proq moyilligi bilan xarakterlidir.
Adabiyotlar:
Karimov N. XX asr o’zbek adabiyoti taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari va milliy istiqlol mafkurasi. T., 1993.
Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. T., 1994.
Jumaboev M. Jahon va o’zbek bolalar adabiyoti. T., 1976.
Kollektiv. Bolalar adabiyoti. T., 1977.
Quddus Muxammadiy. “Qanotli do’stlar”, she’riy to’plam. T., 1976.
Quddus Muxammadiy. “Tabiat alifbosi”, she’riy to’plam. T., 1973
S.Irisxo’jaeva. SHoir va murabbiy. (SHoir haqida). T., 1977.
Do'stlaringiz bilan baham: |