Quddus
Muhammadiy
Quddus Muhammadiy (Muhammadiyev Quddus) (1907.25.10
— Toshkent — 1999.22.6) — bolalar shoiri. Oʻzbekiston xalq
yozuvchisi (1982). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi
(1957). Qishloq xoʻjaligi texnikumini tugatgan (1930), Oʻrta
Osiyo davlat universiteti (1931—32) va Toshkent tibbiyot
instituti (1932—37)da oʻqigan. Maktabda oʻqituvchi (1930—
32). Islom shoir kotibi (1941 — 45). Sheʼrlari 1928-yildan
"Quddus" taxallusi bilan matbuotda bosilgan. dastlabki sheʼrlar
toʻplami — "Oʻquvchiga esdalik" (1946) maktab bolalari
hayotiga bagʻishlangan. "Sheʼr va ertaklar", "Sinov" (1947),
"Orzu", "Bahor keldi" (1948), "Qirq oʻgʻil, qirq qiz" sheʼriy
toʻplamlari (1951) hamda "Yangi uy" (1953), "Kitob", "Bu binoni
kim qurgan?", "Oq togʻlar", "Tentaksoy" kabi asarlarida inson
mehnati ulugʻlangan. "Qanday boʻlmogʻim kerak?" (1960), "Juda qiziq, juda chiroyli" (1961), "Ona-
bola mehri" (1963), "Bola boshidan, oʻgʻlon yoshidan" (1964), "Qanotli doʻstlar" (1978), "Choʻpon
bobo qoʻshigʻi" (1979) va boshqa sheʼr va ertaklar toʻplami nashr qilingan. Q.M. bolalarning
yoshiga, saviyasiga mos qilib asarlar yaratgan, adabiybadiiy vositalarni izlab topgan, kinoya,
satira va yumor unsurlaridan unumli foydalangan. Q.M. ijodiga xos boʻlgan asosiy xususiyat uning
asarlarida badiiylik, maʼrifiylik va tarbiyaviylikning uygʻunligidadir. Shoir ijtimoiy hayot voqealari va
tabiat hodisalariga teran nazar tashlaydi, ularning oʻziga xos ichki va tashqi tomonlarini,
rivojlanish qonuniyatlarini chuqur idrok etadi hamda ularni bolalar adabiyoti talablariga muvofiq,
yaʼni jonli va dinamik tarzda gavdalantiradi va badiiy umumlashgan obrazlar yaratadi. "Tabiat
alifbesi" (5 kitob, 1974—80)da bolalarni Oʻzbekistonning boy va goʻzal tabiatini sevishga, suv va
havosini musaffo saqlashga chaqirgan. "Kitob va Oftob" (1986), "Men sizga bir hikmat aytaman"
(1987) kabi asarlar muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1969).
As.Tanlangan asarlar, T., 1957; Ochil dasturxon [Sheʼr va ertaklar[, T., 1970; Serebristiy topol,
Stixi, M., 1982.
Qoʻshjonov M., Quddus Muhammadiy va Kudrat Hikmat, T., 1963; Bat L . , Shoir va pedagog
["Oʻzbek sovet bolalar adabiyoti" toʻplamida), T., 1969; Xoʻjayeva R., Quddus Muhammadiy, T..
1980.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Quddu
s_Muhammadiy&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
title=Quddus_Muhammadiy&oldid=238
6235
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |