Sarmishsoy rasmlari — Qoratogʻ (Navoiy viloyati)ning jan. yon bagʻridagi Sarmishsoy darasi qoyatoshlariga oʻyib ishlangan rasmlar. 1958 yilda X.Muhamedov tomonidan topilgan. 1966 yildan i.t. ishlari olib borilmoqda (dastlab N. Toshkanboyev, keyinrok, A. Kabirov, 1960—70y.lar; 1993 yildan M. Xoʻjanazarovvab.). Mil. av. 4— 1ming yillikka va undan keyingi davrlar (mil. 1—7-asrlar)ga mansub 4 mingga yaqin rasmlar bronza, temir va tosh bilan uribchoʻkichlab sxematik, kontur, soya va naqshdor uslubda ishlangan. Sarmishsoy rasmlarida yovvoyi hayvonlarni ov itlari yordamida ovlash, hayvonlarning oʻzaro urushi, chorvachilik, rake tushayotgan odamlar, liniy marosimlarning ijro etilishi bilan bogʻliq manzaralar tasvirlangan. Xonaki va yovvoyi hayvonlar, oʻqyoy, xanjar, qilich, nayza kabi turli buyumlar, kiyimlar (dubulgʻa, uchli quloqchin, kalta chopon, oyoq kiyimi va boshqalar) tasviri oʻziga xos tarzda yuksak maxrrat bilan nozik, hayotiy qilib ishlangan. Sr. ibtidoiy sanʼatning nodir yodgorligi hamda shu hududda yashagan kad. xalqlarning hayoti, hayvonot dunyosi tarixini oʻrganishda muhim arxeologik yodgorlik obidasi sifatida kimmatlidir.[1]
. Navoiy viloyatining Navbahor tumanida ochiq osmon ostidagi muzey — Sarmishsoy darasi o‘zining qoyaga o‘yib ishlangan qadimiy tasvirlari bilan mashhur.
Etti ming yillik tarixni o'z bag'rida asrab kelayotgan Sarmishsoyda taxminan o'n mingdan ortiq noyob qoyatosh bitiklari bor. Ular shu qadar turfa, shu qadar qadimki, bitiklarning mazmuni, ifoda etgan manzaralarining ko'pchiligi hanuzgacha tadqiq qilinmagan, sirlari ochilmagan. SHu bois Sarmishsoy har doim butun dunyo tadqiqotchilari va sayyohlarini o'ziga jalb etib keladi.
Shuningdek, Sarmishsoyda tosh davri makon va manzilgohlari, qadimgi mozorlar va sug'orish tarmoqlarining qoldiqlari, ustaxonalar, tegirmonlar, shaxtalar, ko'hna qishloq xarobalari saqlangan bo'lib, ular tosh davridan boshlab to o'rta asrlarga qadar davrlanadi.
Tarixchi olimlar va arxeologlarning fikricha, qoyatosh suratlari o'sha davrdagi insonlar hayotining bir qismini aks ettirgan. Suratlarda asosan “Hayvon uslub” deb atalmish skif-sak massagetlarining tasviriy san'atida ifodalangan qoplon, pantera, gepard, bezon, yo'lbars kabi “kuch timsoli” hisoblangan hayvonlar tasvirlangan. Shuningdek, ko'proq daryo bo'yi va to'qayzorlarda hayot kechiradigan “mushuksimonlar” oilasiga mansub, ibtidoiy ovchilar uchun qimmatli bo'lgan ov qilish jarayonlari hamda “o'yinchilar” guruhiga oid turli uslubdagi bosh kiyimlar kiygan insonlar qiyofasi va turli xil marosimlar mohirona chizilgan. Bundan tashqari “osmoniy otlar” ifodalangan qoyatosh suratlari har qanday kishini o'ziga rom etmay qo'ymaydi. Bu suratlar qadimda bu erlarda ot boqishning rivojlangan hududlardan biri deb ehtimol qilishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |