Maklura (Maclura) turkumi vakillari daraxtlardan iborat. Barglari oddiy, ketma- ket
joylashgan. Yosh novdalari va mevalari sutshiraga boy. Gullari ayrim jinsli, bir uyli. Mevasi
sharsimon to'pmeva. O'zbekistonda to'q sariq maklura ekiladi. U bo'yi 10—15 m li daraxt. Shoxlari
tikanli. Barglari tuxumsimon, yaproqlarining uzunligi 4—12 sm, eni 3—7 sm, to'pmevasi etdor,
shirali, yaltiroq-sariq, bujmaygan sharsimon. Aprel-may oylarida gullab, avgust-sentabrda meva
beradi. Manzarali o'simlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |