Tugmachagul (Malva) turkumi. Bu turkum vakillari bir va ko'p yillik o't o'simliklardan
iborat (3'25-rasm). Ostki gulkosachalari 2-3—5 ta, erkin, qalami yoki cho'ziq nashtarsimon
bargchalardan iborat. Mevasi ko'p urug'li (mevachali) to'p- mevadan iborat. O'rta Osiyoda 12 turi,
O'zbekistonda 6 ta turi o'sadi. Tugmachagul — Malva neglecta — bir yillik, bo'yi 10— 40 sm li
o't. Poyasi yer bag'irlab, ba'zan yerdan biroz ko'tarilib o'sadi, shoxlangan. Barglari uzun bandli,
5—7 bo'lakli. Gullari pushti, barg qo'ltig'ida joylashgan. Aprel- sentabr oylarida gullab, urug'
beradi. Sug'oriladigan va bahorikor yerlarda tarqalgan. Begona o't (3.25-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |