Karam (Brassica) turkumi. Bu turkum vakillari bir, ikki va ko'p yillik o't o'simliklardir.
Gullari sariq yoki oq. Ildizlari ba'zilarida yo'g'oniashib ildizmevaga aylanadi. Mevasi qo'zoq, uzun
tumshuqchali. Bu turkumning O'rta Osiyoda 5 ta yovvoyi turi, O'zbekistonda 5 ta (madaniylari
bilan ) turi tarqalgan. Bulardan eng muhimi bosh karam turidir (Brassica oleraceae var. capitata).
Ikki yillik o't. Gullari yirik, qo'zog'i qisqa va yo'g'on. Birinchi yili katta boshcha hosil qiladi. Bu
karam ovqat uchun ishlatiladi. Boshcha ichida qisqargan etli poya bo'ladi. Bu boshcha ikkinchi
yili ekilsa, undan bo'yi 100—150 sm poya chiqadi. Poyaning yuqori qismida to'pgul (shingil) hosil
bo'ladi. Gullari sariq, mevasi ko'p urug'li qo'zoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |