Kovuldoshlar oilasi — Capparaceae
Qabila vakillari bir yillik va ko'p yillik (bizda) o't va butalardan iborat. Barglari oddiy,
bandli, navbatlashib joylashgan, yonbargchasiz.
Gullari oq, sarg'ish, bittadan barg qo'ltig'idan chiqadi, zigomorf. Gulqo'rg'on barglari 4
tadan, changchilari 4—6 (ko'p) ta. Gul formulasi: Ca
4
Co
4
A
∞
G
2
Mevasi rezavorsimon etli ko'sak.
Kovuldoshlarning 42—45 turkumga mansub 850 tacha turlari bor. Ular asosan tropik va
subtropiklarda, mo'tadil iqlimli hududlarda keng tarqalgan. O'zbekistonda 2 turkumga oid 6 ta turi
o'sadi. Kovuldoshlarning 4 ta kichik oilasi mavjud. O'zbekistonda tarqalgan turlari
Kovuldoshchalar (Capparoideae) va Kleoma- doshchalar (Cleomoideae) kichik oilalariga
mansubdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |