Sutlama (Euphorbia) turkumi. Bu turkum vakillaripoyasi tik yoki yonboshlab o'sadigan,
ba'zan yo'g'on, sersut, bargsiz, ba'zan tikanli va har xil shakldagi daraxt, buta va o't o'simliklardir.
Ular tropik, subtropik va o'rta mintaqalarda tarqalgan. O'zbekistonda turkumning 34 ta turi o'sadi.
Sutlama yoki kungaboqar sutlama (Euphoria helioscopa) bir yillik begona o't. Bo'yi 8—30 sm,
barglari chizg'ichsimon, tanasining hamma qismida sutshirasi bo'ladi. Shirasi zaharli. Mart-sentabr
oylarida o'sib, urug' beradi. Ariq va yo'l yoqalarida, bog', poliz va sabzavot ekinlari orasida o'sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |