Qovun (Melo) turkumiga bir yillik o'tlar kiradi. Mevasi sersuv, shirin ta'mli rezavor —
qovoqmeva. Qovun turkumining 10 turi bo'lib, Osiyoning tropik va subtropik hududlarida keng
tarqalgan. O'zbekistonda qovunlarning bitta yovvoyi turi bor va uchta madaniy turining navlari
o'stiriladi. O'rta Osiyo va Janubiy Qozog'iston qovun yetishtiriladigan va navlari rang-barang
mintaqa hisoblanadi.
It qovun (M. agrestis) palagi 30—100 sm cha keladigan bir yillik o't. Mevasi cho'ziq
tuxumsimon, uzunligi 1—3 (5) sm, yashil, sariq, hidsiz, cti och yashil, chuchmal, achchiq.
To'qayzorlarda, g'o'za va poliz ekinlari orasida begona o't sifatida o'sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |