Kovul (Capparis) turkumining 150 tacha, O'zbekistonda esa 2 ta turi bor. Ular poyalari
yotib o'suvchi, tikanli, o'q ildizli, ko'p yillik o'tlardir. Tikanli kovul (C. spinosa) ning poyasi 2,5
metrcha, barglari ellipssimon, 5—6 sm, gullari 5—8 sm, oq, mevasi teskari tuxumsimon. Cho'l,
adir, togiarda, yo'l bo'ylarida, jarliklar atrofida, soz tuproqli tepaliklar yonbag'irlarida o'sadi (3.24-
rasm). Kovuldoshlar-ning tarkibida Burchoqdoshlar va Rutadoshlarda uchraydigan rutin glikozidi
bor. Kovul ovqatga ishlatiladi, uning g'unchasi tuzlanib yeyiladi. Urug'ida 36 % yog' bor. Janubiy
Yevropa sabzavot o'simliklari qatoriga kiritilgan. Rozavon kovuli kam himoyaga muhtoj
o'simliklardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |