Mavzu:QO’SHNI VA VERTIKAL BURCHAKLAR HAMDA ULARNING XOSSALARI.
Dars maqsadi: Darsni DTS talabi asosida o’tish
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga qo’shni va vertiqal burchaklar haqida tushuncha berish. Qo’shni va vertqal burchaklarni xossalari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalar. Qo’shni va vertqal burchaklarni hayotimizdagi ahamiyatini tushuntirish va ularni hayotga taqbiq etish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni qo’shni va vertiqal burchalar haqidagi bilim, malaka va ko’nikmalarini rivojlantirish. Olingan bilimlarni misollar yordamida mustahkamlash.
Dars turi: yangi bilim
Dars usuli: noana’naviy dars
Darsjihozi: 7-sinf “Geometriya” darsligi, chizmalar chizilgan plakatlar, A4 formatli qog’oz
Darsdagi asosiy tayanch tushunchalar: qo’shni burchaklar, vertikal burchaklar, qo’shni va vertikal burchaklarni xossalari
Darsda o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar:
Qo’shni burchaklar ta’rifi ularni chizmada tasvirlash;
Qo’shni burchaklarni xossalarini masalalar yechishda qo’llash;
Vertikal burchaklar ta’rifi ularni chizmada tasvirlash;
Vertikal burchakning xossasi va uni isbotlash;
Vertikal burchaklarni xossalarini masalalar yechishda qo’llash;
Ikki burchak kesishganda hosil bo’lgan burchaklarni ajratish;
Darsning bosqichlari, foudalanishga tavsiya etiladigan usul va vaqt taqsimoti:
№
Darsning bosqichlari
Foydalanishga tavsiya etiladigan usul
Vaqt taqsimoti (min)
1.
Tashkiliy qism
2
2.
Yangi mavzuni yoritish
a) mavzuni yorotishga tayyorgarlik;
b) yangi mavzuni yoritish;
d) juftliklarda ishlash.
Savol-javob
Ma’ruza
Mushtaqil ish
15
3.
Yangi mavzuni mustahkamlash;
a) mashq;
b) hulosa.
Amaliy mashg’ulot
Ma’ruza
20
4.
Darsga yakun yasash va baholash.
3
5.
Uyga vazifa.
5
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
Salomlashish. Davomatni tekshirish. Zarur ko’rgazma qurollari va jihozlarni darsga tayyorlash.
2. O’tilganlarni takrorlash.
O’tilgan mavzularni takrorlashda matematik termen va chizmalardan foydalanamiz. Bunda ixtiyoriy bir o’quvchi chiqadi va sinfga qarab turadi. Orqada monitorda termen yoki biror chizma beriladi. Sinfdagi o’quvchilar bu termen yoki chizmaga ta’rif berishadi, doskaga chiqqan o’quvchi esa bu nima ekanligini topishi kerak.
BURCHAK deb nuqta va undan chiquvchi ikki nurdan iborat shaklga aytiladi.