1-o’quvchi: - “Mehr”
2-o’quvchi: - “Vatan”
O’quvchilar shu so’zlarga ta’rif beradilar.
1-o’quvchi: - «Mehr» - ko’zda.
2-o’quvchi: Vatan ostonadan boshlanadi.
O’qituvchi yozuv taxtasiga o’quvchilar tanlagan so’zni yozib qo’yadi. O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi:
1-stolga – «Mehr»
2-stolga –“Vatan” haqida so’z o’ylab uni ta’riflagan o’quvhchilar joylashadilar, joylashganlaridan so’ng, dars davomida ularning ballarini baholab borish uchun tarkibi uch kishidan iborat bo’lgan ekspert guruhi ish boshlaydi.
O’qituvchi: Mana, guruhlarga ham bo’linib oldingiz. Sizlarni o’tgan darsimiz asosida olgan bilimlaringizni sinab ko’rish uchun “Noma” o’yinini o’tkazamiz. O’qituvchi “Noma” o’yinini shartini tushuntiradi. Bu o’yin davomida o’qituvchi ham “xat tashuvchi” sifatida o’yinda ishtirok etadi. “Xat tashuvchi” guruh sardorlariga xatjildlarni tarqatadi. Xatjildlar ichida har bir guruh uchun savollar bo’ladi. Savollarga tayyorlanish uchun bir daqiqa vaqt beriladi. Guruh a’zolarini kelishuviga muvofiq bir guruh a’zosi javob beradi.
I-guruhga berilgan savollar:
Fonetika nimani o’rganadi?
Alifbomizdagi harfiy birikmalarni aytib bering va misollar keltiring
I-guruhining javobi: tinglanadi va to’ldiriladi
II- guruhga berilgan savollar:
1) Sh tovushi qanday tovush, misollar keltiring?
2) Jarangli undoshlarni sanab bering.
II-guruh javobi:tinglanadi va to’ldiriladi
I guruhga taqdim etilgan savollar:
Ch tovushi qanday tovush misollar keltiring?
Jarangsiz undoshlarni sanab bering.
I guruh javobi:tinglanadi va to’ldiriladi
II guruhga savollar
Ng tovushi qanday tovush misollar keltiring?
Unli tovushlarni sanab bering.
II guruh javobi:tinglanadi va to’ldiriladi
O`qituvchi ularga rag`bat kartochkasini beradi.
T e s t b a j a r i sh:
Bu jarayonda “Kim chaqqon va topqir” o`yini o`tkaziladi. Har bir guruhga test topshiriq’lari beriladi.
1."Mehr" guruhiga berilgan test savollari.
Bir tovush ikki harf bilan ifodalangan so’zlar qatorini aniqlang.
A. Menga, osmonga, tovonga
B. Burungi, yakshanba, manba
C. Xiyobon, senga, yayov
D. Singil, tong, zang
2. "Vatan" guruhiga: Bir unli bilan farqlanuvchi so’zlar qaysi qatorda berilgan?
A. bor,bir,tush, tosh, tush
B. asr, asir, davo, da’vo sava, sa’va
C. olam, odam, yot, yod, sut, suv
D. dala, tala, hiyla, siyla
1. "Mehr" guruhiga:
Unli tovushlar ket-ket kelgan so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A. Muqaddas, Mukarram, Musharraf
B. Oddiy, soda, katta
C. Muomala, muallim, maosh
D. Tasarruf , qattiq, marra
2. "Vatan" guruhiga berilgan test: Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi nechta harfdan iborat?
A. 30
B. 32
C. 28
D. 29
O’quvchilar javobi tinglanadi v arag’batlantirilib boriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |