Mavzu: Qo‘qon xonligida yer egaligi shakllari. Mundarija



Download 89,83 Kb.
bet7/8
Sana12.06.2022
Hajmi89,83 Kb.
#658883
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
qo‘qon yer egaligi

2.3.Suyurg'ol yerlar
Hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Farg‘onada feodal-ruhoniylar XVI—XVII asrlarda suyurg‘ol imtiyozidan foydelanganlar. Suyurg‘ol termini mafhumi e’tibori bilan XIII—XIV asr mo‘g‘ullar davrida mavjud «suyurg‘ol» va «tanho» terminlari bir xil ma’noga ega bo‘lgan. Ibodulla binni xo‘ja Oriful Buxoriyning aytishicha, «biror bir yerdai unadigan hosil va yoki bir mulkdan keladigan daromadni
podsho tomonidan bir kishiga avloddan-avlodga tartib ztalik qilish yo‘li bilan in’om silinar ekan, agarda bu in’om ulamo va sayyidlarga bo‘lsa — «suyurg‘ol», jangchi sipohlarga bo‘lsa — «tanho» deb ataydilar.
U mulk qaytarib olinmaydi va [ularning] xususiy mulki hajmida bo‘lib, sotish va birovga berish huquqiga egadir». Mana shunga asosan «tanho» bilan «sugorg‘ol» termini ma’nosi jihatidan bir bo‘lib, kimga berilishi nuqtai nazaridan farq qiladi. Suyurg‘ol tartibi temuriylar davrida Eron va Urta Osiyoda keng tarqalgankdek, shayboniylar davri (XVI—XVII asr) da ham umumiy tue olganini ko‘ramiz. Buni qo‘limizdagi 50 ga yakin hujjat tasdiqlaydi12. Hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, yer-suv bilan bir qatorda to‘plab, davlatga topshirilishi lozim bo‘lgan barcha soliqlarni o‘z foydasiga to‘plab olish huquqi ham sayyid' larga suyurg‘ol qilib berilganligi ta’kidlanadi13. Muhammad Darvish sultonning sayyid Go‘yo Muhammadxo‘jaga bergan suyurg‘ol shahodatnomasida o‘n ikki ming dinor dorug‘alik, «xona puli», «dahi nim», «nimni», «boytut», «qo‘ruqboniy», «tircho‘b», «kutvoliy», «sadi du», «sadi se», «sadi chor».
«oyanda va ravanda» va hamma amalani o‘zi olib, qadimiy dastur bilan o‘z maoshi vajhiga sarf qilishi aytilgan. Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, suyurg‘ol to‘g‘risidaga. hujjatlardan 12 tasida «suyurg‘ol» termini «ba taritsidarbast-suyurg‘ol», «ba rasmi darbast suyurg‘ol» so‘zlari bilan birga kelgan. Bunga Xazora Muhammad sultonning sayyid Zohidga bergan yorlig‘i misol bo‘ladi 25ta hujjatda faqat «darbast» termini qo‘llanilgan. Shu jumladan, 3 ta hujjatda «daru baet», qolgan 22 tasida «darbast» yozilgan.
Hujjatlarning ko‘pchiligida yozilishiga ko‘ra, biz ham «dar* baet» deb oldik. Darbastning asl ma’nosi: «butunlay», «o‘zgarmas», «be kam-ko‘st» va «boshqaning egaligidan tashqari biriktirish», demakdir. Hujjatlar mazmunidan anglanishicha, umrbod qaytib olmaslik va barcha amaldorlarga «eshigi berk», degan yo‘l bilan qilingan suyurg‘olni «darbast» termini vositasida ifodalaganlar. Bundan tashqari, hujjatlarda «muqarrar», «musallam», «maxsus», «muta’alliq» va «nazru niyoz» terminlari ham uchraydi14. Misol sifatida Muhammader sultonning Fazlulloxo‘jaga bergan farmonini keltirsa bo‘ladi. Farmonda «yuqorida znkr qilingan mavzelarni [nomi] ishorat qilingan [sayyid Fazlullo]ga muqarrar va musallam bilib, biror kishi [unga] daxl qilmasun va muzohim bo‘lmasun» deb yozilgan. Muhammad Umar Bahodirxon tomonidan hijriy 1000 (1591—92) yili sayyid Zohidga berilgan yorliqda Adak, Qizilrabot va Govxonani «o‘sha dastur bilan [nomi] ishorat qilingan sayyid Zohidga maxsus bilib...», deb yozilib15, Imomquli Bahodir sultonning, sayyid Fathulloga bergan erlirida esa
Koroskon, Adak va Govxona mazra’lari sayyid Fathulloga muta’allik, ekani eslatib o‘tilgan46. Muhammad Shohruxxonning hijriy 1207(1792—93) yildagi farmonida Koroskon qishlog‘ini sulton Sayid avliyoning mozoriga nazr qilingani aytiladi Qo‘limizdagi hujjatlarda, ba’zan, «shafqat» va «inoyat» terminlari ham uchrab turadi. Masalan, 68/28-, 69/94-, 54/96-, 120/98- va 113/73- hujjatlarda «shafkat» termini va 57/79-, 13/102- va 58/110-hujjatlarda «inoyat» terminlari yozilgan. Amir Temur va temuriylar davrida suyurg‘ol tartibida nmtiyoz oluvchilar birinchi galda xizmat ko‘rsatgan harbiylar (suyurg‘ol egalari) bo‘lsa, bizdagi suyurg‘ol egalari esa payg‘ambar xonadoniga mansub sayyidlar bo‘lgan. Shu ham xarakterliki, suyurg‘ol imtiyozini olgan sayyidlarning o‘zlari harbiy xizmatdan ozod bo‘lganlari holda, davlatga harbiy xizmat uchun kishi berish majburiyatidan ham ozod qilinganlar. Bu o‘rinda Navro‘z Ahmad va sulton Sa’idxonlarning farmonlarini eslatib o‘tish kifoya. Bu farmonlarda: «cherikuyon», «o‘qush», «mirishkor»larga chiqarmanglar»,— deb yozilgan.
I. P. Petrushevskiyning ko‘rsatishicha, saljuqiylar davrida bu tartib suyurg‘ol imtiyozini olgan faqat harbiy feodal mulkdorlarga qo‘llanilgan. Mo‘g‘ullar istilosidan avval Xurosonda dehqonlar markaziy hukumat tomonidan maxsus kishilar deb hisoblangan va ular harbiy xizmatga chaqirilmagan. Urta Osiyo mo‘g‘ullar tomonidan bosib olingandan keyin mahalliy mo‘g‘ul hukmdorlari dehqonlarni harbiy va boshqa davlat ishlarini bajarishga majbur etganlar. Suyurg‘ol egalari sayyidlarning harbiy majburiyatdan ozod bo‘lishlariga qaraganda, bu qoida mo‘g‘ullar hukmronligidan keyin ham XVI asrda Farg‘onada o‘z kuchini saqlab qolgan. Kezi kelganda shuni aytish kerakki, Koroskon sayyidlariga meros yo‘li bilan suyurg‘ol imtiyozini berishda xon va sultonlar o‘z maylicha ish ko‘rish huquqiga ega bo‘lmaganlar. Hatto, bevosita merosxo‘r bo‘lmagan chog‘da suyurg‘ol uning yaqin qarindoshlariga berilgan. Masalan, Navro‘z Ahmad (Baraq) xonning hijriy 961 (1553—54) yilda sayyid Go‘yo Muhammadxo‘ja nomiga bergan suyurg‘ol shahodatnomasida: «Koroskon mavzei [uning] otasi dasturi va o‘zi tutgan yo‘li bilan darbast rasmida sayyid Go‘yo Muhammadxo‘jaga suyurg‘ol bo‘lgan; biz ham inoyat qilib, o‘sha dasturga muvofik. hukm qildik»,— deyilgan53. Inoq Muhammad bahodir sultonning hijriy 970(1562—63) yilda bergan yorlig‘ida ham bu hol ta’kidlanadi.
Bundam faktlarni boshqa hujjatlarda ham uchratish mumkin. Hujjatlarning mazmuniga ko‘ra, suyurg‘ol egalari o‘zlariga berilgan mulkdan keladigan daromadni olish bilan bir qatorda, ra’iyat ustidan hukmronlik kilish huquqiga ham ega bo‘lganlar. Umrbod va irsiy qilingan suyurg‘ol hujjatlarda «darbast yo‘li bilan» va «muqarrar va musallam bilsunlar» jumlalari bilan ta’kidlab o‘tiladi. Lekin hamma hujjatda «parvonachidan har yil yangi nishon talab qilinmasun»56, iborasi takror ta’kid qilinishiga Karaganda, (Ko-« roskon sayyidlaridan boshqa) suyurg‘ol egasi har yil tegishli xon devonidan suyurg‘ol yorlig‘ini tasdiqlatishi yoki yangi olishi lozimligi ko‘rinib turibdi. Yuqorida aytilganidek, sayyidlar to‘rt qishloq (Adak, Govxona, Qizilrabot va Koroskon) va ularning aholisidan davlat foydasiga to‘planadigan hamma renta-soliqlar, shu jumladan, o‘n ikki ming oltin dorug‘alikni ham o‘z foydalariga olganlar.
Shuningdek, o‘sha joylarning hokimligi va qoziligi mansabn ham ularning qo‘lida bo‘lgan. Bunday suyurg‘ol tartibi G‘arbiy Yevropadagi ruhoniylarga berilgan «len»ga o‘xshab ketadi, chunki feodalizm davrida dinning ijtimoiy-siyosiy hayotda katta rol o‘ynaganligi tasodifiy emas.
Shuni ham aytish kerakki, suyurg‘ol suyurg‘ol egalari — sayyidlarning jamiyatda tuggan mavqelariga qarab berilgan. Masalan, sayyid Fozil Ali, uning avlodlari — sayyid Go‘yo Muhammadxo‘ja, sayyid Zohid va sayyid Fazlullolarga yuqorida aytilgan to‘rt qishloq suyurg‘ol qilingani holda, sayyid Nasrulloga Koroskon, Adak va Govxona, sayyid Qutbiddinxo‘jaga esa faqat Koroskonning o‘zi59, sayyid Afzal- xo‘ja va sayyid Fathulloxo‘jalarga bo‘lsa, Govxona sishlog‘ining yarmi berilgan. Lekin ruhoniylarga markaziy hukumat davlat mulki hisoblangan yerdan ulushlar ajratib, maxsus yorliqlar bilan «suyurg‘ol», «darbast», «musallam», «muqarrar», «maxsus», «muta’alliq», «nazr va niyoz» terminlari bilan qishloq, yer va suv shoxobchalari, shuningdek, inshootlari, butun bir viloyatdan davlat xazinasiga tushadigan hamma rentasoliqlar va 12 ming oltin dorug‘alikni ularga bergan. Natijada, sayyidlar yirik feodallarga aylanib ketganlar. «Erliqlar to‘plami»da tarxonlik haqida ham simmatli ma’lumotlar bor. Farg‘onada tarxonlikning mavjudligi masalasi tarixda to‘liq yoritilmagan. Ma’lumki, tarxonlik imtiyozini olgan kishilar davlat xazinasiga renta-soliqlar to‘lash, turli majburiy xizmatlarni bajarish, umuman, har qanday feodal majburiyatdan ozod bo‘lganlar. Tarxonlarning urushda qo‘lga tushirgan o‘ljalari ham to‘lig‘icha o‘zlariniki bulib, umumiy taqsimdan chiqarilgan. Shunday qilib, tarxonlar zo‘r huquqqa ega bo‘lganlar. «Farhangi Jahongiriy» nomli asar avtori Ibn Faxriddin bunday deb yozadi: «Tarxonlar harna gunoh qilsalar ham ta’qib qilinmaydilar»

Xulosa
Tarix taqozosi bilan XIX asrga kelib O‘rta Osiyo hududida joylashgan davlatlar asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan o‘troq davlatlar va asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadigan ko‘chmanchi davlatlar jahondagi harbiy jihatdan kuchlilardan hisoblangan yirik davlatlar (Angliya, Rossiya, Xitoy)ning geopolitik, harbiy va iqisodiy manfaatlari to‘qnashgan fokusga ro‘baro‘ bo‘ladilar. Ayni shu vaqtga kelib bu yerdagi davlatlar feodal tarqoqlik, o‘zaro urushlar, mamlakat ichkarisida taxt talashishlar va boshqa qator sabablarga ko‘ra harbiy va iqtisodiy jihatdan sillalari qurib bo‘shashgag, umumiy xavf paydo bo‘lganda bir yoqadan bosh chiqarish va harakat qilishnn uyushtiradigan kuchlar esa yo‘q darajada edi. «Birlashgan o‘zar, birlashmagan – to‘zar!» degan xalk. maqoli bu yerda yuzaga kelgan holatni juda anik, ifodalaydi... Shu bois bu o‘lkan va bepoyon o‘lkaning kimning yoki kimlarningdir asoratita tushish xavfi mantiqan muqarrar bo‘lib qolgandi. Rossiya davlati Petr I zamonlaridayoq, bu o‘lkani zabt qilishga otlangandi. Jo‘g‘rofiy jihatdan juda yaqin – qo‘shni bo‘lgan va «otini boshqalardan oldinroq qamchilagani» (XVIII–XIX asrlarda amalga oshirilgan qator harbiy tayyorgarliklar, diplomatiya va savdo sohasidagi tadbirlar) uchun bo‘lsa kerak Rossiya davlati o‘z niyatiga XIX asrning 60–70- yilarida uzil-kesil erishdi va Turkiston Rossiya imperiyasining eng yirik mustamlakalaridan biriga aylandi.
Turkiston o‘lkasida mavjud bo‘lgan irigatsiya soh.asi o‘zining yutuq-kamchiliklari, kuchli va kuchsiz tomonlari bilan tarixan.qisqa vaqt ichida (XIX asr o‘rtalarida 1917 yilgacha) ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, o‘zgarishlarga boy dramatik amaliyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bu yo‘lni mohiyat va ko‘lami bilan Hindistonni ingliz mustamlakachilari zabt etib, u yerda mavjud bo‘lgan irrigatsiya sohasida yuz bergan o‘zgarishlar Hindiston irrigatsiyasi mustamlaka sharoitida bosib o‘tgan yo‘l bilan taqqoslash mumkin. Ko‘p hollarda o‘zlaridan oldin Hindistonni zabt etgan boburiylarning tajribasini o‘rganib ish yuritdilar. Rossiyalik fotixlar esa boshqacha ish tutdilar, ular o‘z yurtlarida qo‘llashga botinmagan yer va melioratsiya sohasidagi qonunlarni (irrigatsiya ishlarini shaxsiy sarmoya xisobiga bajarish, bunday ishlarga konsessiyalar berish, buning evaziga o‘zlashtirilgan yer va suvning bir qismini shaxsiy mulk sifatida sarmoyadorga berish va xokazolar) Turkiston o‘lkasi sharoitida qo‘llashga urindilar, Rossiya imperatori esa Turkiston o‘lkasida eng birinchi o‘ta yirik yer-suv egasiga aylanib qoldi... Xolisona aytadigan bo‘lsak, 1917 yil voqyealari Turkiston o‘lkasi xalqlarining azaliy xuquqlari – yer-suvga egalik kilish xuquqlarining poymol bo‘lishidan saqlab qoldi.


Download 89,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish