Mavzu: Qo’qon xonligi diniy boshqaruvi Mundareja: Kirish I-BOB.Qo’qonxonliginingtashkiltopishi va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli 1.1 Qo’qon xonligining vujudga kelishi
1.2 Qo’qon xonligining va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
II-BOB. Qo’qonxonligidadavlatboshqaruv 2.1 Qo`qondagi Minglar sulolasi va keyingi davrlarda davlat boshqaruvi
2.2 Xonligining davlat boshqaruvida lavozimlarning tarkibi va unda diniy mansablarning o‘rni.
2.3 Qo’qon xonligida dini boshqaruv
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish O`z davlati bilan faxirlanish va fuqorolarning vatanparligi jahondagi ko`pgina mamlakatlarning ilg`or marralarga chiqib olishiga yordam bergan. Mamlakatimiz tuprog`ida yashab turgan va o`zini vaqtanparvar deb hisoblagan har bir kishi uning yaxlitligi va birligini asrab avaylay olishi shart.
Har bir insonning, ayniqsa endigina hayotga qadam qo`yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o`rtaga qo`yilgan maqsadlarga erishish o`zlariga bog`liq ekanligini, ya`ni bu narsa ularning sobit qadam g`ayrat shijoatiga; to`la -to`kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog`liq ekanini anglab yetishi kerak. Huddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir.
XVIII asr boshlarida tashkil topgan bu xonlikning tarixini hozirgi qadar yetib kelgan manba va asarlar bilan taqqoslash orqali o’rgangan holda,bugungi kun uchun mavhum bo’lgan ilmiy faktlarni yanada aniqroq holatda ochib beradi.Albatta o’rganish jarayonida xonlik tarixining boshqa jihatlari ham e’tibordan chetda qolmaydi.
Markaziy Osiyo uchun so’nggi o’rta asrlar davri nomi bilan tarixga kirgan mazkur bosqichda bu hududda Buxoro amirligi, Qo’qon xonligi va Xiva xonliklari yirik davlat birlashmalari sifatida mavjud edi. Ularda yuqorida qayd qilganimizdek boshqaruv an’analari yaxshi saqlanib qolgan va davlatchilikning eski tizimi mustahkam bo’lgan. Qo’qon va Xiva xonliklari xon unvonli hukmdorlar boshqarsa, Buxoro amirligini amir idora qilgan. Ular boshqaru tizimida bir biridan farq qiluvchi ayrim bir unvonlar va mansablarni hisobga olganda tarkibiy tuzilishi yaqin o’xshashligi bilan xarakterlanadi. Islom jamiyatida omma va xossa masalalarini ochishda rutba, unvon, amal va mansablarni o’rganish, ularning ijtimoiy negizlazrini ochishda ham muhim mavqye kasb etadi. Markaziy Osiyoning so’nggi o’rta asr jamiyati organizmi, shakl-shamoyili undagi boshqaruv tizimini har tomonlama o’rganish bilan bevosita bog’liqligini nazarda tutadigan bo’lsak yuqoridagi masalalarga e’tibor qaratish lozimdir.