Xiva xonligi ma`muriy davlat boshqaruvi
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xonligining hududi, aholisi, ma’muriy-hududiy boshqaruvi va iqtisodi.
2.2. XX asr boshlarida Xiva xonligidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
III. Davlat tizimi. Mansablar va unvonlar.
3.1. Xon saroyidagi unvon va mansablar.
3.2. Xonlikdagi harbiy unvonlar va mansablar.
IV. Xulosa.
V. Foydalanilgan adabiyotlar
I.Kirish
Mustaqillik O‘zbekiston tarixining yangi davrini boshlab berdi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan joy egalladi. Mustaqil taraqqiyotning 28 yilligi mobaynida vatanimizda amalga oshirilgan ishlar ko‘lami asrlarga tatigulik bo‘ldi. Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ma’naviyat sohalarida katta islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’lim sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni alohida ta’kidlash lozim. Barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan Milliy dastur o‘z mevasini bermoqda. Bugun dunyoda kechayotgan mafkuraviy qaramaqarshiliklar ta’siridan yoshlarni himoyalash uchun ularda tarixiy tafakkurni shakllantirish zarur. Ushbu o‘quv-uslubiy majmuada “O‘zbekiston tarixi”ning XIX asrning ikkinchi yarmi – XX boshlaridagi siyosiy va ijtimoiy iqtisodiy hayoti tarixini aks etgan. Xususan, XIX – asrning o‘rtalari – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkistonni mustamlaka o‘lkaga aylantirishi O‘rta Osiyoda mavjud mustaqil o‘zbek xonliklari davlatchiligi tizimlar chek qo‘yilishiga, xonliklar imperiya vassallariga aylantirilishiga olib keldi. Tabiiyki, o‘lkani boshqarish va undan siyosiy va iqtisodiy foyda olishning birdan – bir yo‘li umuman Rossiyaning o‘z tuzilishi va yanada aniqrog‘i, metropoliya tomonidan imperiyaning boshqa milliy mintaqalarida o‘z ifodasini topgan boshqaruv usuli bo‘lib, u mustabid hokimiyat manfaatlarini ma’lum ravishda mustahkamlab turdi. O‘lkada o‘rnatilgan mustamlakachilikka asoslangan boshqaruv tizimi oqibatida mehnatkash aholi ikki tomonlama-mahalliy va mustamlakachi hukmdorlar jabr-zulmi girdobiga tortildi. Bunga qarshi o‘lka xalqlarning keng qamrovli ozodlik, istiqlolga erishish uchun harakatlari avj oldi. Shuningdek, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida bo‘lgan muammolarning tarixiy izdizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi. “O‘zbekiston tarixi” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua tuzilish jihatidan yettita qismdan iborat bo‘lib, ular o‘quv materiallari (mavzular bo‘yicha ma’ruza matni va seminar mashg‘uloti rejalari), adabiyotlar ro‘yxati, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy, ilova (o‘quv va ishchi o‘quv dastur, test savollari) tarqatma materiallar, va baholash mezonlaridan tashkil topgan. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar materiallari semestrlarga ajratilgan holda berilgan.Ishlab chiqilgan mazkur o‘quv uslubiy majmua uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o‘quv muassasalarida “O‘zbekiston tarixi” fani o‘qituvchilari tomonidan qo‘llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |