Mavzu: Qoqio’tdoshlar (Murakkabguldoshlar) oilasi I. Darsning maqsadi: a) ta’limiy



Download 290 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi290 Kb.
#11930
Navoiy shahar

2-umumiy o’rta ta’lim maktabining

Biologiya fani o’qituvchisi

Xolbekova Gulshan Ismatovnaning

Botanika fanidan

“Qoqio’tdoshlar (murakkabguldoshlar)

oilasi”
mavzusiga oid






Mavzu: Qoqio’tdoshlar (Murakkabguldoshlar)

oilasi


I. Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Qoqio’tdoshlar oilasi mavzusi mazmunini

o’quvchilarga muammoli vazifalar orqali o’rgatib,

ilmiy bilim va ko’nikmalar hosil qilish

b) tarbiyaviy: O’quvchilarni o’zaro hamkorlik, hurmat, faollik,

ishchanlik, tarbiyalilik va madaniyatlilikka

o’rgatish.

d) rivojlantiruvchi: Tafakkur, xotira, idrok mashqi, qiziqishlarni

rivojlantirish, muloqot madaniyatiga o’rgatish.



  1. Dars tipi: yangi bilim berish

  2. Dars uslubi: yozma va og’zaki

  3. Dars usuli: Test, ”Oldin himoya, keyin hujum” o’yini, krossvord, muzokara

  4. Dars jihozi: Tarqatma material, test topshiriqlari, tayyor rasmlar, mavzuga oid plakat, rag’batlantiruvchi kartochkalar.

  5. Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism, psixologik iqlim yaratish.

    2. Darsning rejasi:

  1. Test topshiriqlari.

  2. ”Oldin himoya, keyin hujum” o’yini

  3. Yangi mavzu bayoni.

  4. Krossvord.

  5. ”O’yla, izla, top” o’yini.

  6. ”Raqamlar tilga kirganda”

  7. ”Zanjir o’yini”

    1. Dars yakuni.

    2. Uyga vazifa.



1.Tashkiliy qism.

O’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashib, auditoriyaning darsga tayyorgarlik holatini ko’zdan kechiradi va ularning diqqatini bir yerga jamlash maqsadida yurtimizda va dunyo ayvonida ro’y berayotgan ijtimoiy-siyosiy yangiliklarni gapirib beradi.O’quvchilarni guruhlarga ajratadi.

Har bir o’yin (savol-javob)dan so’ng o’quvchilar rangli kartochkalar bilan baholanadi.

(Qizil – ”5”, ko’k – ”4”, sariq – ”3”, pushti – ”omadli”).

Kartochkani kim olgan bo’lsa, o’sha o’quvchining ismi yozib qo’yiladi.

1-guruh 2-guruh

Suttikandoshchalar Moychechakdoshlar


a) O’tgan mavzuni test topshiriqlari asosidamustahkamlanadi.

1.O’zbekistonda ziradoshlar oilasiga mansub qancha turkum va turni o’z ichiga oladi?

a) 44-200 tur b) 69-198 tur

c) 34-300 tur d) 54-3000 tur

2.Ziradoshlar oilasiga kiradigan o’simlikni toping.

a)olma, jiyda b)sholg’om, sabzi

c)kashnich, zira d)shivit, zubturum

3.Ziravorlar orasida efir moylariga boyligi bilan ajralib turadigan o’simlik.

a)oddiy zira b)petrushka

c)kashnich d)shivit
Natijalar qarama-qarshi guruhlar tomonidan tekshiriladi.
b) ”Oldin himoya, keyin hujum” o’yini. Bunda kartochkalarda berilgan savollar birinchisi har bir o’quvchining o’ziga, keyingisi raqib guruhga beriladi.

O’quvchi (1-guruh)

1-savol.


Hayotiy shakliga ko’ra oilada necha yillik o’tlar ustunlik qiladi?

– Bir va ko’p yillik o’tlar ustunlik qiladi.

2-savol.

Ziradoshlar oilasiga mansub turlar orasida qanday yovvoyi turlar bor?



O’quvchi (2-guruh)

– begona o’t sifatida keng tarqalgan yovvoyi sabzi.


1-savol.

Shu oilaga kiruvchi qanday madaniy o’simliklarni bilasiz?

Bularga sabzi, kashnich, petrushka, shivit va boshqalar kiradi.

2-savol.


O’zbekistonda zira turkumiga mansub necha tur o’sadi, asosan qayerlarda tarqalgan?

– 9 tur o’sadi, asosan adir va tog’larda tarqalgan.


c) yangi mavzu bayoni:
O’qituvchi:

– Bu oila gulli o’simliklar ichida eng kattasi hisoblanadi. U deyarli hamma qit’alarda va turli-tuman ekologik sharoitlarda o’sadigan 920 turkumga mansub 19000 turni o’z ichiga oladi.

O’zbekistonda bu oilaga mansub 137 turkumga oid 597 tur o’simlik o’sadi.

Qoqio’tdoshlarning ko’p turlari bir yillik va ko’p yillik o’tlar bo’lib, ularning juda kam qismini yarim butalar tashkil etadi. Faqat tropik mintaqalarda unga oid buta, liana va daraxtlar o’sadi.

Bu oila vakillarining barglari oddiy, ildiz bo’g’zida to’planib yoki poyada asosan ketma-ket, ba’zan qarama-qarshi va halqa bo’lib joylashgan. Barg yaprog’i butun, ba’zan patsimon bo’lingan, shakli har xil.

Qoqio’tdoshlarning ko’pchiligida savatchalar, o’z navbatida, shingil, ro’vak, qalqon va boshcha to’pgullarga o’rnashib, murakkab to’pgul hosil qiladi.

Gulkosachabargi, tojbarg va changchilari 5 tadan. Gulkosachasi har xil tuzilgan, juda qisqarib ketgan. Ba’zi vakillarida kosachasi pardasimon, 5 tishli o’simta shaklida. Gultoji tutash gultojbargli, to’g’ri yoki qiyshiq.

Qoqio’tdoshlar oilasi asosan gul tuzilishiga qarab 2 ta oilachaga bo’linadi.



Birinchi (suttikandoshchalar) oilachaga to’pguli asosan tilsimon gultojbarglardan tashkil topgan turlar kiradi. Unga O’zbekistonda keng tarqalgan qoqio’t, karrak, sachratqi, maxsar, kakra kabi turkumlarning turlari kiradi.

Dorivor qoqio’t ko’p yillik o’t. Uni vohalardagi o’simlik o’sa oladigan har qanday yerda uchratish mumkin. Poyasi juda kalta. To’pguli savatcha. Gullari gulbandlarning uchida o’rnashgan savatchalarda joylashgan. Qoqio’tlarning mevasi doncha. Uning uchida o’rnashgan popukchasi bor.



Ikkinchi (moychechakdoshlar) oilacha to’pgulining aksariyat qismini naychasimon gullar tashkil etadi. Faqat ayrim turlarda savatchaning atrofida soxta tilchasimon yoki voronkasimon gullar bo’ladi. Bu oilachaga O’zbekistonda keng tarqalgan shuvoq, tirnoqgul, kungaboqar, andiz, bo’yimodaron kabi turkumlarning turlari kiradi. Turlarga boyligi jihatidan shuvoq turkumi oilachada alohida o’rinda turadi.

Shuvoq turkumiga mansub o’simliklar chorvachilikda o’ziga xos o’rinni egallaydi.

O’zbekistonda shuvoqning 39 turi uchraydi. Bular bir yillik hamda ko’p yillik o’tlar va yarim butalardir.



Oq shuvoq turon shuvog’i (qora jusan), yovshan shuvoq kabi turlari O’zbekistonda keng tarqalgan. Yozning quruq va jazirama kunlarida shuvoqda ”yozgi tinim ” davri boshlanadi. Kuz kelgach, yana shuvoqlar o’sa boshlaydi. Savatchalarning har birida 5-7 tadan ikki jinsli tilsimon gullar bo’ladi. Mevasi oktabrning oxiri yoki noyabrning boshida pishadi va to’kiladi.

Qoqio’tdoshlarga mansub madaniy o’simliklardan biri moyli kungaboqardir. Uning to’pguli kun chiqqandan to botgunga qadar quyoshga qarab buriladi, shuning uchun ham u kungaboqar nomini olgan.

Tabiiy holda uchraydigan dorivor o’simliklarga bo’yimodaron, bo’znoch turkumining vakillari kiradi.

Gulzorlarda to qish kelguncha chaman bo’lib ochilib turadigan qashqargul, xrizantema, qo’qongul, kartoshkagul va dastargullar ham qoqio’tdoshlarga mansub madaniy-manzarali o’simliklardan hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, mazkur oilaning 13 turkumga mansub 50 turi O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. Ulardan 30 tasi karrak turkumiga mansub.
d) Krossvord.
e) ”O’yla, izla, top” o’yini. Bu o’yinda ikkala guruh ham qoqio’tdoshlar oilasiga mansub turlar nomini yozishi kerak, qaysi guruh ko’p yozsa, o’sha guruh g’olib hisoblanadi.
Misol:

1-guruh: 2-guruh:

Qoqio’t Shuvoq

Karrak Tirnoqgul

Sachratqi Kungaboqar

Maxsar Andiz

Kakra Bo’yimodaron

Kartoshkagul Bo’znoch

Dastargul …………………
f)”Raqamlar tilga kirganda” o’yini. Bunda o’quvchilar qoqio’tdoshlar oilasi tasvirida yashiringan sonlar asosida ma’lumot beradi. Qoqio’tdoshlar tasvirida omadli baho ko’rsatilgan bo’ladi. Shu o’simlik qaysi o’quvchiga tushishidan qat’iy nazar o’sha baho guruh hisobiga yoziladi.
Misol: -920, -19000

– Qoqio’tdoshlarning turli-tuman ekologik sharoitlarda o’sadigan 920 turkumga mansub 19000 turi bor.

-137, -597 tur

O’zbekistonda bu oilaga mansub 137 turkumga oid 597 tur o’simlik o’sadi.

-26 tur

O’zbekistonda qoqio’t turkumiga mansub 26 tur o’simlik o’sadi.



-39 tur

O’zbekistonda shuvoqning 39 turi uchraydi.

-13, -50 tur

Mazkur oilaning 13 turkumga mansub 50 turi O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan.


g) ”Zanjir” o’yini. Bunda o’quvchilar yangi mavzu yuzasidan ketma-ket ma’lumot beradilar.
1-o’quvchi

Qoqio’tdoshlarning ko’p turlari bir yillik va ko’p yillik o’tlar bo’lib, ularning juda kam qismini yarim butalar tashkil etadi.

2-o’quvchi

Bu oila vakillarining barglari oddiy, ildiz bo’g’zida to’planib yoki poyada asosan ketma-ket, ba’zan qarama-qarshi va halqa bo’lib joylashgan.

3-o’quvchi

Qoqio’tdoshlarning muhim belgisi to’pgullarining savatcha shaklida bo’lishidir.

4-o’quvchi

Qoqio’tdoshlar oilasi asosan gul tuzilishiga qarab 2 ta oilachaga bo’linadi.

..................................................................
3.Dars yakuni.

Dars yakunida o’quvchilar to’plagan kartochkalar soni va bahosini jamlab qaysi guruh g’olib bo’lgani aniqlanadi. Kartochkalar orqasiga bu kartochkani kim olganiga qarab, o’quvchilar baholanadi.


4. Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’zlashtirib kelish, mavzuga oid rasm chizish.
Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish