Mavzu: Qon ketishi va qon yo‘qotish. Qon ketishni to‘xtatish usullari


QON KETISHINI VAQTINCHA TO'XTATISH USULLARI



Download 0,86 Mb.
bet4/4
Sana26.02.2022
Hajmi0,86 Mb.
#472175
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu 7

QON KETISHINI VAQTINCHA TO'XTATISH USULLARI

Vaqtincha qon to'xtatish bemor kasalxonaga tushmasdan tez yordam sifatida bajariladi. U shifokor yoki boshqa tabobat xodimi tomonidan ijro etiladi, ba'zida esa tabobat ilmi bo'lmagan kishilar yoki shikastlangan bemor tomonidan ham bajarilishi mumkin (94rasm). Buning uchun aseptika qoidalariga rioya qilish zarur. Ba'zan qon qon tomirida tromb hosil bo'lishi natijasida butunlay to'xtab qolishi mumkin.


Vaqtincha qon to'xtatishning quyidagi usullari bor:
a) qon ketayotgan joyni bosib turadigan bog'lam bilan to'xtatish.
Bu usulni vena va kapillarlardan qon ketganda qo'llash mumkin, arterial qon ketganda esa jgutdan foydalanish maqsadga muvofik.
Buning uchun qon ketayotgan joyga individual paketlardagi sterillangan bog'lamlardan, ular bo'lmasa qizdirilgan dazmol bosilgan dokani bir necha qavat qilib, ustiga toza paxta ko'yiladi va aylantirib tortib bog'lanadi. Agar doka, bint bo'lmasa, toza matodan ham foydalansa bo'ladi. Bemor uchun o'ta xavf tug'diradigan qon ketish kuzatilsa, ko'l ostida bor matoni ishlatish mumkin. Bosib turadigan bog'lam mayda tomirlarni yumshok to'qimalarga bosib turganda qon ketish tez to'xtaydi. Ichki a'zolardan, masalan qizilo'ngachdan qon ketganda Blekmor zondidan foydalansa bo'ladi (95 rasm).
b) qo'loyoqni ko'tarib turish. Bunda qon ketishining kisman kamayishi ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Qo'pincha bu usulni vena tomiri shikastlanganda qo'llaniladi.
v) qo'l bilan katta magistral arterial tomirlarni bosib turish. Vaqtincha qon to'xtatishning bu usulida tomir yaqinidagi suyakka bosibturiladi (96 rasm).
Uyqu arteriyasini to'sho'mrov mushagining ichki qismi orqali bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'simtasiga bosish mumkii (VI bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'simtasining tepa qismi, aytib o'tilgan mushakning o'rta kismi), o'mrov arteriyasini to'sho'mrovso'rg'ichsimon o'siq mushagining tashqi tomonidan 1 qovurg'aga bosish mumkin: yelka arteriyasini ikki boshli mushakning ichki tomonidan yelka suyagiga bosiladi. Son arteriyasini qov suyagining gorizontal shoxidagi pupart boylamining tagiga joylashgan nuqtaga bosiladi; ozg'in bemorlarda korin aortasini umurtqa pog'onasiga bosib turish ham mumkin. Bu usul katta magistral tomirlardan qon ketganda tez yordam berish uchun qo'llaniladi. Bu metodning kamchiligi shuki, bemorda kuchli og'riq paydo bo'lishi mumkin va bosibturish katta kuchni talab kiladi. Bu holda Esmarx jgutidan foydalanilgani ma'qul (97rasm).
Qo'l bilan bosibturish tomirlar yuzaki joylashganda bajarilishi mumkin yoki uni jgut qo'yish uchun tayyorgarlik vaqtida ko'llasa bo'ladi, chunki qo'l bilan bosib turish vaqti 15—20 minutdan oshmaydi. Bundan tashqari, bosib turilganda atrofdagi nern yo'llari, to'qimalar ezilib, qattiq og'riqqa sabab bo'ladi, qaytarib bo'lmaydigan asoratlar vujudga keladi;

94 rasm. Arteriyalarni suyakka bosib qonni vaktincha to'xtatish nuktalari (a, b).



95 rasm. Kizilo'ngachdan qon ketganda ishlatiladigan Blekmor zondi.



96rasm. Uyqu (a), jag' osti (b), chakka (v),o'mrov osti (g), yelka (d), qo'ltiq osti (ye) va son (j) arteriyalarini barmok. bilan bosib turib qon to'xtatish. g) qon ketishni to'xtatish maksimal bukish yoki bo'g'imlarni o'ta cho'zish bilan bajarilishi mumkin. Masalan, takim arteriyasi yaralanganda tizza bo'g'imini, yelka arteriyasi shikastlanganda tirsak bo'g'imini son arteriyasi yaralansa, chov sohasida chanoqson bo'g'imini akeimal bukish yaxshi yerdam berishi mumkin (98 rasm)
d) qon ketayetgan joydan yuqorisiga jgut yoki boshqa biror bog'lam ko'yish bilan bajariladi. Unda kattik tortilgan jgut yoki bog'lam to'qimali burama tomirni suyakka qisib turadi.



97 rasm. Esmarx jguti yordamida tizza osti arteriyasidan qon okishini to'xtatish (a, b).

98rasm. Oyokni o'rtacha bukib sonda (a), tizzada (b) va bilakda qonni vaqtincha to'xtatish.





99 rasm. Jgutlar turi; a — Esmarx; b — harbiylar uchun, v — kamar.

Jgutni birinchi marta 1873 yilda Esmarx ishlatgan, ammo bu usul XVI asrlarda Aleksandriyada Ambruaz Pare tomonidan taklif qilinib, yoddan ko'tarilib ketgan. Esmarx jguti keng tarqalgan bo'lib, elastik rezinadan iborat, bir uchida zanjiri, ikkinchi uchida esa ilgagi bor, jgutning uzunligi 1,5 metr keladi. Ba'zan jgut rezinali bintdan tayyorlanadi, bunda to'qima qattiq ezilmaydi (99rasm). Jgut qo'yilayotganda qo'loyoqni ko'tarib qo'yish lozim, shuningdek to'qimalar ezilishining oldini olish uchun jgutni yumshoq material yoki sochiq ustidan qo'yish lozim: uning to'g'ri qo'yilganini periferiyada tomirlar urishi yo'qolganidan va qon oqishini to'xtaganidan bilsa bo'ladi. Qonni to'xtatish uchun jgutni tortib, qo'l yoki oyoq atrofidan 2—3 marta aylantirib olinadi va zanjirni ilmoqka o'tkazib qo'yiladi yoki jgutni uchlari birbiri bilan bog'lab qo'yiladi. Jgut o'rniga qo'l ostida bor narsalar — ro'molcha, ip, tasma, davolash muassasasida esa turli xil rezina naylardan foydalansa bo'ladi. Bemor to'qimalari qisilib kolmasligi uchun ularning ostiga yumshok, material qo'yilgani ma'qul (100rasm). Jgut qo'yilayotganda quyidagi talablarga rioya qilish zarur: agar jgut bo'sh bog'langan bo'lsa, vena tomirlari qisilib, ularda staz vujudga keladi, arteriya tomirlari bosilmagani uchun qon ketish kuchayadi; agar o'ta qattiq tortilsa, to'qimalar ezilishi bilan nerv yo'llarida asoratlar paydo bo'lib, falajlanish yoki parezga olib kelishi mumkin. Shuning uchun nerv yo'llari yaqin joylashgan yelka sohasida jgut qo'yilganda ehtiyot bo'lingani darkor. Vena qon tomiridan yoki kichik tomirlardan qon ketayotganda jgut qo'yilishi maqsadga muvofiq emas.


Jgutning quyidagi kamchiliklari bor: 1. Arteriyalar qisilishi bilan yumshoq to'qimalar va nerv yo'llari ham eziladi, bu esa parez va falajlanishlarga olib kelishi mumkin. 2. Jgut 2 soatdan ortiq qo'yilsa, undan pastdagi to'qimalarda qaytarib bo'lmaydigan jarayon — gangrena vujudga keladi. 3. Qon aylanishining to'xtashi kislorodning to'qimalarda yetarli bo'lmasligiga olib keladi, bu bilan anaerob infeksiya uchun qulay sharoit vujudga keladi, to'qimalarning mikroblarga bo'lgan himoyaviy va regenerativ kuchlari pasayib ketadi.
Shuning uchun jgutni kerakli ko'rsatma bo'lgandagina qo'yish lozim, bemorni jgut bilan davolash muassasasiga keltiriladigan bo'lsa, uni bog'lam bilan berkitmagan ma'qul. Jgut qo'yilgan vaqt kasallik daftarchasiga yoki qog'ozga yozib qo'yilishi zarur. Shuningdek, jgutning salbiy ta'sirini kamaytirish uchun uni 2 soat davomida uzluksiz ushlab turmay, shu vaqt ichida 1 — 2 marta bir necha minutga bo'shatib, so'ngra yana bog'lab qo'yish zarur. Bu to'qimalarning oziqlanishini yaxshilaydi, jgutning salbiy ta'sirini kamaytiradi.



100 rasm. Harbiylar jgutini yelkaga qo'yish.

Emboliya, tromboz, gangrena va infeksiyaning tarqalib ketishiga yo'l qo'ymaslik uchun o'tkir tromboflebitda, septik holatlarda jgut qo'yilmaydi. Yosh bolalar va ahvoli og'irlashgan, darmonsizlangan bemorlarda jgut o'rniga elastik rezinali bintlardan foydalanish kerak.




QON KETISHINI BATAMOM TO'XTATISH

Qon ketishini mexanik, termik, ximiyaviy va biologik usullar bilan batamom to'xtatish mumkin (101rasm). Tashki qon ketganda agar shikastlangan tomir ko'rinmasa, jarohat xirurgik yo'l bilan kengaytiriladi, qorin yoki ko'krak qafasiga qon ketganda, tomirni topib borlash uchun ko'krak qafasi yoki qorin bo'shlig'ini operatsiya yo'li bilan (torakotomiya, laparotomiya) ochishga to'g'ri keladi.



101 rasm. Tomirdan k,on ketganda qonni uzilkesil to'xtatish.
a — boglash, b,g — elektrokoagulyatsiya, v,g — tomirni masofada kesish va boglash, d — tikib bog'lash.
Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish