Hoshiyalashni o’rgatish bo’yicha uslubiy maslahatlar. Talabalarga karton chetiga flyuzerin kesmalarni, qog’ozni kartonga yelimlashning asosiy bosqichlaridan birini mustaqil bajarishni o’rgatish lozim. Qog’ozning chetlari avval bir, keyin ikkinchi yo’nalishda namlanadi. Qog’oz bo’kadi, bir cheti egri-bugri bo’lib qoladi, ikkinchi uchi dumaloq bo’lib o’raladi. Qog’oz tez bo’kmaydi, qanchalik qalin bo’lsa, shunchalik sekin bo’kadi.
Agar yelim surtilgan qog’oz darhol kartonga yopishtirilsa, qog’oz bo’kishda davom etib, u egri-bugri‚ notekis bo’lib quriydi. Kartonga qog’oz yopishtirishdagi birinchi qoida qog’ozga yelimni surtib, unga yelimni shimishi uchun ozgina kutish, ana shundan keyin uni kartonning ustiga qo’yish va o’rtasidan chetlari tomon ohista silab yopishtirish kerak. SHunda qog’oz tekislanib, tagidagi havo chiqib ketadi. Qog’oz yopishtirganda karton buralib ketmasligi uchun qog’ozni kartonning har ikkala tomoniga yopishtirish kerak hamda taxtakachlab quritish lozim. Berilgan o’lchamlar bo’yicha chizg’ich va burchak bilan dastlabki ishlarni bajarishda avval to’g’ri burchaklar chiziladi (karton, kartonga yopishtirish uchun qog’oz, hoshiyalash uchun kesmalar). Bunday ish uchun chizma-o’lchov asboblari qaychi, yelim, mo’yqalam, taglik uchun qog’oz ikkita fanera yoki qalin qog’ozdan qilingan planshet shpagat taxtakachni aylantirish uchun tayoqchalar kerak bo’ladi.
Materiallar: karton, qog’oz, gazlama (yopishtirish va hoshiya uchun) quritilgan barglar, gullar yoki rangli qog’ozdan shablon bo’yicha qirqilgan gullar.
Buyumlar namunalari ko’rib chiqilib, o’lchamlar, kerakli materiallar, aniqlangan ishni tartibi tuziladi va quyidagi holatda ish boshlanadi:
- ish karton kvadratlarni tayyorlashdan boshlanadi;
-kartonni hoshiyalash uchun qog’oz yoki gazlamani hisoblab tayyorlanadi, uning o’lchamlari, karton kvadrat tomonlarining uzunligi, eni aniqlanishi kerak;
-kartonga yopishtirish uchun rangli qog’ozni chizib, tayyorlanadi.Uning o’lchami karton o’lchamidan 5-6 mm kichikroq bo’lishi kerakligini unutmaslik kerak;
- kartonni hoshiyalash;
- qog’ozni yopishtirish;
- barg, gul va shu kabilar tasviri yelimlanadi;
- taxtakach tagiga qo’yiladi.
Ish ko’pchilik bo’lib bajarilishi mumkin.
Xulosa
Mustaqil Respublikamiz uchun yosh avlodni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash muhim hayotiy vazifalardan biri hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnatining mazmuni «Uchinchi mingyillikning bolasi dasturida» alohida ko’rsatib o’tilgan. Unga bolalarning mehnat jarayonida tarkib topadigan shaxsiy fazilatlariga qo’yiladigan talablarning asta-sekin murakkablashib borish masalalariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Yorqin kelajakni barpo etadigan kishilar mehnatga muhabbati bilan ajralib turishi kerak. SHuning uchun, bolalarda bog’cha yoshidanoq oddiy mehnat ko’nikmalarini jamoatchilik va o’rtoqlik tuyg’ularini shakllantirish dolzarb masalalardan biridir.
SHuningdek ko’rgazmali qurollar texnologiyasi, qo’g’irchok teatri uning turlari qo’g’irchoqlarni yasash, bolalarni applikatsiyada qo’llaniladigan tabiiy materiallar bilan tanishtirish o’simlik urug’lari va barglaridan applikatsiya qilish, gazlama bilan ishlash, kashtachilik, zardo’zlik hunarining sirlari yumshoq o’yinchoq tikish jarayoni ko’rsatib berilgan. Qo’llanmaning maqsadi: Talabalarni ijodkorlik qiziqishini uyg’otishda yordam berishdir. Bolalar tabiatdan kattalarning dunyosiga tezroq qo’shilishni xohlaydilar. Bog’cha yoshidagi bolalarda ijodkorlik hissini o’stirish jarayonida ularga oddiy mehnat ko’nikmalarini o’rganibgina qolmay, ayni vaqtda ular uchun zarur axloqiy sifatlarni: mustaqillik, maqsadga intilish, topshirilgan ish uchun mas’uliyatni his qilish‚ maqsadga erishish uchun qat’iyatlilik‚ tengdoshlariga xushmuomalalik va hokazolarni singdirish muhimdir. Mehnat tarbiyasi yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashning muhim shartlarining biridir. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi mehnat tarbiyasi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish, o’zlarining qo’llaridan keladigan mehnatga faoliyatiga qilishdan iboratdir. Mehnat turini tanlashda ishning ko’pchilik bo’lib bajaradigan shaklini tanlash lozim. Ko’pchilik bo’lib qilinadigan mehnat ko’proq tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi. Bolalarning o’z oldiga maqsad qo’yishi‚ ishni o’zaro taqsimlashi‚ ish jarayonida o’zaro yordam shakllarini belgilashi hamda har bir bola o’z vazifasini samimiy va vijdonan bajarishi juda muhimdir. Mana shunday yo’lga qo’yilgan mehnat juda katta ahamiyatga ega. Bu hol bolalarda hayotiy tashkilotchilik malakalarini rivojlantiradi, ongli intizomga o’rgatadi. Uyushqoqlik bilan tashkil etilgan mehnat bolaning o’z kuchiga to’g’ri baho berishiga ham yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |