Mavzu: qog’oz va kartonni qayta ishlash texnikasi


Qog’oz ishlab chiqarish xom ashyosi



Download 4,92 Mb.
bet2/21
Sana26.06.2022
Hajmi4,92 Mb.
#705887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Когоз билан ишлаш

Qog’oz ishlab chiqarish xom ashyosi. Qog’oz ishlab chiqarishda yog’och, poxol (somon)‚ ip, gazlama, eski ishlatilgan qog’oz (makulatura) xom ashyo hisoblanadi. Ip, gazlamadan asosan qog’ozning qimmatbaho va maxsus navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Poxoldan karton, o’ram qog’ozlari tayyorlanadi. Makulatura turli navdagi qog’ozlarni tayyorlashda yaxshi xom ashyo hisoblanadi. Poxol va asosan yog’ochdan qog’oz ishlab chiqarishning asosiy xom ashyosi hisoblangan tsellyuloza tayyorlanadi.
Qog’oz tayyorlashning texnologik jarayoni. Qog’oz ishlab chiqarish murakkab texnologik jarayon bo’lib, unda turli xom ashyo va kimyoviy moddalar ishlatiladi. TSellyuloza- qog’oz kombinati turli korxonalar kompleksi bo’lib, u yog’och ombori, qog’oz fabrikasi, qatron(smola) va yog’och zavodini o’z ichiga oladi. Qog’oz-smola kombinatlari daryo va ko’llar qirg’oqlariga quriladi. CHunki qog’oz ishlab chiqarishda suv ko’p talab qilinadi, bundan tashqari yog’ochni oqizish uchun ham qulaydir. Kombinatga keltirilgan yog’och g’o’lalar uzunligi 1 metr 20 sm yoki 1 metru 25 sm qilib qirqiladi, ular balans deb ataluvchi po’stloq shiluvchi apparatlarga o’tadi. Ular chanli suvda aylanib turadi. Baraban aylanar ekan‚ balanslarni qobirg’aga va bir-biriga ishqalanishga majbur qiladi. SHu yo’sinda ular po’stdan ajraladi va po’stlar qobirg’alar oralig’idan o’tib ketadi.
Tarkibida kletchatka foizi ko’p bo’lgan qoraqarag’ay tsellyuloza tayyorlashda eng qulay xom ashyo hisoblanadi. Balanslar maydalash mashinalarida payrahalarga ajratiladi, ular maxsus mashinalarda saralanib, qaynatish qozoni tepasidagi bunkerga uzatiladi, bu yerga pishiriladigan kislota va bug’ kelib turadi. Kislota odatda oltingugurt kolchedanidan tayyorlanadi. Payraha qozonda 7-10 soat davomida 135-150° haroratda qaynatiladi. SHundan so’ng massa tagi to’rsimon hovuzga chiqariladi, u yerda suv oqimi bilan turli aralashma quyqalardan tozalanadi. SHundan so’ng maxsus mashinalarda yirik zarralari ajratib olinib, quyultiriladi va hovuzlarda saqlanadi. TSellyulozani jo’natish qulay bo’lishi uchun u taxtakachlanadi, quritiladi va qat-qat qilib qirqilib, taxlanadi.
Balanslarning ikkinchi qismi yog’och zavodida maydalovchi mashinalar – defibralarda aylanuvchi dumaloq toshlar yordamida maydalanadi. SHundan so’ng tarkibida tola bo’lgan bo’tqasimon massa payraha tutqichdan o’tib, maydalanmagan qismlar o’sha yerda qoladi. Markazidan qochirma navlariga ajratishda massadan yirik, maydalanmagan zarralar ajratib olinadi va yog’och massasi maxsus saqlanadigan hovuzga o’tadi, qog’ozning navi tarkibidagi tsellyuloza va yog’och massasiga bog’liq bo’ladi.
Qog’oz massasini yanada ingichkaroq tolalarga ajratish uchun maxsus apparatdan takror o’tkaziladi. Maydalash ba’zida bir sutkadan ortiq davom etadi, tola qanchalik ingichka bo’lsa, ular bir-biriga shunchalik yaxshi birikadi, demak‚ qog’ozning navi ham, sifati ham yuqori bo’ladi. Massaga turli kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi, rang uchun kaolin (oq loy)‚ turli bo’yovchi moddalar, pishiqroq bo’lishi uchun kanifolь yelimi qo’shiladi. Har bir qog’oz navi o’z tayyorlanish retseptiga egadir. Tayyor qog’oz massasi quvurlar orqali aralashtiriladigan hovuzga o’tadi, yo’l-yo’lakay unga yana kerakli zarur ishlov beriladi: massa yanada maydalanadi va kerakli moddalar qo’shiladi hamda u qog’oz qiluvchi mashinaga o’tkaziladi. Bunday mashina eni 6-8 m, uzunligi 100-120 m bo’lgan kattagina konveyerdir, bunday mashinalar sutkasiga 400 t qog’oz chiqaradi. Juda mayda teshikli metall to’r valiklar har daqiqada 500m tezlikda harakat qiladi. Qog’oz massa metall to’rga uzluksiz tushib, u bilan birga harakatda bo’ladi. To’r ustida apparatlarning butun bir sistemasi bo’lib, ular siqilgan havo oqimi yordamida qog’oz massasidagi suvni so’rib oladi. Nam qog’oz massasi sukno ustiga o’tadi. Sukno qog’ozni ikki valik orasiga olib kiradi. Bir qator jarayonlardan so’ng qog’oz kesmasi qurituvchi qaynoq tsilindrlarga yopishib o’tadi. Qog’ozni silliqlash uchun u sovuq mis tsilindrlar va cho’yan vallar orqali o’tkazilib polga tushiriladi, mashinaning bu qismi glezer deyiladi. So’nggi bosqich qog’ozni rulonlarga o’rash va iste’molchilarga jo’natishdir.





Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish