Klestr yordamida bo’yash. Klestr quyidagicha tayyorlanadi:
Qozonchaga bir osh qoshiq un solib unga yarim piyola suv solinadi va qoshiqda yaxshilab atalaymiz. So’ngra yana ozgina suv qo’shiladi keyin gazni past olovda yoqib, qozonchani kavlab turamiz. 3-4 minutda tayyor bo’ladi. So’ngra sovutilgach oq list olamiz, bitta qoshiq lavlagini qog’ozga quyamiz va uni paxtada yedirib chiqamiz va unga taroq va boshqa narsalar bilan bezak beramiz.
Marmar bo’yash. Bunday bo’yashda bizga kerak bo’ladigan ish qurollari: bir qoshiq benzin yoki kerosin, unga yarim piyola suv solib, unga yana moy bo’yoqdan solib aralashtiriladi. Bajarish usuli: maxsus idishga suvni solamiz unga bir qoshiqdagi benzinni solamiz va unga moy bo’yoqdan bitta tomchi solamiz va uni cho’pda aralashtiramiz. Ungacha qog’ozni to’rt buklab qirqib aralashmaga botirib bir tomonini qilamiz. Qatlamdagi bo’yoq qog’ozga yopishib qoladi. Qog’oz qurigach rangi marmar toshga o’xshab qoladi. Agar rangini turlicha qilmoqchi bo’lsak bir necha rang bir yo’la solinadi. 1,5- 2 kunda quriydi.
Qog’oz va karton buyumlarini xoshiyalash. Kartondan yasalgan narsalar
alohida sinchkovlik hamda carishtalikni talab qiladi. Tartib va did bilan qilingan planshet va paspartular qo’llanmalarga chiroyli ko’rinish beribgina qolmay, balki ulardan foydalanish muddatini uzaytirishga ham yordam beradi. Avval qog’ozda bajarilgan, so’ngra kartonga yopishtirilgan har qanday sxema uzoqroq chidaydi, undan foydalanish ham qulay bo’ladi.
Milklari hoshiyalangan, metall halqalar biriktirilgan oddiy planshetni tayyorlash uchun planshetga yopishtiriladigan sxema yoki kartadan bir oz kattaroq o’lchamdagi karton kerak bo’ladi. SHundan keyin materialdan eni milk enidan ikki marta kattaroq kesma uzunasiga qirqib olinadi. Ikkita poloskaning uchlari burchak qilib qirqiladi, yelim surtib avval, uchlari burchak qilinmagan poloskalar, karton varagi perimetrlari bo’ylab hoshiya qilib yopishtiriladi. Agarda planshetga qog’oz yopishtiriladigan bo’lsa, milk 5-7 mm uzunlikda qog’oz tagiga kirishi kerak. U taxtakachlab qo’yiladi. Orqa devoriga halqali tasma yelimlanadi. Ba’zan planshetga ko’p miqdorda ma’lumotnoma materiallarini joylashtirishga to’g’ri keladi. Ana shunday hollar uchun yig’iladigan planshet tayyorlash mumkin. Buning uchun illyustratsiyalar o’lchami bukilishlar soniga qarab planshet qismlarining o’lchami aniqlanadi. Kartondan detallar qirqiladi. SHarnir va hoshiya uchun gazlama kesmalaridan foydalaniladi, ularning eni kartonning qalinligi va hoshiya kengligiga ko’ra aniqlanadi. SHarnirlar uchun gazlama ikki razmerda qirqiladi. Tutashish joylari sonini kamaytirish uchun ularning ba’zilarining planshetini uzunligiga teng qilib qirqiladi. Hoshiyaga mo’ljallangan gazlama kesmasining uzunligi planshet perimetriga teng. Stolga planshet asosining karton qismlarini bir-biridan kartonning ikkilangan qalinligi teng oraliqda qo’yilib, avval qisqa (ko’ndalang)‚ so’ngra uzun poloskalar bilan biriktiriladi. Planshetning orqa tomonini yuqoriga qilib aylantirib, uni yana gazlama kesmalari bilan mustaxkamlanadi, tekislanadi. SHundan keyin milklari hoshiyalanib, gazlamaga osishga mo’ljallangan halqalar biriktiriladi. Planshetning teskari tomoni, har bir detalning ikkala tomoniga rangli yoki oq qog’oz yopishtiriladi. Old tomondan tayyorlab qo’yilgan chizma va instruktsion karta yoki boshqa materialli ko’rgazma qog’ozlar yelimlanadi. Ko’rgazma shirmalari ham shu usulda tayyorlanadi. Kartondan shirmaning bir necha (5-8) bir xil o’lchamdagi to’g’ri burchakli tabaqalari qirqiladi. Liderin gazlamadan har bir tabaqaga bittadan kesma qirqiladi. Kesmaning uzunligi tabaqaning balandligiga teng, eni taxminan 25-30 mm bo’ladi. Bu kesmalar bilan tabaqalar shirmaga birlashtiriladi. Kesmalarga yelim surtib, ikki qo’shni bo’lgan tabaqa oralig’ida kartonning ikkilangan qalinligiga teng bo’lgan oraliq qoldirib(aks holda shirmani yig’ib bo’lmaydi)‚ yelimlanadi. SHirmaning qolgan tabaqalari ham mana shunday biriktiriladi, uning uzun tabaqalari ikkita kesma bilan yelimlanadi. Buning uchun kesmani uzunasiga buklab‚ uchlari burchak qilib qirqiladi. SHirmaning tabaqalariga ikkala tomondan oq yoki rangli qog’oz yopishtiriladi. Yelimlanadigan qog’oz shunday qo’yiladiki, tabaqalarning chetlarida tor yelimlanmagan hoshiyalar qolishi kerak. Buning uchun tabaqalarga yelimlanadigan qog’oz o’lchamiga ko’ra tabaqalar o’lchamidan 5-6 mm kichikroq bo’lishi kerak. SHirma ikki taxta orasiga qo’yib quritiladi.
Fotosuratlar, reproduktsiyalar, rasmlar va shu kabilarni jihozlashda oyna qo’yilagan paspartulardan foydalaniladi. Oyna tagiga qo’yiladigan karton va ramka uchun qog’oz bir xil o’lchamda qirqiladi. Paspartuning hoshiyasi liderin granitol, dermantin, qalin gazlamadan qilinib, BF – 2 yelimi bilan oyna va tagiga qo’yiladigan kartonning orqa tomoniga yelimlanadi.
Oyna ostida hoshiyalash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: qalin karton olinadi, uning o’lchami oyna tagiga qo’yiladigan ish o’lchamiga bog’liq. Kartonda ikkita teshik qilinib chiziqcha o’tkaziladi va ochib qo’yish uchun halqa tugiladi. So’ngra karton o’lchamidan 5 mm kichikroq qalin qog’oz olinadi. Qog’ozga rasm, panno ko’rgazma materiali yelimlanib, kartonga qo’yiladi va uning usti karton o’lchamiga muvofiq bo’lgan oyna bilan berkitiladi. Kolinkor (gazlama) kesmasiga BF – 2, silinodekstron yoki duradgorlik yelimi surtiladi. Tayyorlangan oyna panno va kartonning stol chekkasiga qo’yib‚ chetiga (5-6mm) yelim surtiladi va oynaga yopishtiriladi. Kolinkor ustidan barmoq yoki maxsus tekislagichni ohista bosib yurgiziladi. Oynaning qarama-qarshi tomoniga ham kolinkor xuddi shunday yopishtiriladi, kolinkorning qolgan qismi orqa tomondagi kartonga yelimlanadi. Oynaning uchinchi va to’rtinchi chetlarini hoshiyalashdan oldin kesmalarning uchi burchak qilib qirqiladi, so’ngra avvalgilaridek yopishtiriladi. Agarda eksponat bo’rtib chiqqan bo’lsa, karton hamda oyna o’rtasiga eksponat qalinligida teng karton kesmalar qo’yiladi, keyin kesmalar bilan yelimlanadi. Kesmalar oraga qo’yiladigan karton qalinligidan kengroq bo’ladi. Kollektsiyalarni bezashning eng oddiy usuli tsellofan bilan bezab berishdir. Eksponat iplar bilan qog’oz taglikka tiqiladi, uning tagiga esa shu o’lchamdagi karton qo’yiladi. Eksponat ustiga kartonning o’lchamidan uzunasiga ham, eniga ham 20-30 mm kattaroq bo’lgan tsellofan qo’yiladi. TSellofanning chetlarini bukib kartonga yelimlanadi.
Agar eksponat bo’rtib chiqqan bo’lsa, kartonni bir oz egish va tsellofan egilganlik shaklini olguncha tortib turish kerak. Bukilish bo’rtib chiqqan eksponatdan ko’proq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |