Ijtimoiy faoliyat-shaxs va oila darajasida. Individual faoliyatning asosiy maqsadi, individning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi, uni o‘rab turgan jamoatchilik orasidagi mojaroli vaziyatlarni hal qilishdan iboratdir. Masalan, bolaning oila tarkibida jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom o‘sishi ota-onalarning ijtimoiy-madaniy mavqei hamda moddiy ta’minlanganligiga, ularning etarli darajada diqqat-e’tiborni ajrata olishlari borasidagi imkoniyatlariga, ta’lim muassasalarining joylashuvi (yaqin yoki uzoq), mazkur oila qaerda yashayotganligiga bog‘liqdir. Sanab o‘tilgan barcha vaziyatlarda bola va ularning ota-onalariga qonunchilikda belgilangan huquqlaridan foydalanishlarida doimo malakali mutaxassis yordamiga ehtiyoj seziladi. Ijtimoiy xodim qiyinchiliklarni aniqlashi, oila va individga ijtimoiy resurslar manbaiga murojaat qilish uchun maslahatlar berishi va tegishli joylar tomonidan qo‘llab-quvvatlash ishlari tashkillashtirilishida yordam berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |