Bog'liq xalqaro sug\'urta bozori-kurs ishi-solijonov
Qayta sug’urtaning mohiyati va ahamiyati.
Qayta sug’urtalash bu – bir sug’urta tashkiloti zimmasidagi riskni yoki uning
bir qismini ikkinchi sug’urta yoki qayta sug’urtalash tashkilotiga o’tkazishdir. Bu tushunchani qisqacha qilib risklar tranformatsiyasi deb ham yuritish mumkin. Risklar transformatsiyasi jarayoni sug’urta tashkilotlari o’rtasidagi munosabat bo’lganligi sababli, u bir qancha o’ziga xos xususiyatlarga ega. Eng avvalo qayta sug’urtalash, sug’urta tashkiloti zimmasidagi me’yordan ortiq majburiyatlardan qutulishning eng optimal yo’lidir. Chunki, sug’urta tashkiloti katta summali bir shartnoma asosida qabul qilgan majburiyatning ma’lum qisminigina qoplash imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin. Bunday holda, qayta sug’urtalash mijozning talabini qondirish imkonini beradi, ya’ni sug’urta tashkiloti (sedent) o’z zimmasidagi me’yordan ortiq majburiyatlarni qayta sug’urtalovchi(sessioner)ga o’tkazadi va mijozni o’zida ushlab qoladi. Bundan tashqari qayta sug’urtalash, sug’urta tashkilotlari uchun katta hajmdagi majburiyatlarni qabul qilish va o’z faoliyatining imkoniyatlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Masalan, sug’urta tashkiloti o’nlab yoki yuzlab sug’urta tashkilotlari bilan qayta sug’urtalash munosabatlarini o’rnatgan holda, turli katta ob’yektlarni (aviatsiya, dengiz sug’urtasi va boshqalar) sug’urtalash imkoniyatiga ega.2 Qayta sug'urta qilish dastlabki shart-sharoitlarining paydo bo'lishi sug'urtalovchilar tomonidan avval qabul qilingan sug'urta qaltisliklarining qayta taqsimlanishidagi zaruratga xizmat qildi. Bundav zarurat sug'urtalovchilaming moliyaviy barqarorligi va ushbu qaltisliklar muvozanatlashtirilishini ta'minlash maqsadida yuzaga kelgan.
Qayta sug'urta qilish - bu sug'urtaning mustaqil turi. Qayta sug'urta qilishning maqsadi sug'urtalovchining ehtimoliy moliyaviy yo'qotishdan himoya qilishdan iborat. Qayta sug'urta qilish yordamida sug'urtalovchi o'zining moliyaviy imkoniyatlari butun qiymatidan oshadigan qaltisliklar bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri sug'urta shartnomalarini tuzish orqali o'zining sug'urta portfeli hajmini oshirishi mumkin.
Qayta sug'urta qilishning juda ko'p ta’riflari mavjud. Klassik ta’rifi Buyuk Britaniya qonunchiligiga 19 asrda kiritilgan bo'lib, unda qayta sug'urta qilish sug'urtalovchining avval qabul qilgan qaltisliklarini xavfsizlantirishga mo'ljallangan sug'urtalangan qaltislikni vangitdan sug'urtalash sifatida talqin etilgan. Eng qisqa ta’rif Germaniya Savdo ustavida quyidagicha bayon etilgan: “Qayta sug'urta qilish - bu sug'urtalovchi tomonidan olingan qaltislikni sug'urtalash”.3 Qayta sug‘urta qilishning ushbu va boshqa ta?riflari quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: - qayta sug‘urta qilish — bu haqiqiy sug'urta;
- sug'urtalovchi tomonidan to'g'ridan-to'g'ri sug'urta shartnomasi bo'yicha olingan qaltislik asl qaltislik deyiladi va qayta sug'urta qilish shartnomasining asosiy obyekti hisoblanadi;
- qayta sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha ikkinchi tomon faqat sug‘urtalovchi boiishi mumkin. Sug'urtalovchi va qayta sug'urtalovchi o’rtasida qonuniy munosabat yuzaga kelmavdi.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 959-moddasiga (“Qayta sug'urta qilish”) muvofiq, sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalovchi o'z zimmasiga olgan sug'urta tovonini yoki sug'urta pulini to'lash xavfi uning tomonidan to'liq yoki qisman boshqa sug'urtalovchida (sug'urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urtalanishi mumkin 4. Biroq. qayd etish kerakki, sug'urta shartnomasi bo'yicha qaltislik va sug'urta tovonini to'lash qaltisligi yoki sug'urta puli - bu turli qaltisliklar bo'lib, ulardan birinchisi sug'urtalanuvchining qaltisligi. ikkinchisi esa sug'urtalovchining qaltisligi hisoblanadi.
Qayta sug'urta qilishning asosiy ishitrokchilari:
- sug'urta kompaniyasi;
- professional qayta sug'urtalovchi;
- qayta sug'urta qilish bilan shug'ullanuvchi birlamchi sug'urtalovchi;
- qayta sug'urta qilish brokeri;
Qayta sug'urta qilish himoyasiga ehtiyoji bor kompaniyalar orasida birinchi o'rinda oddiy sug'urta kompaniyasi turadi. Sug'urtalashga tavakkalchilikni qabul qilgan va qayta sug'urtalashga bergan sug'urtalovchi “sedent” deb ataladi.
Qayta sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha "sessioner” deb ataluvchi professional qayta sug'urtalovchi qayta sug'urta qilish himoyasini taqdim etishi mumkin. Professional qayta sug'urtalovchi — bu faqat qayta sug'urta qilish bilan shug'ullanuvchi sug'urta uyushmasi. Bunday uyushma to'g'ridan-to'g'ri sug'urta shartnomalarini tuzmaydi va sug'urtalanuvchilar bilan to'g'ridan-to'g'ri munosabatda bo'lmaydi. Hozirgi paytda dunyoda 200 atrofidagi professional qayta sug'urtalovchilar uyushmalari faoliyat yuritadi. Ammo qayta sug'urta qilish bo'yicha xizmatlami birlamchi sug'urta qiluvchilar ko'rsatishadi.
Qayta sug'urta qiluvchilar quyidagi vazifalami amalga oshiradilar;
• halokatli qaltislik qabul qilinib, sug'urta hodisasi yuz berganda to'g'ridan-to'g'ri sug'urtalovchining to'lashga qodir bo'lmay qolish ehtimolini kamaytiradi;
• texnik qaltislik. yetarlicha baho berilmagan qaltislik, anderraytingning o'z qaltisligi va turli xatoliklar (inson omili) qaltisliklarining bir qismi olinib. to'g'ridan-to'g'ri sug'urtalovchining buxgalteriva balansini muvozanatlashtiradi;
• katta sug'urta puliga ega poiislar yoki qaltislikning yuqori darajada zararlanishi qayta sug'urta qilish bilan qoplanib, to'g'ridan-to'g'ri sug‘urtalovchining sug'urta portfeli muvozanatini yaxshilaydi;
• qaltislikning mutanosib qismini o‘ziga olib. shuningdek, kerakli zaxiralar qismini taqdim etib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtalovchining yirik qaltisliklami qabul qilish qobiliyatini kuchaytiradi;
• to'g'ridan-to'g'ri sug'urtalovchi tomonidan qaltisliklami ta’minlashga vo‘naltirilgan kapitalni erkinlashtirib. uning samarali idora qilishi mumkin bo'lgan kapitali hajmini oshiradi;
Quyida keltirilgan turli xizmatlami taqdim etish vo‘li bilan to'g'ridan-to'g'ri sug'urtalovchining operatsiyalari samaradorligini oshiradi:
- butun dunyo bo‘yicha anderrayting ma'lumotlarini yig'ish. qayta ishlash va taqdim etish;
- o'ziga xos, ayrim (noodatiy yoki maxsus qayta sug'urta qilish) qaltisliklami baholash va tahlil qilish;
- zararlar haqida ogohlantirish yuzasidan konsultatsiya taqdim etish:
- da’volami boshqarishda amaliv yordam ko'rsatish;
- aktuar hisoblami bajarish;
- sedent xodimlari treningi va o‘qishi;
- to'g'ridan-to'g'ri sug'urtalovchilarga ulaming kapitalini investitsiyalashda, boshqaruv xodimlami yig'ishda, hamkorlar (masalan, sug'urtalash bo'yicha) izlashda. tashkilotlaming birlashishi, bitim tuzishida va shu kabilarda yordam beradi.
Inobatga olish kerakki, qayta sug'urtalovchilar sug'urtalovchilar kabi o'zlari qabul qilgan majburiyatlami qayta sug'urtalashlari mumkin. Bunday holatda tuzilgan shartnoma - “retrotsessiya shartnomasi", majburiyatlami keyinchalik qayta sug'urta qilishga beruvchi shaxs - “retrotsedent”, bunday majburiyatlami o'ziga qabul qilib oluvchi shaxs - “retrotsessioner’ deb ataladi.
Retrotsessiya shartnomasi tuzilishining maqsadi - qayta sug'urtalovchining moliyaviv barqarorligini ta'minlash maqsadida uning majburiyatlarini muvozanatlashtirish va qaltisliklami qayta taqsimlashdir. Shunday qilib. retrotsessiya - bu uchinchi sug'urtalovchiga o'z majburiyatlarining bir qismini berish yo'li bilan qayta sug'urtalovchi uchun o'z qaltisliklarini chegaralash va shu tarzda o'z portfelini muvozanatlashtirish imkonini beruvchi vositadir. Qayda sug'urta qilish brokeri sug'urtadagi broker kabi qayta sug'urta qilish amaliyoti va qonunchiligi sohasida ekspert hisoblanadi. U qayta sug'urtalovchining agenti hisoblanadi va sug'urtalanuvchilar oldida yuridik javobgarlikni olmaydi.
Qayta sug'urta qilish puli - sug'urtaning barcha portfeli, sug'urtaning alohida turlari yoki yadroviy reaktor, atom elektrostansiyasi, aviatsiya, farmatsevtika kabi falokatli xarakterga ega alohida xavfli qaltisliklar va boshqa qaltisliklar sug'urtasi bo'yicha summaning o'ziga tegishli qismini ushlab qolishdan yuqori qayta sug'urta qilishga tegishli barcha qaltisliklami pulga taqdim etuvchi, sug'urta kompaniyalaming ixtiyoriy birlashmasi. Pul shaklidagi qayta sug'urtalashda to'g'ridan-to'g'ri sug'urta shartnomalari avval uning alohida ishtirokchilari tomonidan imzolanadi, keyin pulga to'liq taqdim etiladi. O'z ulushini olgan pulning har bir a’zosi nafaqat uning o'zi qabul qilgan yoki pulga bergan qaltisliklarda, balki shu bilan birga boshqa ishtirokchilar tomonidan pulga kiritilgan boshqa barcha qaltisliklarda ham ishtirok etadi. Pul tomonidan umumiy hisobda imzolangan qayta sug'urta qilish shartnomalari hajmi oshishi mumkin bo'lgan qaltisliklardan uning xalos bo'Iishiga yordam beradi.
Qayta sug'urta qilishda sug'urtalovchi qayta sug'urtalovchilar bilan o'zaro munosabatlaridan qat’iyy nazar sug'urta sharmomasi bo'yicha barcha majburiyatlami bajarishi lozim bo'lgan faqat bitta sug'urta tashkiloti bilan munosabatda bo'ladi. O'z navbatida qayta sug'urtalovchilar sug'urtalanuvchilar oldida hech qanday majburiyatlarga rasman ega emaslar, faqat sedent da’volari bo'yichajavob beradi. Qayta sug'urta qilishning mohiyati sug'urtalovchining moliyaviv barqarorligini ta'minlash maqsadida ikki yoki undan ortiq tashkilotlar o'rtasida sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalovchi tomonidan zarami qoplab berish bo'yicha qabul qilingan majburiyatlami qayta taqsimlashdan iborat.1^ Qayta sug'urta qilish sug'urtalashdan farqli ravishda ko'pgina davlatlarda vozib qo'yilgan qonun huijatlari doirasidan tashqarida amalga oshiriladi.
Arbitraj amaliyoti qayta sug'urta qilish sohasida o'ziga xos muhim ahamiyatga ega emas. Qayta sug'urta qilish shartnomasining o'zi qayta sug'urta qilishni tartibga soluvchi asosiv huquqiy manba hisoblanadi. Qayta sug'urta qilish shartnomasi — bu ikki tomon - sedent (qayta sug'urtalovchi) va sessioner (qayta sug‘urtalanuvchi)lar o'rtasidagidagi bitim. Qayta sug'urta qilish shartnomasi kim bilan va qanday mablag'ga tuzilganidan qat’iyv nazar asl qaltislik bo'yicha sug'urtalanuvchi oldida barcha javobgarlikni uning to'g'ridan-to'g'ri sug'urtalovchisi o'z zimmasiga oladi. Qayta sug'urta qilish shartnomalarining mazmuni va ulaming shakllarini belgilovchi qoidalami bir xillashtirish bo'yicha bir necha marta sa'y-harakatlar bo'lgan. Ammo xalqaro sug'urta bozorining tez o'zgaruvchi talablari bilan vonmayon qayta sug'urta qilish shartnomasi amaliyotining doimiy rivojlanishi sababli ushbu sa'y-harakatlar qabul qilinmagan.
Qayta sug'urta qilishda asosiy yuridik jihatlar quvidagilar:
- qayta sug'urta qilishda tanlanadigan yurisdiksiya;
- shartnoma tuzish; - qayta sug'urta qilish shartnomalaridagi qo'shimcha shartlar.
Qayta sug'urta qilish shartnomasi uchun tanlangan yurisdiksiya ushbu kelishuvga kiritilgan to'g'ridan-to'g'ri ifodalangan yoki ko'zda tutilgan yurisdiksiya to'g'risidagi qo'shimcha shartlarda ifodalanadi. Xalqaro amaliyot shuni ko'rsatadiki, ba’zi davlatlarda da'vo va sud joylashgan joyining bevosita bog'liqligi mavjud bo'lgandagina sudlar ishlami qabul qiladi.
Hozirgi kunda ko'pchilik qayta sug'urta qilish uvushmalari shartnomalami tuzish va boshqarish uchun maxsus hududiv bo'linmalariga ega. Agar qayta sug'urtalovchi qaltislikni qayta sug'urta qilishga rozi bo'lsa, bundav holda u slipda o'z ulushi yoki javobgarligining summasini, sanani ko'rsatadi va uni imzolaydi. Slip hujjat sifatida yuridik kuchga ega bo'lmaydi, ammo kelgusida qayta sug'urta qilish shartnomasini rasmiylashtirishda bitimni tuzish vaqti dalili bo‘lib xizmat qiladi.
Qoidaga ko'ra, qayta sug‘urta qilish shartnomalari 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi. Shartnomaga keyinchalik kiritiladigan o'zgartirishlar ilovalarda yoki bir-biriga xat yozish orqali kelishiladi. Qayta sug‘urta qilishda standartdagi shartnomalar mavjud cmas, ammo ulami tuzish va bahsli masalalami boshqarishda xalqaro qayta sug'urta qilish biznesida yuz yildan ortiq vaqt davomida qabul qilinib kelinayotgan, ishda qo'llaniladigan urfodatlardan foydalaniladi.
Qayta sug'urta qilish ishtirokchilari yuzaga keladigan ziddivatlami sug'urtada qabul qilingan mavjud amaliyot va qoidalardan kelib chiqib sud tartibidan tashqarida hal etishni ma'qul ko'rishadi. Bunday qoidalaming ko'pi barcha qayta sug'urta qilish shartnomalariga deyarli kichkina amaliy o'zgartirishlar boMib kiritilgan standart qo'shimcha shartlarda asta-sekinlik bilan shakllanib borgan. Eng ko'p tarqalgan qo'shimcha shartlar quyidagilar hisoblanadi: sessionerning sedent harakatlari va qarorlariga rioya qilish majburiyatlari haqida hamda sedent faoliyatidagi ishtiroki haqida; kamchilik va xatolar haqida; tekshirish huquqi haqida; zararlami boshqarishdagi vordam haqida; zararlami birgalikda boshqarish haqida: arbitraj qo'shimcha shartlar.
Sessionerning sedent harakatlari va qarorlariga rioya qilish majburiyatlari haqida va sedent faoliyatidagi ishtiroki haqidagi qo'shimcha shartlar shundan iboratki, agar vaziyat sug'urtalovchining aybli xatti-harakati bilan yuzaga kelmagan bo'Isa. qayta sug'urtalovchi ushbu tashqi holat bo'yicha zarai' ko‘radi. Sedent harakatlari va qarorlariga rioya qilish majburiyati sug'urtalovchining tijoriy faoliyatida qayta sug'urtalovchining ham ishtirok etishini anglatmaydi. Hatto qayta sug'urtalovchi asl mukofotni olib, keyin bankning bankrot bo'lishi oqibatida, sug'urta agentlari tomonidan uni o'zlashtirilishi sababli uni yo'qotganda va shu kabilar bo'lganda ham sessionerda har doim mukofotga egalik huquqi bo'ladi.
Faoliyatda ishtirok etish haqidagi qo'shimcha shart - bu sug'urtalovchi va qayta sug'uralovchi o'rtasida asl qaltislikning boTmishi haqidagi qo'shimcha shart. Ushbu qo'shimcha shart qayta sug'urtalovchini uning javobgarligi hajmidan ko'p boigan badalni toiashi yoki majburiyat qabul qilishi yoki qaltislikning qayta sug'urtalangan toifasiga kirmaydigan sug'urta shartnomasi bo'yicha zararlami kompensatsiya qilishini nazarda tutmavdi. Kamchilik va xatolar haqidagi qo'shimcha shart shuni nazarda tutadiki. qasddan qilinmagan xato va kamchiliklar sedentni qayta sug'urta qilishni qoplash huquqidan mahrum qilmaydi. Shunga qaramay, sug'urtalovchi aniqlangan har qanday kamchilik haqida qayta sug'urtalovchini zudlik bilan xabardor etishi lozim. Tekshirish uchun huquq haqidagi qo'shimcha shartga muvofiq qayta sug'urtalovchi sedentning qayta sug'urta qilish shartnomasiga doir hujjatlarini tekshirish huquqiga ega. Birinchidan, qayta sug'urtalovchi qayta sug'urtalangan qaltisliklar va ko'riladigan zararlar to'g'risida hech qachon aniq ma'lumotni olmaydi.
Yuqoridagilami inobatga olib, biz qayta sug’urta qilishga quyidagi ta'rifni keltirishimiz mumkin: qayta sug’urta qilish — bu bir sug’urtalovchi (qayta sug’urtalovchi) tomonidan boshqa sug’urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomalari bo’yicha ma’lum shartlar asosida qaltisliklami o’ziga qabul qilishi. Shunday qilib, qayta sug’urta qilish - bu sug’urtalovchi o’ziga tegishli sug’urta operatsiyalari rentabelligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida sug’urtalanuvchi bilan shartnoma tuzayotib, o’zi qabul qilgan qaltisliklaming bir qismini kelishilgan shartlar asosida boshqa sug’urtalovchilarga berishiga asoslangan iqtisodiy munosabatlar tizimi deb ayta olishimiz mumkin.