CD – RW (Compact Disc - Rewritable) 1997- yilda taqdim etilgan raqamli optic disk saqlash formatidir. CD – RW kompakt diskini yozish, o’qish, o’chirish va qayta yozish mumkin. CD – RW disklari kompakt disklardan farqli o’laroq, sezgir lazer optikasiga ega bo’lgan maxsus o’quvchilarni talab qiladi. Shunday qilib, CD – RW ni CD – RW joriy etilishidan oldin yaratilgan ko’plab CD o’quvchilarda o’qib bo’lmaydi. “MultiRead” sertifikatiga ega CD – ROM drayvlar mos keladi. Qayta foydalanishdan oldin CD – RW disklari o’chirilishi kerak. O’chirish usullari diskning yuzasi o’chiriladigan to’liq o’chirishni va faqat PMA, TOC va pregap ma’lumotlar sohalari tozalanadigan tez o’chirishni o’z ichiga oladi. Tez o’chirish tezroq va odatda diskni qayta yozish uchun yetarli. To’liq bo’shatish avvalgi ma’lumotlarning barcha izlarini yo’q qiladi va ko’pincha maxfiylik maqsadida foydalaniladi. Qayta yoziladigan media mos uskuna yordamida 100 000 martagacha qayta yozilishi mumkin.
DVD – Disklar1996 yilda yaratilgan bo’lib o’rtacha 4.5 gigabayt hajmdagi joyga ega. Ular asosan hajmi katta bo’lgan film va ma’lumotlarni saqlash uchun mo’ljallangan. DVD diskning asosiy turlari:
DVD – ROM huddi CD – ROM kabi disk, faqat hajm jihatdan kattaroq;
DVD – Video – ixchamlashgan shakldagi audio, video formatlarni yozishga mo’ljallangan disk;
DVD – Audio – bu formatdagi disk, yuqori sifatli ixchamlanmagan holdagi audioni yozishga mo’ljallangan;
DVD – R(G) – bir martalik yozishga mo’ljallangan disk;
DVD – R(A) – faqat maxsus qurilma yordamida o’qish uchun mo’ljallangan disk;
DVD+R(G) bir martalik axborot yozishga mo’ljallangan disk;
DVD – RAM – ko’p martalik qayta yozishga mo’ljallangan disk, CD – RW texnologiyasiga asoslangan, “Hitachi” firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, ko’p bor qayta yozishga mo’ljallangan, ular 100 000 martagacha qayta yozilishi mumkin va nazariy hizmati 30 yilgacha;
DVD – RW – “Pioner” firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va CD – RW texnologiyasiga asoslangan 1000 martagacha qayta yozishga mo’ljallangan;
DVD + RW – “Philips”, “Sony” firmalari va “Hewlet-Packard” – korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. DVD – RW – formatiga mos kelmaydi;
DVD – VR – MPEG2 formatidagi real vaqtdagi videolarni yozishga mo’ljallangan.
HD – DVD yuqori sifatli video formatlarini saqlashga mo’ljallangan, bundan tashqari uning hajmi oddiy DVD disklaridan ancha katta – 15 gigabayt.
CD va DVD disklar haqida gapirar ekanmiz ularning fizik hajmi haqida ham aytish darkor. HD – DVD va BD disklar qanchalik katta saqlash hajmiga ega bo’lmasin, ular oddiy DVD va CD disklari kabi 12 sm diametr o’lchamida bo’ladi. Lekin shunga qaramay 8 sm diametr o’lchamdagi DVD disklar ham mavjud, ularning hajmi odatda 1 gigabayt atrofida va turli qurilmlar uchun qo’shimcha dasturlar yozishda foydalaniladi. DVD disklar to’lqin uzunligi qisqaroq bo’lgan lazerdan foydalanish tufayli CD lardan ko’ra ko’proq malumotni saqlashga imkon beradi. Standart o’lchamdagi DVD (120 mm) hajmi 4.7 GB dan 17 GB gacha bo’lishi mumkin, mini DVD (80 mm) esa 1.6 GB.
DVD sig’imiga qarab DVD disklarning bunday turlari mavjud: