1.4 § Bog‘lanishlar va ularning reaktsiyalari
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, agar jism fazoning bir joyidan uning istalgan
joyiga ko‘cha olsa, bunday jismlar erkin jismlar deyiladi (masalan, havodagi
sharning harakati). Agar jismning biror tomonga sodir qilishi mumkin bo‘lgan
harakati qisman cheklangan bo‘lsa, bunday jismlar erkin bo‘lmagan jismlar deb
ataladi. Erkinmas jismlarning fazodagi harakat erkinligini chegaralanishiga
sababchi bo‘lgan boshqa jismlar bog‘lanishlar deb ataladi. Ko‘p hollarda
erkinmas bo‘lgan jismlarning o‘zlari ham boshqa jismlarning harakatlarini qisman
cheklab qo‘yishlari mumkin, shu sababli ana shunday jismlar keyinchalik
bog‘lanish sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Masalan, stolning ustida joylashgan jism, sharnirga osib qo‘yilgan eshik va
shu kabilar erkinmas jismlarga misol bo‘la oladi. Bu misollarda stol jism uchun,
sharnir eshik uchun bog‘lanish hisoblanadilar. Chunki stol jismni vertikal pastga
tushishiga yo‘l qo‘ymaydi, sharnir esa eshikni faqat aylanma harakatdan boshqa
hamma harakatlariga to‘sqinlik qiladi.
Bog‘lanishga ega bo‘lgan erkinmas jismlar harakat qilganlarida, ular
bog‘lanishlarga ma’lum yo‘nalishda va miqdorda bo‘lgan bosim kuchlari bilan
ta’sir ko‘rsatadilar. O‘z navbatida bog‘lanishlar ham jismga ta’sir va aks ta’sir
qonuniga asosan, xuddi shunday qiymatda, lekin qarama-qarshi yo‘nalishda
bo‘lgan aks ta’sir kuchi ko‘rsatadi. Erkinmas jismning harakatini cheklovchi
bog‘lanishlar (jismlar)ning jismga nisbatan ko‘rsatgan aks ta’sirlari, reaktsiya
(aks ta’sir)kuchlari yoki bog‘lanish reaktsiyalari deb ataladi.
Bog‘lanishlarning reaktsiyasi oldindan ma’lum bo‘lmaydi, u faqat jismning
unga nisbatan ko‘rsatgan ta’siriga bog‘liq holda bo‘ladi (agar bog‘lanishga hech
qanday kuchlar ta’sir etmasa, uning reaktsiyasi nolga teng bo‘ladi); ularni aniqlash
uchun mexanikaning tegishli masalalarini echish lozim. Bog‘lanishlarning
reaktsiyasi har doim jismning harakat yo‘nalishi cheklangan tomonga qarama-
qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Agarda bog‘lanish jismni bir necha
yo‘nalishdagi harakatini cheklayotgan bo‘lsa, bunday bog‘lanishning reaktsiyasini
yo‘nalishi ham oldindan ma’lum bo‘lmaydi va tegishli masalalarni echish orqali
aniqlanadi.
Bog‘lanish reaktsiyalarining yo‘nalishlarini to‘g‘ri aniqlanishi mexanika
masalalarini echishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ko‘p uchraydigan ba’zi
bog‘lanishlarning reaktsiyalari qanday yo‘nalishlari mumkinligini o‘rganib
chiqamiz.
1. S i l l i q t e k i s l i k ( y u z a , s i r t ) y o k i t a y a n c h . Silliq yuzali bog‘lanish
deb, ishqalanishga ega bo‘lmagan yoki ishqalanish kuchi e’tiborga olinmagan
yuzaga aytiladi. Bunday yuzalardan iborat bog‘lanishlar faqat shu yuzalarga tik
bo‘lgan (normal) yo‘nalishdagi harakatgagina qarshilik ko‘rsatishlari mumkin (8-a
shakl)
[6]
. Shu sababli silliq yuzadan yoki silliq tayanchdan iborat bo‘lgan
bog‘lanishlarning reaktsiyalari -
, ularning tutashgan joylariga qo‘yilgan
bo‘lib, tutashuvchi jismlarning umumiy normali bo‘yicha yo‘naladi. Agarda
tutashuvchi jismlardan biri nuqtadan iborat bo‘lsa, (8- b shakl) reaktsiya kuchi
ikkinchi yuzaning normali bo‘ylab yo‘naladi.
2. I p. Cho‘zilmaydigan egiluvchan ipdan iborat bo‘lgan bog‘lanishlar (9 -
shakl). M jismni A nuqtadan MA masofadan uzoqda bo‘lgan masofaga borishiga
qarshilik ko‘rsatadi xolos. Shu sababli tarang ipdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |