Qaffol shoshiy maqbarasi-Toshkent shahridagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr); Hazrati Imom (Hastimom) nomi bilan mashhur boʻlgan imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ash Shoshiyga atab, uning qabri ustiga qurilgan. Dastlabki maqbara saqlanmagan. Q.Qaffol Shoshiy maqbarasi meʼmor Gʻulom Husayn tomonidan 1541-42 yillarda chorsi gʻishtdan bunyod etilgan. Maqbara chorgoq tarxli, katta xona va uning toʻridagi sagʻanali xonadan iborat. Katta xonaning uch tomoni peshtoqli, qoʻsh qavatli gumbaz bilan yopilgan. Bosh peshtoq va uning 2 yonidagi burjlari anʼanaviy usulda. Maqbara burchaklarida 2 va 3 qavatli 8 yoqli va toʻrtburchak tarhli hujralar bor. Eshik tepasidagi kitobada maqbara qurilgan sana, meʼmorva xattotning nomi yozilgan; poy gumbazidagi yozuvlar saqlanmagan. Maqbaraning tarzlari bezaksiz, derazalariga panjaralar ishlangan. Maqbara poliga mavjli qilib gʻishtlar yotqizilgan. Q.Qaffol Shoshiy maqbarasi asosida keyinchalik Hazrati Imom majmuasi vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |