Mavzu: Qaffol Shoshiy ilmiy merosini o‘rganilishi Reja: 1


«Javomi’ al-kalim» asari haqida



Download 27,38 Kb.
bet3/4
Sana01.07.2022
Hajmi27,38 Kb.
#724794
1   2   3   4
Bog'liq
Qaffol Shoshiy

«Javomi’ al-kalim» asari haqida
Abu Bakr Qaffol ash-Shoshiy ilmiy merosida «Ja-vomi’ al-kalim» («Hikmatdi nboralar to’plami») asari etakchi o’rinni egallaydi. «Javomi’ al-kalim» kitobi Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Kaf-fol Shoshiy qalamiga mansub bo’lib, unda Imom al-Bu-xoriy sharhi majmualaridagi Rasululloh (s.a.v) kali-malaridan to’plangan. Ushbu asar qo’lyozmasining foto nusxasi O’zbekiston musulmonlari idorasi qutubxona-sida saqlanadi. Marhum muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlari 1970 yili Damashq shahridagi «Zo-hiriya» kugubxonasida saqlanadigan «Jayumi’ al -kalim» asarining qo’lszmasi (32 sahifaden iborat) fotonusxa-sini olib kelgan.
Qaffol ash-Shoshiy «Javomi’ al-kalim» asarining xususiyatini qo’lyozmada quyidagicha ta’riflaydi: «Bu kn-tobimda Rasululloh (s.a.v.) hadislari ichida zshitgan-larimdan mingta so’z (kalima) to’pladim. Ularchyang tu-zshshshi murakkablikdan xoli, ma’nolari chigallikdan yiroq, payg`ambar hyadoyati bilan qo’llab-quvvatlangan va tarbiyalangakligi sababli fasihlarning fasohati-dan va balog`at ahlining balog`atidan uschundir. Men ular-ni o’zlashtirish va eslab qalishii osonlashtirish maq-sadida biri ikkinchisining ketidan keladigan, isnod-lari olib tashlangan, so’zlarning yaqinligiga ko’ra bob-larga bo’lingan holda keltirdim».
«Javomi’ al-kalim» asarida Qaffol ash-Shoshiy hadislarni quyidagi holatda keltirgan:
Ko’rinib turibdiki, Qaffol ash-Shoshiy to’plagan hadislar qisqa, lo’nda hamda ma’nolarga boydir. Muhi-mi, har qanday; o’quvchi uchun tushunarli shaklda beril-gan. Ayni paytda «Javomi’ al-kalim» ma’rifiy va di-daktik ahamiyatga egaligi bilan boshqa hadis to’plamla-ri ichida ajralib turadi. Shuningdek, Qaffol Shoshiy asarida berilgan hadislarda islom dini ahkomlaridan tashqari odob-axloq, ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiyaga doir hikmatli iboralar qayd etilgan. Undan xalqimiz orasida keng Ibrohim ibn Mahdiydan, u Hasan ibn Muhammad Abu Muhammad al-Balxiydan, u Ismoil ibn tarqalgan matal, maqollar, nodir va qim-matli aforizmlar ham o’rin olgan. Bu esa hadislarning keng xalq ommasi uchun ravon va tushunarli bo’lishi, tar-qalishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Sahih hadis to’plamlari ichidan hikmatli iboralar-ni saralab olish Qaffol Shoshiydan katta mehnat va mashaqqatni talab zttan. E’tirof etish kerakki, islom ilmlari bo’yicha etuk alloma o’zining ulkan ilmiy sa-lohiyatini namoyon etib, «Javomi’ al-kalim» asarini yaratishga muvaffaq bo’lgan. Fikrimizning isboti si-fatida ushbu hadislardan ba’zilarining roviy va is-nodlariga murojaat qilaylik:
«Amallar niyatlarga bog`liqdir». Bizga xabarni Ab-dulloh ibn Zubayr al-Hamidiy Sufyondan bergan. Unga Yahyo ibn Sa’id al-Ansoriy Muhammad ibn Ibrohim at-Taymiydan xabar bergan. U Alqama ibn Vaqqos al-Lay-siy Umar ibn al-Xattob (r.a.) minbarda turib shunday deganlarini eshitganligini aytgan. Umar ibn al-Xat-tob minbardan turib, Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, bar-cha amallar niyatga bog`liqdir. Har bir kishi o’z niyatiga etgusidir. Biror kishi Alloh taolo va Uning Rasuli (payg`ambari) uchun hijrat qilsa, Alloh va uning Rasuli uchun hijrat qilganlik savobini topadi. Har kim dunyo uchun hijrat qilsa, dunyoga, ayol uchun hijrat qilsa, ayolga etishgusidir. Bas, nimani niyat qilib hijrat qilsa, o’shanga etishgusidir», — deganlarini aytdi».
Ushbu hadis sahih bo’lib, uni Imom al-Buxoriy Mo-likdan keltirgan. Bundan tashqari, bu hadis bir necha hadis to’plamlarida ham mavjud. Qaffol ash-Shoshiy ushbu hadasdan bor-yo’g`i ikkita kalimani ajratib ol-gan va u omma orasida mashhur bo’lib ketgan.
«Maslahatgo’y omonatdordir». Abu Muhammad Abdur-rahmon ibn at-Tajibiy Abu Sa’id Ahmad ibn Donuqo al-Jamoldan, u Muslimdan, u Hasandan, u esa Samura ibn Jundubdan Rasululloh (s.a.v.): «Maslahat beruvchi xiyonatchi emas, balki omonatdordir (ishonchga loyiqdir), zero, u xoh-lasa, maslahat beradi, xoxlasa, sukut saqlaydi. Agar maslahat bersa, o’zi o’sha ahvolda nima qilsa, o’shani mas-lahat beradi», — dedilar.
Yana bir rivoyatda hadisning davomida shunday de-yilgan: «Shuning uchun (maslahat beruvchi birovning si-rini saqlashga ishonchli bo’lganligi uchun) u istasa, mas-lahat beradi (omonatni sir tutishga ko’zi etsa), xohlasa sukut saqlaydi (omonatni sir tutishga ko’zi etmasa)».
Majlislar omonat bilandir (ularda aytilgan so’zlar-ning sir saqlanishiga bog`liq). Boshqa bir hadisda: «Bir odam bir so’zni aytib bo’lga-nidan so’ng (hadiksirab) u yoq-bu yoqqa qarab qo’ysa, de-mak, uning so’zi (eshituvchi uchun) omonatdir (sirdir)», -deyilgan.
Islom dini ta’limotiga ko’ra, bir odamning boshqa bir odamga ishonib berib qo’ygan puli, moli va boshqa narsalari omonat bo’lganidek, uning boshqalar eshit-masligini nazarda tutib aytgan gapi ham omonat, ya’ni sir hisoblanadi. Omonat so’zga xiyonat qilib„birovning sirini fosh qilish ham molu dunyoga xiyonat qilingani kabi qoralanadi.
Abu Muslim Ibrohim ibn Abdulloh ibn Muslim Abu Osimdan, u Ibn Jurayjdan, u Abdulkarimdan, u Usmon ibn Affonning xizmatkoridan, u Abdulloh ibn Ma’-qildan, u Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilishlari-cha, Rasululloh (s.a.v.): «Pushaymonlik (nadomat chekish) tavbadir», — dedilar.
«Bemaza gap jafo keltiradi». Bu hadis aslida quyi-dagicha: Muhammad ibn Solih ibn Zurayh Ismoil ibn Muso al-Fizoriydan, u Hushaymdan, u Mansurdan, u Hasandan, u Abu Bukradan xabar berishlaricha, Rasulul-loh (s.a.v.) dedylar: «Bemaza gap jafo keltiradi, jafo esa do’zaxga olib boradi. Hayo imondandir, imon esa jan-natga kiritadi*.
O’zbek xalki orasida «Oltin olma, duo ol» degan naql mavjud. Qaffol ash-Shoshiy o’zining «Javomi’ al-ka-lim» asarida «Duo ibodatdir» degan hadisni keltira-di. Ushbu hadis deyarli barcha muhaddislarning to’plam-larida uchraydi. Bu o’rinda «Javomi’ al-kalim»da be-rilgan 1000 dan ortiq hadislarni sharhlashning imko-ni yo’q, albatta. Muhimi, Qaffol ash-Shoshiyning ushbu asari hadis ilmida katta ahamiyatga ega. Chunki unda be-rilgan hadislar keng xalq ommasi o’rganishi uchun juda ravon va qulay yozilgan.
Qaffol ash-Shoshiy «Javomi’ al-kalim» asarining muqaddimasida «hadis isnodlariga bir kitob bag`ishla-dimki, ularni bilish uchun o’sha kitobga murojaat qili-nadi» deb yozadi. Demak, muallifning hadis ilmiga oid «Javomi’ al-kalim»dan boshqa yana bir asari mavjud ekanligi ma’lum bo’lmoqda. Unda olim o’zi to’plagan sahih hadislarning roviy va isnodlarini to’liq keltirgan.
«Javomi’ al-kalim» tom ma’noda mo’’tabar asarlar sirasiga kiradi. Zero, unda Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning hikmatlari, hadislari o’z ifodasini top-gan. «Javomi’ al-kalim», ya’ni «Hikmatli iboralar to’plami» nomidan ham ma’lumki, undan dini, millati-dan qati nazar har bir inson uchun kundalik turmush va ijtimoiy hayotda zarur bo’lgan odob-axloq mezonlari, bebaho ko’rsatmalar o’rin olgan.
Xulosa qilib aytganda, Qaffol Shoshiy hayoti davo-mida musulmon dunyosi bo’ylab safar qilgan, eng mash-hur olimlarga shogird tushib, ulardan ilm o’rgangan. Mashhur ulamolar bilan suhbatlashgan Qaffol Shoshiy stiniy ilmlardan tashqari dunyoviy bilimlarni ham chu-qur o’rgangan. Shuning uchun ham, xalq uni Hazrati Imom — Hastimom deb ulug`lagan.
Marhum muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon qazratlari «Imom al-Qaffol o’lkamizda diniy bilim-parning, arab tilining tarqalishida, musulmon qonunshunosligining asosiy qonun-qoidalarini ko’rsata bilish-1a muhim o’rin tutadi», - deb e’tirof etganlar. Tafsir, hadis, fiqh va adabiyotga doir xo’plab manbalarda Imom Kaffol Shoshiyning asarlaridan iqtiboslar kel-tirilgan. Bu ilmiy e’tiroflar esa uning islom ilm-lari bobida etuk alloma ekanligini ko’rsatadi. Tosh-kentning xalq orasida «Hastimom» (Hazrati Imom) deb ataladigan, istiqlol tufayli obod maskanga aylangan tabarruk go’shasi ul zotga nisbatan chuqur ehtirom namu-nasidir.

Download 27,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish