Polimer idishlarni ishlab chiqarish. Zamonaviy texnologik liniyalarda sanitariya-gigiena va ekolog talablar hisobga olinib quyidagi operatsiyalardan iborat bo‘ladi:
-Polimer idishga ishlov berish;
-Idishni ishlab chiqarish;
-Tayyor mahsulotning sifatini nazorat qilish.
-Qadoqlash sohasida quyidagi omillar hisobga olinishi kerak:
-Qadoq idishining dizayni;
-Guruhli qadoqlashda ishlatish mumkinligi;
-Qadoqlash idishlarining standartga mosligi;
-Qadoq idishining narxi;
-Qadoq idishi tayyorlash uchun material;
-Qadoq idishining o‘lchamlari va shakli;
-Qadoq idishining markirovkasi;
-Kombinatsiyalashgan qadoqlashda ishlatish mumkinligi;
-Qadoq idishining firmaning ma’lum bozorda o‘z o‘rnini topishidagi roli;
-Qadoq dishining ekologik ko‘rsatkichlari.
Qadoqlash har qanday bosqichda – tayyorlashdan utilizatsiyagacha iloji boricha kam harajat va ko‘proq mexnat sarfini iqtisod qilinishi kerak.
Polimer idishlarni ishlab chiqarishning quyidagi texnologik usullari mavjud: quyma (injeksion) qoliplash usuli garnula yoki kukun holidagi polimer material quyish mashinasining bunkeriga joylanadi va undan shnek orqali qizdiriladiganssilindrga o‘tib qattiq holatdan eritma holiga o‘tadi. Polimer eritmasining kerakli hajmga kelganidan so‘ng quyma qolipining ostidan sovitilib kerakli shaklga keltiriladi. Plimer eritmasi shaklining to‘ldirilgan qismi bosim ostida biroz muddat tutib turiladi va sovitiladi. Keyin quyma qolipi ochiladi, tayyor mahsulot olinadi va shakl berishssikli takrorlanadi.
Ushbu usul boshqa usullarga nisbatan qator afzallimklarga ega: yuqori unumdorlik, olib boriladigan jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtrishning yuqori darajadaligi, mahsulotlarni qoliplash uchun zagotovka olish bosqichining yo‘qligi, katta bo‘lmagan chiqitlarning chiqishi, amalda berilgan har qanday qalinlikdagi devorda mahsulotlarniga shakl berish imkoniyati mavjudligi.
Kamchiliklariga yopiq turdagi idishlarni (butilka, kanistr va b) va katta gabaritli mahsulotlarni qoliplash imkoni yo‘qligidir.
Ushbu usulda yashiklar, tagliklar, lotoklar, tiqinlab berkitiladigan vositalar va boshqalar ishlab chiqariladi.
ekstruzion va injeksion-puflab qoliplash usulida ganula yoki kukun holidagi polimer materialidan maxsus mashina ekstruder yordamida trubasimon zagotovkaning yarmi chiqadi. Tayyor yarim shakllar maxsus ishlov berilib, tayyor mahsulot holiga keltiraladi. Sovitilgach yarim shakllar echib olinadi vassikl davom ettiriladi.
Afzalligi: texnologiyaning soddaligi va qoliplash jarayonini butunlay avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi, yuqori unumdorlik, bir vaqtning o‘zida ichiga mahsulotni joylab qadoqlash, tiqin tiqish, idishni yorliqlash imkoniyati mavjudligi, texnologik qurilmalar va shakl beruvchi asbob-uskunalarning nisbatan arzonligi.
Usulning kamchiligi: bu usulni amalga oshirishning ikki bosqichda olib borilishi, tayyor mahsulot biridan qalinligining har xilligi bilan ajralib turishi, texnologik chiqitlarning chiqishi.
Ushbu usulda puflangan yarim mahsulotlar (banalar, butilkalar, kanistrlar va b.) ishlab chiqariladi.
pnevmo (havo) va vakuumli qoliplash usulida tekis (listli yoki plyonkali) zagatovka qizdirgich yordamida ma’lum haroratgacha qizdiriladi, so‘ngra zagatovka yuzasida hosil qilingan bosim ta’siri ostida idish shakliga keltiriladi.
Afzalligi: katta gabarili idishlar tayyorlash ikoni mavjudligi, texnologiyaning oddiyligi, nisbatan arzonligi.
Kamchiligi: ish unumdorligining pastligi, yordamchi texnolgik operatsiyalarning mavjudligi, texnologik chiqitlarning ko‘pligi.
mexanik-issiqlik bilan qoliplash usuli pnevmo va vakuumli qoliplash usulidan faqat tekis zagotovkalardan idishlar tayyorlani bilan farq qiladi. Ushbu usul vakuumli shakl beruvchi mashinalarda, maxsus shtamplovchi qurilmalarda va rulonli materiallardan idish ishlab chiqaradigan liniyalarda qo‘llaniladi.
Afzalligi: ushbu usulda qurilmalar yuqori tezlikda harakatlanib, rulonli materiallar minutiga bir necha o‘nlab metr, donalab ishlab chiqarishda soatiga bir necha o‘n ming donalab ishlab chiqarishi mumkin.
Kamchiligi: Listli yoki rulonli materialning bor-yo‘qligiga bog‘liqligi, nisbatan ko‘p miqdorda chiqitlarning chiqishi, olingan mahsulotlarning turli qalinlikda chiqishi.
Ushbu usulda qutilar, stakanchalar, lotoklar, korrekslar va boshqa mahsulotlar olinadi.
Listli va plyonkali materiallarni olishning ekstruzion texnologiyalari.Ushbu usul polimer plyonkalar ishlab chiqarishda qo‘lllanilib, ektruzion texnologiyalarga asoslanadi. Bu texnologiyaning ikki turi mavjud: ichaksimon plyonkaar ishlab chiqarish texnologiyasi va plyonka olishning tekis sirg‘aluvchan usuli. Ushbu texnologiyalar bir qavatli va ko‘p qatlamli polimer plyonkalarini ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Plyonkalar qatlamlari bo‘yicha bir qatlamli va ko‘p qatlamli turlarga bo‘linadi, metarialining turiga ko‘ra esa bir turdagi xomashyodan (polmerlardan) va kombinirlangan xom ashyodan (polimerQqog‘oz yoki, folga yoki gazlama bilan) tayyorlangan plyonkalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |