Qadimgi Xitoy haqida manbalar. Qadimgi Xitoy tarixiga oid juda ko‘p aniq davrlashtirilgan
yozma yodgorliklar mavjud. Bu bizgacha kitob holida yetib kelgan tarixiy asarlardir.
Yozma manbalar ichida qadimgi Xitoy yilnomalari eng avvalo Lu podsholigi davrida tuzilgan
er. avv. VIII-V asrlar voqealari yoritilgan «Chunsyu» yilnomasi muhim ahamiyatga ega. «Chunsyu» matni
bilan an'anaviy ravishda uning muallifi qadimgi Xitoy faylasufi Konfutsiya nomi bog`lanadi.
Yilnomalar bilan yaqin bog`langan eng avvalo, «Shan-shu» («Shiszin»-qo‘shiqlar kitobi) nomli
kitob va boshqa qadimgi Xitoy tarixiy asarlari janridir. Bu asarlarda hukmdorlar va ularning yaqinlarining
so‘zlari mavjud. Bizgacha yetib kelgan «Shan-shu» matni qismlarigina haqiqiy deb hisoblash mumkin.
Chunki bu manbaning ba'zi boblari keyingi davrlarga oid.
Eramizdan avvalgi I asrda qadimgi Xitoyda yangi tarixiy asarlar paydo bo‘ldi. Bu asarlar Xitoy
tarixnavisligida katta o‘rin tutadi. Ana shunday asarlardan biri Sima Syanning (er. avv. 105-90 yillar)
«Tarixiy yozishmalar»i edi. Bu asar qadimgi Xitoy ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayoti to‘g`risida boy
ma'lumotlar beradi. Sima Syan tarixiy voqealarni bayon qilishda kishilar faoliyatini bayon qilish usulini
tanlaydi.
Sima Syanning tarixnavislik usulidan «Xan tarixi» muallifi Gu Garbiy Xan (er.avv. 206 yil)
sulolasinining tarixini yozishda foydalanadi. Ban Gu Xitoy tarixnavisligining yangi «sulolalar tarixi»
nomini olgan janr asoschisi bo‘lgan.
Xitoy tarixini arxeologik o`rganishda amalga oshirilgan ishlar muhim ahamiyatga ega.
Arxeologik qazishmalar natijasida ilk Shan davriga oid Ermitou shahri, Chansha yaqinida boy qabrlar (er.
avv. III asr) topilgan.
An'anaviy Xitoy tarixnavisligida ikki o‘ziga xos xususiyat:
- Xitoy madaniyatining boshqa qo‘shni madaniyatlardan ustunligi;
- Xitoy davlatchiligini kelib chiqishini afsonalarga boglab o‘ta qadimiylashtirish ajralib turadi.
Xitoy tarixini o‘rganishni o‘rta asrlarda Yapon olimlari boshlab berdilar. Yaponiyada Xitoy tarixini
barcha davrlari o‘rganildi. Mashhur xitoyshunos olim Kaydzuka Sigeki Qadimgi Xitoy davlatlarini
shakllanishiga oid kapital tadqiqotlar muallifi hisoblanadi.
3
www.ziyonet.uz
4
O‘zbekiston Respublikasi Ensiklopediyasi. – Toshkent, Sharq, 2000-2004. – B. 127-132
5
Ashirov.A. Etnologiya. –T.: Yangi Nashr,
2014. – B.335.
6
Yevropada Xitoy tarixini o‘rganishda fransuz tadqiqotchilari katta yutuqqa erishdilar. XX asr
boshlarida E. Shavann «Sima Syanning «Tarixiy yozishmalar»»ni tarjima qila boshladi. Mashhur
sharqshunos olim fransuz A. Maspero «Qadimgi Xitoy» nomli kapital asarini yaratdi.
AQShda XX asrning 60-yillari oxirida «Qadimgi Xitoy tarixini o‘rganish» xalqaro jamiyati tashkil
topdi. AQShda Xitoy tarixini kelib chiqishi Xitoydan bo‘lgan olimlar o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |