Mavzu: Qadimgi qaxramonlik eposining yunon manbalari orqali yetib kelgan namunalari. “To’maris”, “Shiroq” afsonalari. Bajardi



Download 1,29 Mb.
bet5/8
Sana17.09.2021
Hajmi1,29 Mb.
#176691
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qadimgi qaxramonlik eposining yunon manbalari orqali yetib kelgan

Asosiy ijtimoiy-siyosiy voqealar.

Gеkatеy ko’rsatishicha, milоddan avvalgi VI asrda хоrazmiylar  parfyanlardan  sharqda yashaganlar. Strabоn Хоrasmiylarni etnik jihatdan “sak va massagetlar”ga mansubligini ko’rsatadi. O’zbekiston hududi ham Eron,  Hindiston,  Mesopotamiya, Yunoniston,  Rim, Misr va Xitoy singari mamlakatlar kabi ilk madaniyat  o’choqlaridan hisoblanadi. Lekin, uning qadimiy madaniyati haqida ma'lumotlar juda kam saqlanib qolgan. Biz yurtimizning faqat miloddan avvalgi VI asrlardan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida ma'lum darajada yozma ma'lumotlarga egamiz. Eron, Hindiston va ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim manbalarida saqlangan ma'lumotlarga qaraganda qadim zamonlarda hozirgi O’zbekiston hududida istiqomat qilgan sak, massaget va boshqa qabilalar urug’chilik tuzumini boshdan kechirganlar, chorvachilik, qisman dehqonchilik hamda hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Miloddan avvalgi VI asrda yurtimiz Ahamoniylar davlati (miloddan avvalgi 550-330-yillar) asoratiga tushib qoldi. Ana shu davrda bu yerda istiqomat qilgan xalqlar hayotida muhim ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Urug’ jamoalari orasida tabaqalanish boshlandi: yangidan paydo bo’lgan urug’ aslzodalari serunum yerlarni egallab oldilar, qul mehnatidan foydalanish hamda erkin jamoa a'zolariga zulm qilish yo’li bilan boyib bordilar. Shu tariqa jamiyatning tabaqalanish jarayoni kuchaydi va quldorlik jamiyati paydo bo’ldi. Bu davrning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, miloddan avvalgi VII asrda yurtimiz hududida, masalan Balx va Xorazmda otashparastlik -zardushtlik dini paydo bo’ldi va keng tarqaldi. Ahamoniylar va ularning mahalliy noiblari baribir aholini to’la itoatda tutib tura olmadilar. Xalqimizning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi kuchaydi. Natijada miloddan avvalgi VI asr o’rtalariga kelib Xorazm mustaqillikni qo’lga kiritib oldi. Sak va massagetlar ham o’z ozodligi uchun tinmay kurash olib bordilar. Eron huktndorlari bilan yurtimiz xalqlari o’rtasida uzluksiz davom etgan urushlar Ahamoniylar davlatini kuchsizlantirdi va Eronning Iskandar Zulqarnayn (miloddan avvalgi 336-323-yy.) tarafidan bosib olinishini birmuncha osonlashtirdi. Iskandar Zulqarnaynning yurishlari (miloddan avvalgi 334-324-yy.) yurtimiz ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga ta'sir ko’rsatdi: katta yer egalari bo’lmish mahalliy aslzodalarning mavqei yanada mustahkamlandi. Ma'lumki, Iskandar Zulqarnayn vafotidan (miloddan avvalgi 323-yil 13-iyun) ma'lum vaqt (taxminan 75 yil) o’tgach, uning ulkan saltanati mayda-mayda davlatlarga bo’linib ketdi. Miloddan avvalgi taxminan 250-yili Buyuk Makedoniya saltanatining Baqtriyadagi noibi Diodot mustaqillik e'lon qildi va Yunon-Baqtriya davlatiga asos soldi. Bu davlat tarkibiga Sirdaryo bilan Ind daryosi yuqori oqimlarigacha bo’lgan yerlar va xalqlar qarar edi. Hozirgi Turkmanistonning janubiy tumanlari ham mustaqillikka erishdi. Bu yerlar hokimiyat tepasiga nufuzli Arshakiylar urug’ining boshliqlari o’tqizildi. Miloddan avvalgi 190-yili Magnesiya (Lidiyaning qadimiy shaharlaridan, Turkiyaning hozirgi Manisiya shahri o’rnida bo’lgan) yonida bo’lgan janglarda Rim qo’shinlari Buyuk Antiox (miloddan avvalgi 242-187-yy.) qo’shinlarini tor-mor keltirib, Salavkiylar hukmronligiga qaqshatqich zarba berdilar. Bu hol Yunon-Baqtriya, ayniqsa Parfiyaning kuchayishiga yo'1 ochib berdi. Miloddan avvalgi II asrning 40-yilIarida Parfiya butun Eron va Mesopotamiyaning katta qismini o’ziga qaratib olib, yirik quldor davlatga aylandi. Poytaxt Ekbatana (Hamadon)dan Evfrat bo’yiariga, hozirgi Bag’dod yonida joylashgan Ktesifonga ko’chirildi. Taxminan o’sha vaqtlarda Yunon-Baqtriya davlati ham o’z chegaralarini birmuncha kengaytirib oldi. Evtidern, Demetriy va Evkradit zamonida So’g’diyona, Baqtriya, Araxosiya (hozirgi Afg’onistonning g’arbiy qismini o’z ichiga olgan hudud) va Ariya (hozirgi Afg’onistonning markaziy qismi), boshqacha so’z bilan aytganda hozirgi O’zbekiston, Tojikiston, Eronning sharqiy qismi hamda Afg’onistonning katta qismi Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirar edi. Lekin, Yunon-Baqtriyaning ichki ahvoli u qadar mustahkam emas edi. Mahalliy xalq bilan yunon-makedoniyalik hokimlar o’rtasidagi ziddiyat tobora chuqurlashib bordi, chet el bosqinchilariga qarshi qo’zg’olonlar kuchaydi. 

Xalq harakati, ayniqsa, So’g’diyonada keskin tus oldi. Natijada miloddan avvalgi II asr oxirlari va I asr boshlarida So’g’diyona mustaqillikni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi. Yunon-Baqtriya imperiyasining boshqa o’lkalarida ham mustaqillik uchun kurash kuchaydi. Qadimdan Shimoliy Xitoyda istiqomat qilib kelgan xunnlar miloddin avvalgi II asr oxirlarida xitoylar tazyiqi ostida g’arbga qarab chekinishga majbur bo’ldilar va Sharqiy Turkiston hamda Yettisuv vohasida ko’chib yurgan skif (xitoy manbalarida yuechji, antik adabiyotda toxarlar nomi bilan mashhur) va usun qabilalarini surib chiqardilar. Oqibatda yuechji (toxar) va usunlar So’g’diyona va Baqtriya hududiga ko’chib o’tdilar va bu yerda sak va boshqa mahalliy qabilalar bilan qo’shilib, avval So’g’d, milodning taxminan 128-yili Yunon-Baqtriya davlatiga qaram boshqa o’lkalarni ham to Ind daryosigacha istilo qilishga muvaffaq bo’ldilar. Shunday qilib, Yunon-Baqtriya davlati o’rnida yuechjilar (toxarlar) davlati tashkil topti. Bu davlat tarixda Kushonlar davlati nomi bilan mashhurdir. Kushonlar davlatiga hozirgi O’zbekistonning katta qismi, Afg’oniston, Shimoliy Hindiston va Pokistonning shimoli-g’arbiy qismi qaragan bo’lib, ayniqsa Kanishka va uning taxt vorisi Xuvishka hukmronlik qilgan yillari kuchaydi. Lekin, milodning II asri o’rtalarida bu davlatning ham inqirozi boshlandi va IV asrga kelib mayda davlatlarga bo’linib ketdi. Yurtimiz hududida hukm surgan qadimiy davlatlardan yana biri -Qang’ va Farg’ona (Parkana)dir.

Qang’ davlati tarkibiga Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on, Toshkent viloyati va Xorazmning shimoliy qismi kirgan. Davlat tepasida jabg’u (xitoy manbalarida chaovu) turgan. Miloddan avvalgi II-I asrlarda Farg’onada ham mustaqil davlat bo’lgan. Xitoy manbalarida keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, Farg’onada hunarmandchilik, ayniqsa dehqonchilik rivoj topgan qadimiy mamlakat bo’lib, uning 70 ga yaqin katta-kichik shaharlari Kuba-Quva, Gaushan-O’zgan, Ershi - Marhamat, Go’y-Shan - Koson va boshqalar bo’lgan. 

Mahalliy xalq dehqonchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullangan,  arpa,  bug;doy,  sholi, beda,  uzum,  anor,  poliz ekinlari va boshqalami yetishtirgan. Yillar orasida Xitoy qo’shinlari Farg’onaga ikki marta bostirib kirdilar. Birinchi yurish 104-yili xitoy qo’shinlarining tor-mor keltirilishi bilan tugadi. Ikkinchi marta 101-yili 60 000 kishilik xitoy qo’shini Farg’onaning yirik shaharlaridan Ershini (hozirgi Andijon viloyatiga qarashli Marhamat qishlog’i  o’rnida bo’lgan) qamal qildilar.

 Lekin,  shaharni ola olmadilar.  Sulh tuzib va ozgina o’lpon ,  3000  bosh ot olib qaytib ketishga majbur bo’ldilar.


  1. To’maris” afsonasi haqida qisqacha malumot.


Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish