Mavzu: pulning mohiyati va nomoyon


Pul - jamg`arma to`plash vositasi



Download 417,78 Kb.
bet4/5
Sana12.07.2022
Hajmi417,78 Kb.
#783118
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu pulning mohiyati va nomoyon

Pul - jamg`arma to`plash vositasi
Kishilarning olgan daromadlari qilgan sarf-harajatlaridan ko`p bo`lsa, daromadning qolgan qismini jamg`arib borishlariga imkoniyat tug`iladi. Ular o`z jamg`armalari hisobidan turli moddiy boyliklar (kvartira, dala hovli, avtomashina yoki uy jihozlari) sotib olishlari, to`y-ma`raka qilishlari, sayohatga borishlari, davolanishlari mumkin.
Agar tovar ishlab chiqaruvchi tovarni sotgandan so`ng, ma`lum muddat davomida boshqa tovar sotib olmasa, pul jamg`armaga aylanadi, ya`ni harakatdan ma`lum muddatga chetga chiqadi va bo`sh turib qoladi.
Pulning jamg`arma va boylik to`plash vositasi bo`lishiga asosiy sabab, unga hohlagan vaqtda, juda tez fursatda hohlagan tovarni sotib olish, uni har qanday to`lovni to`lashga ishlatish mumkin. Pul boylik jamg`arishning eng qulay vositasi hisoblanadi, chunki u yuqori likvidlik darajasiga ega. Kishilar o`z boyliklarini pulda emas, balki boshqa shakllarda, masalan, oltin, qimmatbaho metallar va toshlar, san`at asarlari, noyob buyumlar, uy-joy, yer, mashina, asbob-uskuna, davlat yoki korxonalarning qimmatli qog`ozlari va boshqalarda mujassamlashtirishlari mumkin. Ammo ularni pulga aylantirmasdan turib, boshqa maqsadlarda sarflab bo`lmaydi.
Kimdir o`z pulini uyida, kimdir esa bankda saqlaydi. Pul mablag`larini banklarda omonatlar shaklida saqlashning qulayliklari quyidagilardan iborat:
- ishonchli va behavotir saqlanadi;
- ishlab chiqarishga sarflash va iqtisodiyotni rivoj-lantirishga imkoniyat yaratiladi;
- foiz ko`rinishida daromad keltiradi, ya`ni o`z-o`zidan ko`payib boradi.
Qog'oz pullar
Qog'oz pullarning muomalaga kiritilishi jamiyatda Ijtimoiy iqtisodiy voqelik bo'lib, ushbu jarayon o'zi bilan birgalikda qator muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolaming asosiysi infulyatsiya hisoblanadi. Qog'oz pullarining muomalaga chiqarilishi natijasida infulyatsiya muammosi paydo bo'lishinining asosiy sabablaridan biri, ushbu pullar haqiqiy qiymatga ega bo'lmagan, ya'ni haqiqiy pullarning o'rinbosarlari hisoblanadi.
Qog'oz pullarda aks ettirilgan nominal qiymati ularning haqiqatdagi qiymatidan juda yuqoridir. Chunki qog'oz pullarning haqiqiy qiymati juda past. Ularni qaytarilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida, oltin tangalarni saqlovchilar va oltinni saqlashga beruvchilar o'rtasida o'zaro munosabatlar natijiasida qog'oz pullarni muomlaga chiqarish bilan bog'liq jarayonni qisqacha bayon etmoqchirniz.
Ushbu jarayon Yevropaning ayrim mamlakatlari va AQSH amaliyotida qog'oz pullarning kirib kelish tajribasida ro'y bergan. Chunki, ushbu mamlakatarda qog'oz pullar Xitoy, Turkiston, Rossiya malakatlaridan keyin muomalaga kiritilgan bo'lsada, oltin tangalarni muomaladan chiqib ketishi natijasida ularning o'rniga qog'oz pullarni kirib kelishi stixiyali tarzda ro'y bergan.
Manbalarga ko'ra, dastlabki qog'oz pullar Xitoy, Turkiston va Rossiyada davlati tomonidan muomalaga chiqarilgan. Jamiyatda tovar - pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi natijasida, kishilar o'rtasida ayirboshlash hajmi misli ko'rilmagan darajada o'sib bordi. Bu jarayon oltinlarni saqlash va ularning xavfsizligini ta'rninlash borasida qator muammolarni keltirib chiqara boshladi. Bularni bartaraf etish maqsadida oltinlarni saqlab berish evaziga daromad oluvchilar paydo bo'ldi.
O'z navbatida, sotuvchi ushbu tilxatlarni to'lov vositasi sifatida qabul qildi, zarur hollarda ushbu tilxat asosida oltin saqlovchidan kerakli miqdordagi oltinlarni oldi, yoki uchinchi shaxsga to'iov vositasi sifatida o'tkazib yubordi. Shu tariqa muomalada qog'oz pullar paydo bo'ldi. Bu jarayon shu darajada rivojlanib ketdiki, barcha taniqli va yetarli darajada ishonchga ega bo'lgan olin saqlovchiiarning tilxatlari muomalada to'lov vositasini bajara boshladi.
Dastlab muomalaga chiqarilgan qog'oz pullar to'lig'icha oltin bilan ta'minlangan edi. Keyinchalik esa oltin saqlovchining kasodga uchrashi, yoki odamlarning ishonchini suv iste'mol qilishi natijasida muomalada ta'minlanmagan qog'oz pullar paydo bo'la boshladi. Natijada ushbu pullar oltin saqlovchilarga taqdim etilganda ular buning evaziga oltin tangalar berishdan bosh tortdi.
Bularning barchasi mamlakatda pul muomalasini izdan chiqishi oqibatida xo'jalik yuritish va hisob-kitoblarni amalga oshirishda tanazulliklarni keltirib chiqardi. Aynan shu jarayonda davlat qog'oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya qilishni o'z qo'liga oidi. Buning uchun alohida davlat banki, ya'ni Markaziy bankni tashkil etdi, unga muomalaga qog'oz pullarni chiqarish, pul muomalasini tartibga solish vazifalari yuklatildi.
Tijorat banklari esa muomalga naqd pullarni emissiya qilish huquqidan mahrum etilib, mijozlarga bank xizmatlarini ko'rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi. Angliyada qog'oz pullar 1817-1843-yillarda tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan, 1813-yilda Angliya Banki o'z banknotasini muomalaga chiqardi. 1844-yildan boshlab esa tijorat banklariga pulni emissiya qilish bekor qilindi va R. Pilning qonuniga asosan Angliya Bankining emissiya huquqi joriy etildi.
Qog'oz pullar ta'minlanmagan, asl qiymatga ega pullar bo'lmaganligi sababli ayrim davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar dastlabki davrlarda to'lov vositasi sifatida hisob-kitoblarda keng qo'llanilishida muammolarga uchrab turgan. Buning oldini olish maqsadida og'ir choralar qo'llanilgan. Masalan, Xitoyda qog'oz pulning o'ziga uni to'lov vositasi sifatida qabul qilmagan shaxsning boshi kesilishi qayd etilgan, Fransiyada 25 yil qamoq jazosi, bazi hollarda o'lim jazosi ham qo'llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog'oz pullarni to'lov vositasi sifatida qabul qilmagan kishilarni davlatga qarshi xiyonat darajasigacha olib chiqilgan.
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog'oz pullar bevosita va bilvosita ta'minlangan edi. Bevosita ta'minlangani oltin tangalar bilan, davlatning soliqlarni va boshqa majburiy to'lovlarni shu qog'oz pullarda qabul qilishi bilvosita ta'minlanganligi sifatida belgilab qo'yildi. Iqtisodiy adabiyotlarda «emissiya qilish» va «muomalaga pul chiqarish» tarzidagi ma'nosi bir - biriga yaqin bo'lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz. Biroq bu ikki iqtisodiy termin ma'nosi va iqtisodiyotga ta'siri jihatidan bir - biridan tubdan farq qiladi.
Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul massasining hajmini oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki amalga oshiradi. Muomalaga naqd pullarni chiqarish esa mavjud pul massasi hajmini o'zgartirmagan holda tijorat banklari tomonidan amalga oshiradi. Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro'y berganda davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar davlatning topshirig'i bilan muomalaga chiqariladigan qo'shimcha pul emissiyasi orqali hal etilar edi, bu, o'z navbatida, qog'oz pullarning qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi. Shuning uchun ham qog'oz pullar asl qiymatga ega bo'lmagan, o'rinbosar pullar hisoblanib, ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli nazoratni amalga oshirishni talab etadi.



Banknota – kredit pullarining yetakchi turlaridan bo’lib, Markaziy banklar tomonidan veksellarni hisobga olish yo`li bilan chiqarilgan. Banknotlar dastlab, XVII asr oxirlarida chiqarilgan bo`lib, u paytda banknotni hohlagan vaqtda bankga topshirib, o`rniga unda ko`rsatilgan summaga muvofiq oltin yoki kumush olish mumkin bo`lgan. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Germaniya, Rossiya va AQSH da banknotlarni oltin bilan ta`minlanganligi 30-50%ni tashkil etgan. Bugunga kelib hech qaysi mamlakatda banknotlar oltin yoki kumush bilan ta`minlanmagan. Hozirda mamlakatlarning markaziy emissiya banklari qatiy belgilangan nominalga ega bo`lgan banknotlarni muomalaga chiqarmoqdalar. Bu banknotlar mamlakatda milliy pul birligi bo`lib hisoblanadi. Xususan, O`zbekiston Markaziy banki ham muomalaga turli nominalga ega bo’lgan banknotlarni chiqargan. Masalan:


Cheklar–dastlab 1683 yilda Angliyada qo`llanila boshlagan. Chek mijozning o`z bankiga unda ko`rsatilgan mablag`ni naqd pulda berilishi yoki boshqa hisob raqamiga (schyotiga) o`tkazilishi to`g`risidagi buyrug`idir. Chekning quyidagi turlari mavjud:


- muayyan bir shaxs nomiga yozilgan chek;
- orderli chek;
- ko`rsatuvchiga beriladigan chek;
- hisob-kitob cheki; -akseptlangan chek va boshqalar .
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam,pulning paydo bo‘lishi turli xil bosqichlarni bosib o‘tgan ekan.Bu bosqichlarda pulning roli asta sekinlik bilan orta boshlagan va u mamlakat iqtisodiyoti asosini tashkil qilgan.
Dastlab o‘tgan zamonlarda aholi tomonidan pul va uning ekvivalentlari paydo bo‘lmasdan avval ,ular o‘zlarida mavjud buyumlar ya’ni ish qurollari,o‘zlarining iste’molidan ortib qolgan mahsulotlarni qolganlar bilan o‘zlariga kerak bo‘lgan narsalarga almashishgan.Lekin vaqt o‘tgan sayin bu jarayonlar bir muncha qiyinchiliklar keltirib chiqargan va natijada aholi boshqa yo‘llarni izlay boshlashgan.Va shundan keyin dastlab oltin tangalar,keyinchalik qog‘oz pullar paydo boshlagan.
Hayot tarzi rivojlangan sari pulning roli va uning bajaradigan funksiyalari olimlar tomonidan e’tirof etila boshlangan.Uning muomala vositasi,qiymat o‘lchovi vositasi,to‘lov vositasi va jamg‘arma funksiyalari pulning moxiyatini yanada ochib bergan.
Muomala va to’lov vositasi funksiyalarining amalga oshirilishi natijasida pulning jamg’arma vositasi funksiyalarining bajarilishiga zamin yaratiladi . Muomala vositasining bajarilishidan qolgan pullar yoki muomalada b’lmagan pullar jamg’armaga yo’naltirilishi mumkin. Tolov vositasi funksiyasi yordamida shakillangan , iste’mol uchun yo’naltirilgan mablag’lar jamg’arilishi mumkin . Jismoniy shaxslar ehtiyoji va iste’molidan ortiqcha pul mablag’larini qo’llarida yoki banklar va boshqa kredit muassasalarida jamg’arishlari mumkin bo’lsa, yuridik shaxslar ehtiyojidan ortiqcha pul mablag’larini o’zlarining banklaridagi hisobraqamlarida jamg’arishlari mumkin .
Xulosa qilib aytganda , pulning barcha funksiyalari bir – biri bilan uzviy bo’liq va ular bir – birini to’ldiradi . Pulning funksiyalri aynan shunday uzviy bog’liqligi va bir birini to’ldirishi pul muomalasining barqarorligi va samarasini ta’minlashga sharoit yaratadi .

Download 417,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish