1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida M2 pul agregatining tarkibi, foizda
|
01.01.2016y.
|
01.01.2017y.
|
01.01.2018y.
|
Muomaladagi naqd pullar
|
25,2
|
25,3
|
26,6
|
Milliy valyutadagi depozitlar
|
60,5
|
57,9
|
38,3
|
Xorijiy valyutadagi depozitlar
|
14,3
|
16,8
|
35,1
|
M2 pul agregati – jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Manba: Pul agregatlari dinamikasi: www.cbu.uz.
Fikrimizcha, Xansenning pul taklifini cheklash yo‘li bilan inflyasiyaga qarshi kurashish muammosini hal qilib bo‘lmasligi to‘g‘risidagi xulosasi respublikamiz amaliyoti uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy bosqichida pul-kredit siyosati, byudjet siyosati va fiskal siyosat o‘rtasidagi mutanosiblik ta’minlanmagan. Xususan, Markaziy bank tomonidan inflyasiya darajasini pasaytirishga qaratilgan siyosat olib borilayotgan hozirgi sharoitda qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ining stavkalari yuqoriligicha qolmoqda. Holbuki, egri soliqlar mahsulotlar va xizmatlarning bahosida hisobga olinadi va Shu sababli, ularning stavkalarini yuqori ekanligi tovarlar va xizmatlar baholarining oshishiga olib keladi.
Shuningdek, Hukumat qimmatli qog‘ozlarini mavjud emasligi Markaziy banka ochiq bozor operatsiyalari orqali mamlakatning bank tizimida yuzaga keladigan ortiqcha likvidlilikni olib qo‘yish imkonini bermaydi. Buning ustiga, Davlat byudjeti xarajatlarini oshirish yo‘li bilan tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini pasaytirish imkoniyatidan ham foydalanila olayotgani yo‘q.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Xarrodning pul-kredit siyosati va moliya siyosati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash xususidagi xulosasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xarrod tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalari ko‘rsatdiki, pul-kredit va moliya siyosati jamg‘arma me’yorini o‘zgartirishga xizmat ko‘rsatadi. Bundan maqsad – iqtisodiyot o‘sishining potensial imkoniyatlariga muvofiq ravishda to‘liq bandlik va barqaror o‘sishni ta’minlashdir. Xarrod iqtisodiy fanga birinchi bo‘lib tabiiy va kafolatlangan iqtisodiy o‘sish sur’atlari tuShunchalarini kiritdi. Iqtisodiyotning tabiiy o‘sishi daromadlarning dinamikasi va jamg‘arishga moyillikka bog‘liq ravishda shakllanadi. Iqtisodiyotning kafolatlangan o‘sishi esa, davlat tomonidan jamg‘arma me’yorini tartibga solish vainvestitsiyalarda bevosita davlatning ishtirok etishi natijasida ta’minlanadi.
Xarrod xulosalarining O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim amaliy jihati Shundaki, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida iqtisodiy o‘sishning tabiiy va kafolatlangan sur’atlari o‘rtasidagi mutanosiblik ta’minlanmagan. YA’ni, 2017 yilning 5 sentyabridan boshlab, respublikamizda valyuta siyosatini liberallashtirishning boshlanishi bilan milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanish sur’ati qariyb ikki martani tashkil etdi. Bu esa, investitsiya me’yorini pasayish xavfini yuzaga keltirdi va iqtisodiyotning kafolatlangan tarzda o‘sishini ta’minlashga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, milliy valyuta-so‘mning muomalaga kiritilgan vaqtdan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda qadrsizlanish sur’atining nihoyatda yuqori bo‘lganligi xorijlik investorlar oladigan daromadlarning real qiymatini sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Shu jihatdan olganda, milliy valyutaning devalvatsiya darajasi investitsiyalar oqimiga va Shu orqali makroiqtisodiy o‘sish sur’atlarining barqarorligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirdi.
Xarrodning fikriga ko‘ra, jamg‘arma me’yorini tartibga solishning eng yaxshi instrumenti bo‘lib, moliya siyosati hisoblanadi. Davlat o‘zining fuqarolariga qanchalik ko‘p ijtimoiy kafolatlar bersa, odatda, jamg‘arma me’yori Shunchalik past bo‘ladi. Pul siyosati esa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni banklar tomonidan kreditlash jarayonini qo‘llab-quvvatlash yoki cheklashga qaratiladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida tijorat banklarining depozit bazasini mustahkamlash, kapitallaShuv darajasini oshirish, moliyaviy barqarorligini mustahkamlash yo‘li bilan ular tomonidan istiqbolli investitsiya loyihalarini hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hajmini oshirish vazifasi qo‘yilgan. Biroq, pul-kredit siyosatining tijorat banklarining kredit emissiyasini rag‘batlantirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim omillarning mavjudligi kuzatilmoqda. Ana Shunday omillardan biri – bu O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira talabnomalarining yuqori ekanligi hisoblanadi. Markaziy bank majburiy zaxira talabnomalarining yuqori ekanligi nafaqat tijorat banklarining kredit emissiyasini rag‘batlantirishga nisbatan, balki banklarning likvidliligiga nisbatan ham salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. Holbuki, majburiy zaxira ajratmalari summasi tijorat banklarining milliy valyutadagi “Nostro” vakillik hisobraqamidan olib qo‘yilmoqda.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda pul taklifini tartibga solishning ilmiy-nazariy qarashlarini tadqiq qilish natijalari quyidagi xulosalarni shakllantirish imkonini berdi:
birinchidan, hukumat va Markaziy bank, moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talab va ular taklifini boshqarish hamda ularning daromadliliga ta’sir etish orqali kapitalning maqbul daromad me’yoriga ta’sir etishlari mumkin;
ikkinchidan, Markaziy bank pul taklifini tartibga solish uchun etarli darajadagi imkoniyatlarga ega bo‘lib, inflyasiya sof pul fenomeni bo‘lganligi va ko‘p omilli jarayon emasligi sababli, pul massasini tartibga solish yo‘li bilan inflyasiyani jilovlashi mumkin;
uchinchidan, pul massasining yillik o‘sish sur’ati qat’iy ko‘rsatkich sifatida belgilab qo‘yilishi va mazkur ko‘rsatkichning bajarilishini Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi zarur;
to‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasida M2 pul agregatining pul-kredit siyosatining indikatori sifatida tanlanganligi uning tarkibida depozitlar miqdorining nisbatan katta ekanligi bilan izohlanadi.
Pul emissiyasi faqat Markaziy bank vakolatiga kirsada, tijorat banklari ham kredit berib pul taklifini ko‘paytirish qobiliyatiga ega.
Tijorat banklarining pul taklifini keltirib chiqarish imkoniyati majburiy zahira normasini belgilash orqali tartibga solib turiladi.
Umumiy pul taklifi nafaqat joriy hisoblardagi mablag‘lardan, balki aholi qo‘lidagi naqd pullardan ham tashkil topadi. Pul taklifi miqdori majburiy zahira normasi, deponentlash koefitsenti va pul bazasi miqdoriga bog‘liq.
Mahsulotlar bozoridagi kabi pul bozorida ham pulga bo‘lgan umumiy talab va taklif muvozanat nuqtada kesishadi. Mahsulotlar bozorida muvozanat nuqtani narxlar tengligi asoslasa, pul bozorida esa bunday tenglikni foiz stavkasi belgilaydi.
Ba’zilar raqamli iqtisodiyot nega kerak va nima beradi, deb o‘ylashi mumkin. Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tuShunish kerak emas. Albatta, Blokcheyn texnologiyasi, kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo‘lagi. Lekin raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tuShuniladi. Bunda, yashirin iqtisodiyotga barham berish vositasi sifatida ham qarash mumkin. CHunki birinchidan, barcha operatsiyalar elektron ro‘yxatdan o‘tilishiga, ikkinchidan shaffof bo‘lishiga erishiladi. Qolaversa, ishlab chiqarishda yangi IT texnologiyalar qo‘llanilishi tufayli mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayadi. YAna bir jihatga to‘xtalib o‘tish zarur. Prezidentimiz raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladi. Buning sababi O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlash bilan birga, aholi ilmini, qarashlarini zamon bilan hamnafas qilish, qolaversa, mamlakatimizning xalqaro maydonda integratsiyasini tezlashtirish va natijada O‘zbekistonni demokratik, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shishdan iboratdir.
Bu inqilobiy yondaShuv faqatgina buyuk iqtisodiy sakrashlar orqali xalqning turmush darajasini oshirish, aholi farovonligiga birinchi darajali masala sifatida qarash — haqiqiy xalqparvar etakchiga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |