2020 yilning dekabr oyida, foizda
|
2019 yilning dekabr oyida, foizda
|
Umumiy hisobda (2020 yil), foizda
|
|
Umumiy hisobda (2019 yil), foizda
|
|
|
|
Oziq-ovqat mahsulotlar
|
2,4
|
3,3
|
15,3
|
18,6
|
Nooziq-ovqat mahsulotlar
|
0,9
|
0,5
|
8,8
|
10,9
|
Xizmatlar
|
0,9
|
0,3
|
7,1
|
15,2
|
2020 yilning dekabr oyida kuzatilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari asosiy guruhlaridan boshqalarga nisbatan meva-sabzavot mahsulotlari (7,3%) narxlari sezilarli darajada qimmatlashdi. Tuxum narxlari oy davomida 3,5 foiz, yog‘-moy mahsulotlari 2,2 foiz, sut mahsulotlari 1,6 foiz, shakar, choy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari 1,4 foiz, go‘sht, parranda go‘shti va baliq 1,2 foizga ko‘tarildi. Umumiy ovqatlanish muassasalaridagi narxlar oy davomida 1,4 foiz, spirtli ichimliklar 1,1 foiz, alkogolsiz ichimliklar 0,4 foizga qimmatlashdi.
2019 yilning oxiriga nisbatan tuxum (37,6%), yog‘ va moylar (27,0%), go‘sht, parranda go‘shti va baliq (18,1%), shuningdek, non mahsulotlari (15,2%) narxlari sezilarli darajada qimmatlashganini ta’kidlamoqda Statistika qo‘mitasi.
2020 yilning dekabr oyida kuzatuvdagi nooziq-ovqat mahsulotlari asosiy guruhlari orasida narxlarning oy davomidagi o‘sishi bo‘yicha yetakchilik zargarlik buyumlari va avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlariga tegishli bo‘lib, narxlar o‘rtacha 2,5 foizga oshgan.
2019 yilning dekabrida nooziq-ovqat mahsulotlardan salmoq vazn jihatidan narxlarning oy davomidagi o‘sishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni zargarlik buyumlari (1,0%), shuningdek, kiyim-kechak va oyoq kiyim narxlari (0,7%) band etgan.
2020 yilning dekabr oyida tariflarning o‘sishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlar maishiy (2,0%) va tibbiy xizmatlar (1,9%) narxlariga tegishli bo‘ldi.
2019 yilning dekabr oyida pullik xizmatlar tariflarining oy davomida o‘rtacha 0,3% ga o‘sishida maishiy (1,0%) va tibbiy (0,5%) xizmatlar narxlari yetakchilik qilgan.
Elatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki 2020 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga o‘tdi. Inflyatsiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
2020 yilda inflyatsiya darajasi uchun 12, 5 foizli target o‘rnatilgan edi. Tepadagi rasmda ko‘rinib turganidek, o‘tgan yil uchun inflyatsiya darajasi 11−11,5 foiz prognoz qilingan.
Yuqoridagi ma'lumotlardan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, inflatsiya darajasi
Davlatlarning iqtisodiy rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Uning mo'tadil bo'lishi iqtisodiyot uchun katta havf tug'dirmaydi. Lekin inflatsiya yuqori sur'atlarda o'sib borsa, mamlakatlar anti inflatsion siyosatni qo'llay boshlaydi. Bu haqda keyingi rejamizda ma'lumot beramiz.Начало формы Uninu
Конец формы
Do'stlaringiz bilan baham: |