Mavzu: Pul muomilasining tuzilishi. Inflatsiya Reja Kirish


- eksport va import narxlar indeksi



Download 134 Kb.
bet6/11
Sana02.06.2022
Hajmi134 Kb.
#630132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pul muomilasining tuzilishi.Inflatsiya

- eksport va import narxlar indeksi.

Narxlar indeksidan foydalangan holda inflyatsiya sur’atini (IS) quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:


Inflatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablarga to'xtalishdan oldin uning turlarini qisqacha keltirib o'tsak.Inflyatsiya turlarini o'sish sur'ati bo'yicha ajratish eng keng tarqalgan malaka hisoblanadi:





Tovarlar bir-biriga mutanosib ravishda narx oshganda va muvozanatsiz bo'lib, ular narxlarda turli nisbatda o'sganda inflyatsiya muvozanatlanadi;


  • bashorat qilingan inflyatsiya, ya'ni. hokimiyat va xo'jalik yurituvchi subyektlarning kutganlarini qondiradigan va oldindan aytib bo'lmaydigan;


  • talab va xarajatlar inflyatsiyasi (taklif)




Talab inflatsiyasi. Bunda inflatsiyani pulning ko‘pligidan talabning ortishi yuzaga keltiradi, talab oshgan yerda esa narx qimmatlashadi. Talab inflatsiyasi pul emissiyasini yuzaga keltiradi.
Taklif inflatsiyasi. Bunda resurslar qimmatlashib, xarajatlar oshadi, foyda kamayib, tovarlarni ko‘paytirishga intilish susayadi, natijada taklif talabga nisbatan qisqarib narx o‘sadi. Talab inflatsiyasini xarajatlar inflatsiyasi, deb ham yuritiladi.
Endi inflatsiya sabablari haqida filr yuritsak. Inflatsiya yuz berganda hamma tovarlar narxi oshib, narxning umumiy darajasi yuqoriga ko‘tariladi. Natijada, pul birligining xarid qurbi kamayadi, muayyan tovarni sotib olish uchun oldingidan ko‘proq pul sarflanadi. Inflatsiya sharoitida pul keragidan ortib ketadi, ya’ni pul massasi tovar va xizmatlarga nisbatan ko‘p bo'ladi.Inflatsiya tovar-pul muvozanatining buzilganligini bildiradi Nega shunday hodisa yuz beradi, degan savol paydo bo‘ladi. Bunga javob inflatsiya sabablaridan kelib chiqadi. Bular quyidagicha:
1.Davlat o‘z xarajatlarini qoplash uchun pul emissiyasiga qo‘l uradi, ya’ni muomalaga qo‘shimcha pul chiqaradi, bu pul davlat buyurtmalari haqini to‘lash, budjet tashkilotlarida ish haqi to‘lash orqali muomaladagi pulga kelib qo‘shiladi va uning miqdorini ko‘paytirib yuboradi. Bunga misol keltiradigan bo'lsak muomalada 10 mlrd dollar pul bor edi, davlat 2 mlrd dollarni emissiya qilganidan pul massasi 12 mlrd dollarni tashkil etdi. Pulning ko‘payishiga javoban tovar va xizmatlar ko‘payib ulgurmaydi, bizning misolimizda ular 120 mlrd dollarligicha qoladi. Ortiqcha pul tovar bilan ta’minlanmaganligidan narx oshadi. Narxlarning ortishi pulning ko‘payishi hisobidan bo'lganda inflatsiyada pul fenomeni (hodisasi) yuzaga keladi. Emissiya tufayli inflatsiya yuz berganda inflatsion soliq undiriladi, ya’ni davlat o‘z xarajatlarini qo‘shimcha pul chiqarishi hisobidan qoplaydi. Pul ko‘payib narx oshadi, aholi puli qadrsizlanadi, davlat esa bundan yutadi. Demak, aholi davlatga ko‘zga ko‘rinmaydigan soliq to‘laydi. Agar odatdagi soliqlarni kishilar har xil to‘lashsa, inflatsion soliqni hamma puli borlar bir xil to'laydi. Ularni inflatsiyadan yo‘qotish ular pulidan soliq chegirishga o‘xshab ketadi.
2. Ishlab chiqarishning qisqarishi. Bunda pul massasi o‘zgarmaydi, lekin tovarlar hajmi qisqaradi. Natijada, pulning tovar bilan ta’minlanishi kamayadi, tovar defitsiti hosil bo‘lib narx oshadi, pul esa qadrsizlanadi. Yana misolimizni eslasak, ilgari tovarlar 120 mlrd dollarlik bo‘lsa, ishlab chiqarish qisqarganda, ular 110 mlrd dollarga tushib qoladi, pul massasi esa o‘zgarmaydi, u 12 mlrd bo‘lib, 10 marta oborot qiladi. Natijada 120=120 o‘rniga 110< 120, ya’ni 120> 110 hosil bo'ladi. Tovarlar yetishmagandan narxlar oshib pul qadrsizlanadi
3.Resurslar kamyobligidan ularga talab oshib, ularning narxi ko‘tariladi, bu o‘z navbatida xarajatlarni, binobarin narxni oshiradi. Buning natijasida, pul massasi o‘zgarmagan taqdirda ham pulning qadri pasayadi. Bunday hol ayniqsa, import qilinadigan xomashyo, materiallar va yoqilg‘i narxlari oshganda yuz beradi. Keyingi paytda neft narxining oshib ketishi neft importiga qaram mamlakatlarda narxning oshishiga sabab bo‘ldi. Resurslarning qimmatlashuvi mahsulotning birligiga ketgan ular sarfining oshishiga olib kelib, tayyor mahsulotlarning qimmatlashuviga sabab bo'ladi.
4.Valyuta zaxiralarining qadrsizlanishi. Biz bilamizki, valuta zaxiralari hisobidan importni ko‘paytirib, milliy pulning tovar bilan ta’minlanishini oshirish mumkin. Zaxira rolini o’tovchi valutalar qadrsizlansa, ularga chetdan olinadigan tovarlar miqdori qisqaradi, bunda importning qadrsizlanishi yuz beradi. Import qilingan tovarlar miqdori kamaygach, milliy pulning moddiy ta’minlanishi pasayadi, narxlar o‘sa boshlaydi. Valyuta zaxirasi xarid qurbi pasayishidan hosil bo‘lgan inflatsiyani import qilingan, ya’ni tashqaridan kirib kelgan inflatsiya, deb atashadi, chunki zaxirani tashkil etgan valuta o‘z mamlakatida inflatsiya tufayli qadrsizlanib, inflatsiyani bir mamlakatdan boshqa mamlakatga ko‘chiradi. Shunday hodisa o‘tgan asrning 70-yillarida yuz bergan. Rezerv (zaxira) valutasi hisoblangan AQSh dollarining kuchli inflatsiyaga duch kelishi valuta zaxirasi bor yerda importni qisqartirgan. Shu sababli bir qator Yevropa mamlakatlari zaxiralaridagi AQSh dollarini oltinga almashtirib berishni talab qilishgan. Har bir davlatda inflatsiya ro'y berishi bilan uning asoratlari ham asta sekin kòrina boshlaydi.Inflatsiya oqibatlari uning nimaga olib kelishini bildiradi, buni inflatsion kutish, deb ham yuritadilar. Kutishning o‘zi ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, oldindan nimaligi ma’lum bo'lgan narsani kutish. Bunda inflatsiya prognozlashtirilgan bo‘ladi, narxlarning qanchaga ortishi oldindan taxmin etiladi, bundan xalq xabar topadi. Ikkinchisi, nima berishi oldindan ma’lum bo‘lmagan inflatsiya, uning oqibatlari aniq bo‘lmaydi, bular xalq uchun tasodif bo‘ladi. Birinchi turdagi kutish yuz berganda xonadonlar va firmalar bunga moslashish choralarini belgilab oladilar. Ular tovarlami yoki turli resurslarni oldindan sotib olib, ularning zaxirasini hosil qiladilar. Ikkinchi turdagi kutishda narxning ortishi noma’lum bo‘lganidan unga xonadonlar va firmalar oldindan tayyorlanib bormaydilar, zaxira hosil qilmaydilar.Inflatsiya oqibati sifatida pul qadrining pasayishidan iborat yo‘qotishlarga duch keladi. Biroq buni har doim birdek baholab bo'lmaydi, chunki bu inflatsiyaning qandayligiga bog‘liq. Agar giperinflatsiya iqtisodiy tanglik hosil qilsa, o‘rmalovchi inflatsiya sharoitida iqtisodiy faollik yuz beradi. Gap shundaki, inflatsiya sust kechganda inflatsion foyda olish uchun firmalar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga intiladilar. Inflatsiya bir me’yorda kechganda pul taklifi ham me’yorida bo‘ladi, ya’ni iqtisodiyotga qo‘shimcha pul inyeksiya (ukol) qilinadi. Bu talabni oshirib bozorni kengaytiradi, natijada ishlab chiqarish o‘sadi, bandlik ortib fuqarolarning pul daromadi ko‘payadi. Iqtisodiyot uchun eng ma’quli inflatsiyaning bo‘lmasligi, deb aytish mumkin, lekin amaliyotda bu har doim ham naf keltiravermaydi, chunki pul inyeksiyasi bo'lmaydi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, inflatsiya evida bo‘lganda pul inyeksiyasi iqtisodiy o'sishga ko‘mak beradi. Shu sababli inflatsiyani faqat salbiy hodisa, deb aytib bo'lmaydi. Undagi ijobiylik va salbiylik inflatsiya sur’atiga bog‘liqdir. Inflatsiya qanchalik sust bo‘lsa, iqtisodiy o‘sishga qulay sharoit shunchalik hosil bo‘ladi. Aksincha, inflatsiya qanchalik shiddatli bo‘lsa, shunchalik iqtisodiy qiyinchiliklar yuzaga keladi. Demak, gap inflatsiyaning o‘zida emas, balki uning darajasi va shiddatidadir.Evida bo‘ladigan inflatsiyada yutqazish bo‘lmaydi, deb aytish mumkin, chunki narxlar o‘sgan sharoitda daromadlar ulardan tez o‘sadi. Masalan, narxlar yiliga 6 % oshsa, pul daromadlari 10 %ga oshadi. Bunda real daromad 4 % ko‘paygan bo‘ladi Xuddi shuningdek, firmalar daromadi ham ortadi. Banklarda saqlanadigan pul qadri ham pasaymaydi, chunki bu pul uchun beriladigan foiz inflatsiyani hisobga olib oshiriladi. Masalan, hozir bank omonat uchun yiliga 4 % to'lasa, inflatsiya yiliga 4 % bo‘lsa, bank shuni hisobga olib omonat uchun 8 % to‘laydi. Bu bilan inflatsion yo‘qotishdan ham qutulib qolinadi.

Inflatsiya haqida gap ketganda statistik ma'lumotlar doimiy qo'llaniladi va ular grafik,jadval yoki diagramma shaklida aks ettiriladi. Bunga yaqqol misol sifatida davlatimizdagi inflatsiya to'g'risida statistik ko'rsatkichlar bilan tanishib chiqsak.

2020 yilda iste’mol sektorida inflyatsiya 11,1 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 15,3 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 8,8 foiz va xizmatlar 7,1 foizga qimmatlashdi.

2020 yilning dekabr oyida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,6 foizga qimmatlashdi. 2019 yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 1,7 foizni tashkil qilgan. 2020 yil davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar 11,1 foizga o‘sdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 15,2 foizni tashkil etgan edi, deya xabar berdi Statistika qo‘mitasi.











Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish