(M/P) s = M*/P* Bu erda: M - pul taklifi darajasini bildiradi;
P – baxolar darajasi (ushbu modelda ekzogen o`zgaruvchi )ni ko`rsatadi.
18-chizma real pul taklifi mikdoridagi foiz stavkasiga boglik bo`lmagan vaziyatni ko`rsatadi. SHuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko`rsatayotganimizdek vertikal chizik ko`rinishiga ega bo`ladi. Bu xolat foiz stavkasi kanchalik o`zgarishiga karamasdan real pul taklifi mikdori o`zgarmasdan kolgan vaziyatni aks ettiradi.
Baxolar darajasini xam barkaror deb kabul kilamiz. Bu xolatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to`gri chizik ko`rinishiga ega bo`ladi.
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proportsional egri chizik ko`rinishiga ega. Muvozanat nuktasida pul talabi va taklifi o`zaro teng, (19-chizma).
O`zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o`zgarishi natijasida iktisodiy agentlar o`z aktivlari tarkibini o`zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta`sir etib uni o`zgartirish zarur va mumkindir.
R R
Ms
Ms
Re MD
M*/P* M/P M*/P* M/P
18-chizma. Real pul vositalari 19-chizma. Pul bozorida muvozanat zaxirasi taklifi grafigi modeli Agar R juda yuqori bo`lsa, pul taklifi unga bo`lgan talabdan yuqori bo`ladi. Iqtisodiy agentlar o`zlarida to`planib kolgan ortiqcha naqd pullarni aktsiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan kutilishga intilishadi.
Yuqori foiz stavkasi, ta`kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastrok darajasiga mos keladi. SHu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi okibatida ular kursi o`sishini ko`zda tutib) sotib olish foydali bo`ladi.
Banklar, Ms> Md bo`lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-sekin iktisodiy agentlar o`z avtivlari tarkibini o`zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o`zgartirilishi okibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan xolatda teskari jarayon ro`y beradi.
R Ms2 Ms1 R Ms
R2
R2
M2d
R1 R1
M1d Md
(Y1) (Y2)
M*/P* M/P M*2/P*M*1/P* M/P
20-chizma. Daromadlar darajasining 21- Pul taklifining kamayishi
oshishi natijasida pulga natijasida pul bozorida muvo-
talabning o`zgarishi. zanatning o`zgarishi.
Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o`zgarib turishi pul bozorining ekzogen o`zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o`zgarishi natijasida xam ro`y beradi.
Grafik ko`rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziklarining siljishi sifatida namoyon bo`ladi (20, 21 chizmalar).
Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga kadar o`sishi (20-chizma) pulga talabni M1ddanM2dgacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga kadar ko`tarilishiga olib keladi.Pul taklifining kamayishi xam foiz stavkasining ko`tarilishiga va muvozanat nuktasining o`zgarishiga olib keladi.
Pul bozorida muvozanatni o`rnatish va saklab turish mexanizmi kimmatlikogozlar bozori rivojlangan bozor iktisodiyoti sharoitida muvafakkiyatli amal kiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiktisodiy muvozanatning muxim tarkibiy kismidir.