orderli qimmatli qog‘oz deb yuritiladi.
VII. Emissiya qilish shakliga ko‘ra:
– emission – odatda, yirik seriyalarda chiqariladi, har bir se-
riyaning ichida hamma qimmatli qog‘ozlar bir xil bo‘ladi (aksiya-
lar, obligatsiyalar);
– noemission – bittalab yoki uncha katta bo‘lmagan seriya-
dachi qariladi.
VIII. Qimmatli qog‘ozlarning asosiy qismi bozor qimmat-
li qog‘ozlari, ya’ni bozorda erkin sotiladigan va sotib olinadi-
gan qog‘ozlardir. Ammo ayrim hollarda qimmatli qog‘ozning
muomalada bo‘lishi cheklangan bo‘ladi, ya’ni uni emitentdan
boshqa hech kimga sotish mumkin bo‘lmaydi. Bunday qimmatli
qog‘ozlarga nobozorqimmatli qog‘ozlar deyiladi.
IX. Daromad keltirishiga ko‘ra:
– daromadli, egasiga ma’lum miqdordagi daromad keltiradi;
– daromadsiz, qimmatli qog‘ozni chiqarish chog‘ida egasiga
keltiradigan daromad miqdori qayd etilmaydi.
X. Risk darajasiga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar quyidagi tamo-
yilga ko‘ra guruhlanadi:
– daromadlilik qancha yuqori bo‘lsa, risk ham shuncha
yuqori;
– qimmatli qog‘ozning kafolatlanish darajasi qancha yuqori
bo‘lsa, risk ham shuncha past bo‘ladi.
Normal darajada faoliyat qiluvchi qimmatli qog‘ozlar bozori
ikkita asosiy bozorlardan tarkib topadi:
– korporativ qimmatli qog‘ozlar bozori, unda asosan korxona-
lar va banklarning qimmatli qog‘ozlari oldi-sotdisi sodir bo‘ladi.
Korporativ qimmatli qog‘ozlarning emitentlari – aksiyadorlik ja-
miyatlari, turli tashkiliy huquqiy mulk shakllaridagi korxona va
tashkilotlar, banklar, investitsion kompaniyalar, fondlar. Korpo-
rativqimmatli qog‘ozlarga veksel, aksiya, obligatsiyalar kiradi
– davlat qimmatli qog‘ozlar bozori, unda zayom obligatsiyalari,
qisqa muddatli xazina majburiyatlari oldi-sotdi qilinadi. Dav-
lat qimmatli qog‘ozlarining emitenti davlatdir (Moliya vazirligi,
Markaziy bank yoki boshqa davlat ijroiya organi timsolida).
Qimmatli qog‘ozlar birlamchi va ikkilamchi bozorining sub-
yektlari quyidagilar:
– emitentlar;
– jamg‘aruvchilar – yakka tartibdagi omonatchilar;
– institutsional investorlar (pensiya fondlari, sug‘urta kompa-
niyalari);
– brokerlik, dilerlik, maklerlik firmalari.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida fond birjalari muhim o‘rin egal-
laydi. Ularning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
– qimmatli qog‘ozlarning faol oldi-sotdi operatsiyalarini ba-
jarish;
– emitentlarga kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni o‘tkazish
uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar berish;
– ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishiga imkon
beradigan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash;
– jamg‘aruvchilarga jamg‘arilgan pul mablag‘larini engfoy-
dali, samarali joylashtirishga yordam berish. Rasmiy moliya bozorlari bilan birga, shuningdek, norasmiy
moliya bozorlari ham faoliyat ko‘rsatadi. Ularning paydo bo‘lishiga
sabanima?
Moliya tizimi yetarlicha rivojlanmagan mamlakatlarda yoki
inflatsiya kuzatilayotgan, yohud to‘lov balansining muvozanati
jiddiy buzilgan davlatlarda moliyaviy operatsiyalarning ko‘p qis-
mi aynan norasmiy bozorlar orqali yuz berishi mumkin. Noras-
miy bozorlar har xil shaklda bo‘lishi mumkin: qishloq joylarda
ssudalar berish amaliyotidan boshlab, rasmiy tashkil qilinganlari
bilan yonma-yon faoliyat ko‘rsatadigan yirik ko‘lamdagi sha-
harlardagi birjadan tashqari bozorlargacha. Norasmiy bozorlar-
da ko‘pincha xorijiy valuta oldi-sotdi operatsiyalari obyekti hi-
sob lanadi. Bunday bozorlar ning mavjudligi, masalan, pul-kredit
soha sidagi, to‘lov balansi, soliqqa tortish, me’yoriy-huquqiy baza
va bosh qalar bo‘yicha masalalarning hal qilinishi bilan bog‘liq
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko`rsatiladi:
1. Xisob stavkasi;
2. Majburiy zaxiralar normasi;
3. Ochik bozordagi operatsiyalar.
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko`rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta`sir o`tkazadi, taklifini o`zgartiradi va shular orkali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.
Xozirda xamma mamlakatlarda pul mikdorini tartibga solishda ochik bozordagi operatsiyalarni, ya`ni davlat kimmatlikogozlarini taklif kilish usulidan keng foydalanilmokda. Ushbu operatsiyalarni Markaziy bank asosan nufuzi katta banklar guruxi bilan birgalikda amalga oshiradi.
Pul bozorida muomalada pul mikdoriortikchaligi mavjud deb faraz kilamiz. Tabiiyki, Markaziy bank ortikcha pul massasini kamaytirishga xarakatkiladi. Buning uchun, o`zida mavjud bo`lgan o`zining kimmatlikogozlarini u ochik bozorda axoli va banklarga taklif etadi, ular esa uni xarid kila boshlaydilar. Davlat kimmatlikogozlarini (sotish yoki xarid kilish yo`li bilan) taklifi oshib borgan sari, unga bo`lgan baxo pasayadi, o`z navbatida unga bo`lgan foiz (ya`ni, kimmatlikogozlarni sotib olganlarga foiz shaklida to`lanadigan xak) oshadi, bu esa unga bo`lgan talabni oshiradi. Banklar va axolikimmatlikogozlarniko`prok xarid kila boshlaydi, pirovard natijada banklarning zaxiralarikiskaradi, o`z navbatida, bu xol pul taklifining bank mul’tiplikatoriga teng nisbatda kiskarishiga, shuningdek, bank zaxirasi va pul taklifining ortishiga olib keladi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki xam pul kredit siyosatini yuritishda bu vositaning rolini keskin oshirishni maksadkilib olgan.
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muxim vositalardan biri – bu, xisob stavkasi siyosatidir. Xisob stavkasi yoki kayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko`zda tutilmagan zarurat tugilganda va moliyaviy axvolimustaxkam bo`lgan xollardagina oladilar. Xisob stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan ko`shimchazaxiralarni olish imkoniyatlari kengayadi. O`z navbatida, bu tijorat banklarining zaxiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko`paytiradi. YAna shunday xollar mavjudki, Markaziy bank xisob stavkasini ko`tara borib, tijorat banklari tomonidan ko`shimchazaxiralarni olish yo`lidagi to`siklarnibiroz ko`targanday bo`ladi va kreditlar berish bo`yicha ularning faoliyatini pasaytiradi, shu yo`l bilan pul taklifini cheklaydi. Agar ushbu stavka past bo`lsa, unda tijorat banklari ko`prok kredit olishga xarakatkiladilar. Natijada banklarning ortikchazaxiralari ortib boradi va muomaladagi pul massasi mikdorining oshib borishiga olib keladi. Agarda xisob stavkasi mikdoriyukori bo`lsa, unda banklar kamrok kredit olishga, olganlarini esa kaytarib berishga xarakatkiladilar, pirovard natijada ortikcha bank zaxiralari qisqaradi muomaladagi pul mikdori kamayadi.
Bu ko`rsatkichlar darajasi turli mamlakatlarda iktisodiy vaziyatga karab turlicha maksadda bo`ladi. Masalan iktisodiyotdaturgunlikelimentlari ko`ringach investitsiyalarni ko`llab kuvvatlash va umuman iktisodiyfaollikni oshirish uchun AQSH Federal zaxira tizimi xisob stavkasini 2019 yilda bir foizgacha kiskartirdi. O`zbekiston Respublikasida qayta moliyalashtirish stavkasi 2018 yilda o`rtacha 26,8 %, 2019 yilda o`rtacha 27,1 %, 2020 yilda o`rtacha 18,8 foizgacha tushirildi. Amaliyotda, davlatlar xisob stavkasi siyosatini ochik bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiklashtirilgan xolda olib borishga xarakatkiladilar.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri – bu, majburiy bank zaxira me`yorini o`zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar – bu, kredit maksadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir kismidir.. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo`lgan zaxiralarningeng kuyi normasini o`rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash kobiliyatiga, imkoniyatiga ta`sir etadi. Bu me`yor kanchalikyukori bo`lsa, ortikchazaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo`li bilan «pullarni barpo etish» kobiliyati past bo`ladi. Ilk majburiy zaxira normalari AQSH da 1865 yilda joriy qilingan edi. Agar Markaziy bank majburiy bank zaxirasini kamaytirsa, ortikcha bank zaxiralari ortadi, bu esa pul taklifining mul’tiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu me`yor 25 % bo`lsa, unda bankka ko`yilgan 800 so`mdan 200 so`m majburiy bank me`yorini tashkil etadi. Bunda bank fakat 600 so`mni karzga berishi mumkin bo`ladi. endi faraz kilaylik, me`yor 10 % ga tushiriladi, unda bank 720 so`mni karzga berish imkoniyatiga ega bo`ladi va boshlangich pul taklifini 720 so`mga oshiradi.Majburiy bank zaxirasi me`yorini ko`tarish yordamida pul taklifini kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortikcha bank zaxiralarikiskarishiga olib keladi. Pul-kredit siyosatini o`tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta`sir etadi. Turli mamlakatlarda ko`llanilayotgan majburiy zaxira normalari turlichadir. YUkoriinflyatsiya darajasi sharoitida Janubiy Koreyada bu norma -100 foiz bo`lgan bo`lsa, Italiyada -25 foizni, YAponiyada bor yo`gi -2.5 foizni tashkil etadi.O`zbekiston Respublikasida majburiy zaxiralash normasi keyingi o`n yil davomida sezilarli darajada kamaydi Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta`sir etishi jarayonlarini o`rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iktisodchilar o`rtasida ko`p yillardan beri tortishuvlar bo`lib kelmokda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul mikdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Xar ikki nazariya tarafdorlari xam pul taklifining nominal YAIM ga ta`sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta`sirning axamiyatiga xar xil baxo beradilar. Keynschilarfikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlarfikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iktisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb xisoblashadi, monetaristlar esa uni ortikcha deb xisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |