J.Piaje aytganidek, «Psixologiyaning J.Piaje aytganidek, «Psixologiyaning kelajagi birinchi navbatda uning o'z taraqqiyotiga bog'liqdir». M.T.Yaroshevskiy tarixiy psixologik metod sifatida kategorial yondashish printsipini ishlab chiqdi. Bular obraz, harakat, motiv, ruhiy ijtimoiy munosabat, shaxs. Shu kategoriyalar majmuining transformatsiya qilinishi psixologik bilimlar bosqichma - bosqich taraqqiyotni aks ettiradi. U fanda uch qator kontseptual birlik - empirik ma'lumotlar (faktlar), nazariy va amaliy kategoriyalarni farqlab psixik voqelikning har xil tomonlarini qayta tiklaydigan konkret - ilmiy kategoriyalarni ajratadi. Tarixiy tadqiqotlardagi eng muhim printsip - tarixiylik printsipidir. Bu printsip tadqiqotchidan o'rganilayotgan hodisaning shu davrning hamma o'ziga xosliklari, ijtimoiy-madaniy aloqalari, uning butun konkret mazmuni bilan birga o'rganib, o'rganiladigan hodisaning qaytarilmasligi va noyobligini ko'rsata olishni talab qiladi.Tarixiylik printsipining tuzilishi prezentizm va antikvarizmda ko'rinadi. Prezentizm - tarixiy tadqiqotni o'rganilayotgan davrdan faqatgina hozirgi zamon tasavvurlariga mos bo'lgan ko'rinishlarinigina ajratib olib o'rganish bilan cheklanishdir. Antikvarizm - aksincha tarixiy o'tmishni hozirgi zamon talablariga bog'liq bo'lmagan, qotib qolgan hodisa sifatida o'rganadi. O'tmish hodisalarni tasvirlashdagi har qanday bir yoqlamalik, sxematizm tarixiylik printsipidan chekinishdir. Tarixiy psixologik tadqiqotlarda M.G.Yaroshevskiy ta'kidlaganidek, determinizm - sababiylik printsipi katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, tarixda determinizmning ko'plab turlari paydo bo'lgan. Mexanikadan oldin, mexanik, biodeterminizm, psixodeterminizm, sotsiodeterminizm. Bularning har biri psixik hodisalar o'z - o'zidan paydo bo'ladi deb talqin qiluvchi indeterminizmga qarshi turadi. Materializm va idealizm kurashi Ba'zi ta'limotlarga ko'ra ikki dunyoqarash materialistik va idealistik dunyoqarashlar to'qnashuviga ta'sir etadi. Psixologiya ijtimoiy fanlar va tabiatshunoslik fani to'qnashuvida ekan, unda ana shu to'qnashuv aniq ko'rinadi. Ijtimoiy rivojlanishni bir davrda odamlar reflekslariga ega bo'lishdi, o'z xulqini analiz qila olgach, idealizm fikrini maxsus birlamchi haqiqat deb qabul qildi. Psixika xususiyatlarini idealizm boshlang'ich, hech nima bilan aniqlanmaydigan, boshqa hamma narsani tushuntira oladigan deb qabul qildi. Materializm ong va ob'ektiv haqiqat o'rtasida umumiylikni axtarib, ongni ob'ektiv haqiqatdan chiqqan deb o'rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |