Mavzu: Psixologiya tarixining metodlari va manbalari. REJA: - Psixologiya tarixini qanday o'rganiladi?
- Psixologiya fanini metodlari.
- Qadimgi yozuvlarda psixologiya yoritilishi.
- Sharq manbalari.
- Mustaqil rivojlanishi.
- Turli davrlarda psixologiyani talqini.
Psixologiya fani taraqqiyotning muhim qonuniyati uning yagona nazariyani ishlab chiqishiga yo'nalganligidir. Bu tendentsiya psixologiyadagi ochiq krizis davrida yanada yaqqol ko'zga tashlandi. Chunki bu davrda psixologiya uchun yagona izohiy printsipning topilishi uning fan sifatida saqlanib qolishini ta'minlar edi. Psixologiya fani taraqqiyotning muhim qonuniyati uning yagona nazariyani ishlab chiqishiga yo'nalganligidir. Bu tendentsiya psixologiyadagi ochiq krizis davrida yanada yaqqol ko'zga tashlandi. Chunki bu davrda psixologiya uchun yagona izohiy printsipning topilishi uning fan sifatida saqlanib qolishini ta'minlar edi. Shu davrda paydo bo'lgan barcha maktablar: Psixoanaliz, geshtal`tpsixologiya, bixeviorizm va boshqalar hammasi ana shu yagona nazariya o'rniga da'vogarlik qildilar. L.S.Vigotskiy bu holatni shunday ta'riflaydi: «Aniq sohalardagi xususiy kashfiyotlardan umumiy printsiplarning paydo bo'lishiga va ularning butun psixologiyaga yoyilishiga va nihoyat falsafiy sistemaga, hatto dunyoqarashga aylanishiga da'vo qilingan bu g'oyalar psixologiyada yagona nazariya maqomiga uncha mos kelmaydi. Psixologik g'oyalar tarixiy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchlari va sabablari hozirgi paytda ilmiy g'oyalar u yoki bu fan taraqqiyotini belgilovchi omillar, ilmiy bilimlar determinatsiyasi haqida juda ko'p munozaralar mavjud. I.Lakotos fanning «ichki» va «tashqi» tarixi atamasini qo'llashni taklif qilgan. Bunga ko'ra fan faqat o'zining ichki standartlari, ilmiylik mezonlari asosida rivojlanib boradi. Boshqacha aytganda, fanning rivojlanishiga faqat kognitiv faktorlargina ta'sir ko'rsata oladi. Bunday internalistik yondashishga eksternalistik yondashish qarama - qarshi qo'yilib, unga ko'ra fan tarixini ijtimoiy faktorlarsiz o'rganib bo'lmaydi, ijtimoiy faktorlardan fan tarixini nazariy qayta tiklashda foydalanilishi lozim. Shunga ko'ra psixologik bilimlar taraqqiyoti tarixini tahlil qilish birinchidan tarixiy fan holatni yaxshi bilishni, ikkinchidan o'rganilayotgan davrda fandagi alohida holatni hisobga olishni talab qiladi. Boshqa fanlar matematika, fizika, astranomiya, tilshunoslik, fiziologiya, biologiya, etnografiya, logikaning psixologiya taraqqiyotiga ta'siri turlicha. Birinchidan shu fanlar doirasida psixik hodisalar haqidagi bilimlar to'plangan, ikkinchidan, psixologiyada shu fanlarning metodlaridan foydalaniladi. Uchinchidan ilmiy metodologiyadan ham foydalanish hollari bo'ladi. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan bunday aloqasi psixologiya hech qachon to'la ajralgan holda rivojlana olmasligini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |