1.3 Defarmatsion (prujinali) manometrlarni o’lchash asboblari
Prujina, manometr, vakuummetr, tyagometr, naporomer, differensial manometr va barometr asboblarning bosimini siyraklanishini va bosim o’zgarishini o’lchash uchun keng qo’llaniladi. Prujina asboblarning ishlash prinsipi turli elastik unsurlarning deformatsiyasi miqdorini o’lchashga asoslangan. Sezgir unso’rning deformatsiyasi ta‘sirida uzatish mexanizmlari yordamida asbob shkalasi burchakli yoki chiziqli o’zgaradi. Asbobda qo’llanilgan sezgir unsurning turiga ko’ra naychasimon, membranali va silfonli manometrlar mavjud. Prujina asboblar namunali va ishlovchi, ya‘ni turli ishlab chiqarish jarayonlaridagi bosim va siyraklanishni o’lchash uchun ishlatiladi.Naychasimon prujinali asboblar. Sezgir unsur sifatida naychasimon manometrik prujina ishlatilgan deformatsion asboblar tajriba va ishlab chiqarish amaliyotida keng tarkalgan. Ayniqsa bir uramli naychasimon prujina asbob – manometr, vakuummetr, manovakuummetr va difmanometrlar juda ko’p qo’llaniladi. Naychasimon prujinali asboblarning ishlash prinsipi o’lchanayotgan bosimni bir uramli yoki ko’p uramli naychasimon prujinaning elastik deformatsiya kuchi bilan muvozanatlashga asoslangan. Aylana yoyi bo’yicha bukilgan elliptik yoki yassi oval kesimli naychasimon bir uramli prujina naycha ichidagi ortiqcha bosim yoki siyraklanishning o’zgarishi natijasida o’zining bukilishini o’zgartiradi (5-rasm).
XULOSA
Harorat bu jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar (atom va molekulalar)ning xarakati kinetik energiyasining oʻrta statistik ifodalovchi fizik kattalik. Harorat bu-jismning isitilganlik darajasi. Harorat birligi sifatida Kelvin gradusi qabul qilingan. SI birliklar tizimida 1°K suvning uchlanma nuqtasi termodinamik xaroratining 1/273.16 qismiga teng deb qabull qilingan. Shuningdek 0°C=273,15°K. Xaroratni suyuqlik (simobli) termometrlari, termopara, termorezistorlar yoki masofaviy oʻlchash uchun optik datchiklardan foydalanib oʻlchash mumkin. Simobli Termometr bilan oʻlchanganda, germetik naycha idish ichidagi simob ustuni balandligi xaroratga bogʻliq xolatda oʻsib boradi. Simobli termometrlar yordamida −35 °C dan past boʻlmagan va 600 °C dan yuqori boʻlmagan xaroratlarni oʻlchash mumkin. Chunki simobning qotish xarorati −38.9 °C ni tashkil qiladi. Yuqori oʻlchash chegarasi esa termometr kapilyarlaridagi bosimning orttirish xisobiga kengaytiriladi. Chunki simobning qaynash xarorat 356.6S boʻlsa xam, kapilyar ichidagi inert gaz bosimini 2 Mpa (20 kgs/sm2) ga orttirish xisobiga uning shkala diapazoni kengaytiriladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
WWW.GOOGLE.UZ
WWW.ZIYONET.UZ
WWW.MOODLE.UZ
Do'stlaringiz bilan baham: |