Yogʻoch materialshunosligi asoslari va ularga qoʻlda ishlov berish texnologiyasi
Yog‘ochga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi Mehnat – odam bilan tabiat o‘rtasida yuz beradigan jarayondir. Mehnat insonning aqliy va axloqiy tasavvurini shakllantirishda hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Duradgorlik o‘quv ustaxonalarini jihozlashda duradgorning ish o‘rnini to‘g‘ri va har tomonlama to‘liq tashkil etishga alohida e’tibor beriladi. Chunki berilgan topshiriqlarni erkin, aniq va sifatli qilib bajarish ish o‘rnining to‘g‘ri tashkil etilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Yog‘ochga ishlov berish mashg‘ulotlari maktabning duradgorlik o‘quv ustaxonasida o‘tkaziladi. Unda har biringizga doimiy ish o‘rni, ya’ni xonaning dastgoh o‘rnatilgan muayyan qismi ajratiladi (3-rasm). Duradgorlik ustaxonasida muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan uskunalar mavjud bo‘lib, har bir ish o‘rni o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘ladi. Siz texnologiya fani mashg‘ulotlariga maxsus ish kiyimlarida kelishingiz kerak (4-rasm). MATERIALLARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI b o b - 3-rasm. Duradgorlik o‘quv ustaxonasi ko‘rinishi. 16 Duradgorlik o‘quv ustaxonasida har biringiz uchun amaliy mashg‘ulotlarni bajaradigan mashg‘ulot joyi mavjud. Mashg‘ulot joyida hamma vaqt namunali tar - tib bo‘lishi va u yerga faqat mazkur dars uchun kerakli asboblar qo‘yilishi lozim. Qolgan asboblar maxsus javon, asboblar tokchasi yoki dastgoh oyoqlarini biriktiruvchi bо‘ylama kashaklarga taglik taxta о‘rnatib, unga terib qо‘yiyilishi mumkin
Duradgorlikda bajariladigan ish turlarini erkin bajarish imkonini beradigan barcha turdagi asbob-uskuna va moslamalar bilan jihozlangan, ishni bajarish tartibini ko‘rsatuvchi texnikaviy hujjatlar (buyum chizmalari, texnik rasmlar) hamda buyum tayyorlash uchun kerak bo‘lgan yog‘och materiallar bilan ta’minlangan duradgorlik o‘quv ustaxonasining bir qismi duradgorlik ish o‘rni deb ataladi. Duradgorlik ustaxonalarida ish о‘rnining asosini duradgorlik dastgohi tashkil etadi. Yog‘ochni qayta ishlash uchun mо‘ljallangan dastgoh duradgorlik dastgohi deb nomlanadi (6-rasm). Dastgoh barcha turdagi duradgorlik ishlari bajariladigan, maxsus oyoqlarga о‘rnatilgan ish stolidan iborat bо‘lib, unda arralash, randalash, о‘yish-teshish, qismlarni biriktirish kabi ishlar bajariladi. Stolning asosiy qismlari bо‘ylama va kо‘ndalang tiskilardan, ponalar о‘rnatish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va asbob-uskunalar qо‘yish uchun moslangan novdan iborat. Duradgorlik dastgohidan foydalanishda dastgohning balandligi о‘z bо‘y-bastingizga qarab moslanadi. Dastgoh balandligining о‘z bо‘yingizga mosligini tekshirishda qaddingizni bukmagan holda ikkala qо‘lingiz kaftini dastgoh ish taxtasi ustiga qо‘yasiz (7-rasm, a). Bu holda qaddingiz bukilmasdan qо‘l kaftingiz ish taxtasiga yetsa, ish о‘rnining balandligi bо‘yingizga mos hisoblanadi. Bundan tashqari, duradgorlik dastgohlarini о‘z bо‘yingizga moslash imkonini beradigan yog‘och tagliklar bо‘lib, ular yordamida ish taxtasi balandligini о‘zgartirish mumkin.
Ustaxonada barcha mehnat topshiriqlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi bilib olish va ularga to‘liq rioya etish lozim. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
1. Ish kiyimi to‘g‘ri kiyilganini tekshirish (xalatning qo‘l va old tugmalari qadalgan bo‘lishi kerak), bo‘yinbog‘ uchlarini qistirish.
2. Ish o‘rnini, asboblarni ko‘zdan kechirish va ishlatishga tayyorligini tekshirish.
3. Kesuvchi asboblarning tig‘i o‘tkir yoki o‘tmasligini tekshirish. Ular bilan ishlaganda gaplashmasdan, hushyorlik bilan ishlash.
4. Elektr asboblaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish.
5. Asboblar va xomashyolarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish.
6. Faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanish, ularni o‘z o‘rnida ishlatish, asboblarni ish o‘rniga ulardan foydalanish uchun qulay holatda joylashtirish.
7. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnidan uzoqlashmaslik.
8. Har bir ish turi uchun belgilangan xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilish.
9. Ish joylarini almashtirib kо‘chib yurmaslik, boshqa ish о‘rinlaridagi asbobuskunalardan ruxsatsiz foydalanmaslik.
10. Ish o‘rnini payraha va qipiqlardan maxsus cho‘tka bilan tozalash.
11. Ishdan keyin qolgan materiallar va tugatilmagan ishlarni navbatchiga topshirish.
12. Ish yakunlangandan keyin ish qurollarini ko‘zdan kechirish, belgilangan joylarga qo‘yish, nosoz asboblar to‘g‘risida o‘qituvchini ogohlantirish.
13. Ish oxirida kiyimni almashtirish, qo‘lni yuvish.
14. Mashg‘ulot jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilgan va jarohatlanish yuz bergan hollarda yoki o‘zingizni yomon his qilsangiz darrov o‘qituvchiga xabar qilish
YOG‘OCH TABIIY KONSTRUKSION MATERIAL SIFATIDA
Texnologiya fani mashg‘ulotlarida Siz turli xil mahsulotlarni tayyorlaysiz. “Mahsulot” so‘zi “ishlab chiqariladigan buyum yoki buyumlar to‘plami” ma’nosini anglatadi. Yog‘och va yog‘och materiallar xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida eng ko‘p ishlatiladigan konstruksion materiallardan biridir. Ming yillar davomida odamlar yog‘ochdan turli xil maqsadlarda foydalanganlar: qurilish va inshootlarda, avtomobilsozlik, vagonsozlik, kemasozlik, ko‘mir sanoatida, qog‘oz-selluloza sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari, gugurt ishlab chiqarishda, etil spirti, sintetik kauchuk, turli loklar va bo‘yoqlar olishda va boshqa sohalarda
Yog‘och va taxta materiallardan tayyorlanadigan buyumlarning aniq o‘lchamli va sifatli chiqishi, ish vaqti va materialni tejash qiymati o‘lchov hamda rejalash asboblaridan o‘rinli foydalana olishga bog‘liq bo‘ladi. O‘lchash deb yog‘och materialining o‘lchamlari va shaklini aniqlashga aytiladi. O‘lchash asboblari tuzilishiga ko‘ra shkalali va shkalasiz turlarga bo‘linadi. Shkalali asboblarga: masshtabli chizg‘ich, metr, o‘rama metr (ruletka), shtangensirkul kabilar kirsa, shkalasiz asboblarga xatkash, sirkul, kronsirkul, nutromer, turli rejalash andaza (shablon)lari va boshqalar kiradi. Go‘niya, malka, xatkash kabi asboblar foydalanish о‘rniga kо‘ra shkalali va shkalasiz bо‘lishi mumkin. Rejalash deb chizmadagi shakl va о‘lchamlarni rejalash asboblari yordamida yasaladigan buyumning zagotovkasiga kо‘chirishga aytiladi. Rejalash uchun yuqorida aytilgan o‘lchash asboblari bilan birga qalam va turli rejalash andazalaridan foydalaniladi. Turli materiallardan yasaladigan buyumlarni rejalashtirishda qalam muhim ahamiyat kasb etadi. U bilan nuqtalar belgilanadi va belgilangan nuqtalar chiziqlar bilan tutashtiriladi (17-rasm). Masshtabli chizg‘ich yordamida yog‘och materiallarining tayyor detal va buyumlari o‘lchamlari o‘lchanadi va rejalash ishlari bajariladi (18-rasm, a). Taxlanma metr – 1 mm gacha aniqlikda bo‘linmalarga ajratilgan 10 cm dan qilib bo‘lingan metall, tekstolit yoki yog‘och chizg‘ichlar to‘plamidan iborat (18-rasm, b). О‘rama metr (ruletka) – metr, santimetr, millimetrlarda ifodalangan bo‘linmalari bo‘lgan va diametri 60–140 mm li g‘ilof ichiga olingan maxsus g‘altakka o‘raladigan, cho‘zilmaydigan matodan yoki po‘lat lentadan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |