Birinchisi - Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. Unda asosiy masala sifatida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish; davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish; jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish vazifalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchisi - Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari. Unda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish; fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash; ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish; jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish; sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash; yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalari muhim o‘rin olgan.
Uchinchisi - Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish; tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish; qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish; iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojinirag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish; viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish masalalarining echimi bu yo‘nalishga asos qilib olingan.
To‘rtinchichi - Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish; aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish; arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish; ta’lim va fan sohasini rivojlantirish; yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish vazifalariga alohida e’tibor qaratilishi belgilab olindi.
Beshinchisi - Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Aholining turli qatlamlari o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik tamoyillarining hayotda qaror toptirish ijtimoiy taraqqiyotning muhim shartidir. Shuningdek Vatanimizning taraqqiyoti, barqarorligi masalalarining echimi ma’lum bir jihatdan chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatga ham bog‘liqdir.