Bu yo‘nalish 2 ta ustuvor vazifadan iborat:
5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash
5.2. Puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish
“Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish mexanizmi va moliyalashtirish tizimi aniq ko‘rsatilgani bilan boshqa dasturlardan tubdan farq qiladi. Tinglovchilar tushunib etishlari kerakki, “Harakatlar strategiyasi” har yili yillarga beriladigan nomlar asosida ishlab chiqiladigan Dasturlar orqali amalga oshiriladi. Masalan , “2019 yil –Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili ” Davlat dasturi 2019 yil 17 yanvarda qabul qilinib, Dasturni bajarishda umumiy qiymati 16,9 trillion so‘m va 8,1 milliard AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirilgan.
2019 yildan boshlab 45ta mamlakatning fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilash haqidagi norma kuchga kirdi. Bundan tashqari, 76ta mamlakat fuqarolari 2019 yil fevraldan boshlab elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega .7
2018 yil 28-29 iyun kunlari “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat va notijorat tashkiloti va “Taraqqiyot strategiyasi ” markazi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi” mavzusida xalqaro forum tashkil etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasidan maqsad mamlakatimizni dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan 50 davlati qatoriga kiritishdir . 2035 yilga borib, mamlakatimiz yalpi ichki maxsuloti 122 milliard dollarga etkaziladi. O‘sish sur’atining bunday ko‘lamini belgilashda YaIMning nominal o‘sishi, iqtisodiyot samaradorligi , aholi jon boshiga daromadlar oshishi hisobga olingan . Xitoy, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Tailand kabi davlatlarning iqtisodiy rivojlanish dinamikasiga qiyoslangan8 . O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi “Harakatlar strategiyasi”ni mantiqiy davomi bo‘lib, yurtimiz taraqqiyotida yangi sahifa ochishi bilan ahamiyatlidir. “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish davomida to‘plangan tajriba mazkur kontseptsiyaning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi. Eng muhimi, mamlakatimiz rivojlantirishning yangi strategiyasi kelasi 17 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida yuqori natijalariga erishishni nazarda tutadi. Masalan, 2019 yilning boshida turizm sohasining ulushi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida 1,4 foizni tashkil etsa, 2035 yilda uni 28 foizga etkazish rejalashtirilgan. Yoki ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 300mingtaga etkazish, tarmoqdagi bandlikni 1,5 barobar ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda. Shu kabi ko‘plab istiqbolli rejalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari O‘zbekiston jahonning rivojlangan davlatlari qatoridan mustahkam o‘rin egallashiga qulay imkoniyatlar yaratadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish natijasida O‘zbekiston xalqining farovonligi yanada oshadi. Yurtimiz rivojlangan xorijiy davlatlar qatoriga kirish yo‘lida shaxtam qadamlar tashalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |