Bilar edim
|
Bilib oldim
|
Bilishni istayman
|
|
|
|
|
|
|
F) Baholash
Uyga vazifa. „Mening onam“ mavzusida matn tuzing.
Sana: Sinf:7
Mavzu: MILLIY URF-ODATLARIMIZ. 1-dars. (To‘liqsiz fe’llar, ularning shakllari)
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga to‘liqsiz fe’llar, ularning shakllari haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.O’zbek xalqining milliy madaniy merosi bilan tanishtirish. Milliy urf – odatlarimizga rioya qilishga chaqirish va shu ruhda tarbiyalash. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish; o‘zgalarning milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilishni o’rgatish.
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
1- topshiriq. Berilgan rasm va Navro‘z tantanalarida ko‘rganlaringiz asosida o‘zaro suhbatlashing.
1- mashq. Matnni o‘qing va berilgan savollarga javob bering.
Navro‘z bayrami
Milliy urf-odatlarimizning qadimiylaridan biri Navro‘zdir. Sharq xalqlarida Navro‘z yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. Navro‘z so‘zining tarjimasi ham „yangi kun“ degan ma’noni bildiradi. Har yili 21- martda tun bilan kun tenglashadi. Shu kundan boshlab kunlar uzayib, tunlar qisqara boshlaydi. Kunlar isib, qorlar erib, bahor o‘z o‘rnini to‘liq egallaydi. Dehqonlar va bog‘bonlar dala va bog‘larda ekin ekish va daraxtlarni parva-rishlashni boshlab yuboradilar. Butun tabiat qaytadan uyg‘onadi va yangi hayot boshlanadi. Shuning uchun Navro‘zni bahor va mehnat bayrami deb ham ataydilar.
Savollar:
Navro‘z so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
Nima uchun Navro‘z bahor va mehnat bayrami deb ataladi?Bilib oling!
O‘zbek tilida edi, ekan, emish, emas to‘liqsiz fe’llari mavjud. Ular, ko‘pincha, fe’llardan keyin keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: