2.2. Poykent muzeyi – koʻhna tarix darakchisi
Ushbu betakror shahar ming yillar davomida cho‘l qumliklari ostida qolib ketgan, bu esa uning qoldiqlarini hozirgi kungacha saqlab qolishga yordam berdi. Aynan shu uchun arxeologlar bu hududni Osiyoning Pompeyi deb nomlashgan11.
Bu Buxoro viloyatidagi o‘rta asrlarga oid Poykent qadimgi manzilgohining xarobalari. Ushbu betakror shahar ming yillar davomida cho‘l qumliklari ostida qolib ketgan, bu esa uning qoldiqlarini hozirgi kungacha saqlab qolishga yordam berdi. Aynan shu uchun arxeologlar bu hududni Osiyoning Pompeyi deb nomlashgan.
Tarixchilarning fikriga ko‘ra, so‘g‘d shahrining qadimiy qal’asida odamlar birinchi ming yillikning boshlaridan yashay boshlagan. O‘rta asrlarda bu yerda hukmdor saroyi, qadimiy ibodatxonalar va xo‘jalik qurilishlari joylashgan edi. Qal’aga tutash bo‘lgan va o‘z vaqtida eftalitlar yashagan ikkita ichki shahar (Shaxristonlar) minorali mustahkam devorlar bilan o‘ralganligi unga antik shahar maqomini bergan. Shaharning shimoliy qismida qabriston va zardushtiylik diniga oid ibodatxonalari bo‘lgan.12
Somoniylar hukmronligi davrida shahar o‘z rivojining eng cho‘qqisiga chiqib, yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylandi. Qadimgi shahar atrofida ko‘plab karvonsaroylar paydo bo‘lib, ular Buxoroga sayohat qilgan ko‘plab savdogarlar uchun to‘xtash joyi vazifasini o‘tagan. Arxeologlar bu yerda XI asrga oid qadimiy jome masjidining qoldiqlarini topganlar. 13Ammo XI asrda Zarafshon daryosining sayozlanishi tufayli, Poykentga suv kelishi to‘xtagan, bu esa shaharning inqirozga uchrashiga sabab bo‘lgan. Asrlar o‘tgach bu yerlar sahroga aylandi, qum ostidagi xarobalar olimlarga qadimgi tarixning ulkan xazinasini bitta to‘plamga jamlashga yordam berdi.
1900-2000yillarda olib borilgan kazilmalar jarayonida arkda uchta yonib ketgan xona topildi. Ulardan biri, ya’ni «Naqshu nigorli xona» nomini olganida buxorxudotlar xazinasi va yashirib kuyilgan qurol – aslaha omborxonasi topildi. Qurol – aslaha bilan birgalikda, muhr nishonli osma sopol yoriqlar buxorxudotlarning kumush tangasi, sopol idish topildi. Xonalar VII-VIII asr boshida kurilgan deb taxmin qilinadi.
VIII asrga oid dorixona binosi noyob topilma xisoblanadi. Qadimshunoslar suyuklikni tozalash va haydash uskunasidan bo’lgan o’rta asr retort (kimyoviy tajribada ishkiluvchi noksimon naychali idish) xilidagi maxsus kimyoviy idishlar alembiklar, mum qoldiqli, muolajada ishlatiladigan mis tovoqcha, arab yozuvli nishtarlar ko’plab tanga va boshqa buyumlar topilgan. 14
Binoning tarxi to’rtburchak shaklida bo’lib asosan, ikkita ketma ket joylashgan katta xona va ular ichidagi bir necha bo’linmalardan iborat. Arxeologlarning fikricha, kata xonalarning biri kimyoviy uslubda dori – darmonlar tayyorlashga muljallangan bo’lib, ikkinchisida dorilar, dorivor xomashyolar va idish – anjomlar saqlangan. Xonalarning biridagi bo’linmada zinapoyali keng supa joylashgan bo’lib, unda extimol kelgan kasallarga tibbiy yordam kursatilgan, boshkacha aytganda, bu bo’linma «ambo’latoriya» vazifasini bajargan bo’lishi mumkin. Dori tayyorlaydigan xonaning ostida uzunligi 6,3 metrli yerto’la xam bo’lib, u tayyor dori darmonlarni va turli xil buziluvchi maxsulotlarni saqlashda o’ziga xos «sovutgich» vazifasini bajargan. Poykent dorixona binosi xozircha Zarafshon vohasida topilgan shu xildagi yodgorliklarning yagona timsolidir15.
«Poykent - nurafshon sharq osmoni sifatida ko‘zimga qadimiy sirli olam darvozasiday ko‘rinadi. Jamiki tangrilar va afsonalarning vatani og‘ushiga chorlayotgandek entikdim»,- degan edi qadimgi Poykentning birinchi amerikalik tadqiqotchisi Rafael Lampelli.
Arxeologik qazishmalar jarayonida yosh arxeolog Elbek Sobirov tomonidan metalgan ishlov berish ustaxonasi, ya’ni xumdon topilgan. Xumdon miloddan avvalgi III-asrga taalluqli eng qadimiy topilma, deb hisoblanmoqda.
1981-1982-yillarda Poykent janubiy shahar darvozasidan boshlangan markaziy ko‘chada X asrga oid temirchilik ustaxonasi qazib topilgan. Egasi metallga ishlov berish bilan shug‘ullangan. Bu yerdan metallsozlik hunarmandchiligiga oid ish asboblari: metall bilan ishlash uchun arra, iskana va zarb, qurol-aslaha, xo‘jalik pichoqlari, o‘roq, tesha, taqa, eshik qismlari, tamba, qulf, kalit, mix va hokazolar qiladigan asboblar topilgan. Bu arxeologlarda Poykent – metalni qayta ishlash markazi, degan taxmin uyg‘otib kelgan.
Xumdonning topilishi esa shu ilmiy farazni haqiqatga aylantirdi. Xumdondan tashqari, ekspeditsiya a’zolari tomonidan so‘g‘d yozuvi tushirilgan idishlar parchasi, Sosoniylar davrida zarb etilgan tanga va o‘q-yoylar uchlari ham topilgan. Hozirda Poykent shaharchasida tutash xududda shaharcha tarixi muzeyi tashkil etilgan. 16
Do'stlaringiz bilan baham: |