Poyabzalni loyixalashda va uni ishlab chiqarishda qolip tanlash
Qolipning razmeri oyoq panjasining uzunligi bo’yicha aniqlanadi, ya`ni tovonning eng chetki nuqtasidan bosh barmoq yoki ikkinchi barmoqning eng chetki nuqtasigacha bo’lgan oraliq 0 yoki 0,5 sm gach yahlitlagan xolda olinadi.
Misol uchun, D = 236 mm va D = 248 mm. Birinchi xolatda qolip razmeri 235 mm va ikkinchi xolatda 250 mm olinadi.
Aynan bir xil uzunlikdagi oyoq panjalari qamrov va kenglik bo’yicha, qolipning to’lalik o’lchamini anglatuvchi, turli o’lchamlarga ega bo’lishi mumlin.
Qamrov o’lchovini aniqlashda harakat vaqtidagi oyoq panjasi qamrovining o’zgarishiga ta`sir etuvchi ΔO1, oyoq panjasining har yarim yoshdagi o’sishi (bolalar poyabzali uchun) va, undan tashqari, oyoq panjasining poyabzal tomonidan ruxsat etilgan siqilishi natijasida qamrovning kamayishi q hisobga olinadi.
Qolipning qamrovi
bu yerda (1)
oyoq panjasining kenglik va qamrovi bo’yicha o’lchamlarini aniqlash zarur bo’ladi. Oyoq panjasining qamrov o’lchamlarini olish uchun 9.3-rasmda ko’rsatilganidek ingichka egiluvchan va millimetr ko’rsatkichlari bo’lgan tasmadan foydalaniladi.
Oyoq panjasining ichki tutam qismi orqali o’tuvchi qamrovini o’lchashda tasmaning o’lchov oluvchi tomoni oyoq panjasining ichki eng bo’rtib chiqqan joyidan (9.2-rasm. 4-nuqta) o’tishi kerak. Tashqi tutam qisminiki esa, tashqi tutamning eng bo’rtib chiqqan joyidan (9.2-rasm. 9-nuqta) o’lchanishi kerak.
Oyoq panjasi markazi qamrovini Om tasmani 12-nuqta (9.2-rasm.) orqali o’tkaziladi.
Oyoq panjasining egilish qismidagi qamrovni o’lchash uchun o’lchovchi tasmani 5-nuqta (9.2-rasm.) va tovonning aylanma chizig’i markazidan (9.3-rasm) 13- nuqta orqali o’tkazib o’lchanadi. O’lchov olish vaqtida tasma ortiqcha tarang bo’lmasligi va uning o’lchov belgilari qo’yilgan tomoni tovon tomonda bo’lishi kerak.
9.3-rasm. Oyoq panjasi qamrovlarini o’lchash.
Quyidagi 9.1-jadvaldan ΔО1, ΔО2 va q larning qiymatlarini olgan xolda qolipning kenglik va qamrov o’lchamlarini hisoblab chiqish mumkin. Hisob kitoblar natijasiga asoslanib, GOST 3927-88 dan qolipning kenglik va qamrov o’lchamlarining eng yaqinlari tanlab olinadi.
9.1-jadval. Qoliplarni loyihalashda uzunlik va qamrov bo’yicha hisobga olinadigan qoshimchalar (O.V.Farniyeva ma`lumotlari bo’yicha)
Poyabzal qoliplari
|
Uzunlik o’lchovlari, mm
|
Qamrov o’lchovlari, mm
|
Oyoq panjasi o’rtacha uzunligi
|
P1
|
P2
|
Guruh bo’yicha panjaning ortacha qamrovi
|
ΔО1
|
ΔО2
|
q
|
Gusariklar (1yosh-2y.11oylik)
|
146,8
|
3,5
|
4,5
|
146,5
|
6,0
|
7,0
|
0
|
Kichik yosh bolalar (3y.-4y.11 oylik)
|
164,7
|
4,0
|
4,0
|
161,0
|
6,0
|
5,0
|
0
|
Yosh bolalar (5y.-6y.11 oylik)
|
185,4
|
4,5
|
2,5
|
170,5
|
6,0
|
4,0
|
0
|
O’quvchi qizlar (7y.-8y.11 oylik)
|
206,0
|
5,0
|
2,5
|
189,1
|
5,0
|
3,0
|
3
|
O’quvchi qizlar (9y.-12y.11 oylik)
|
236,9
|
5,0
|
1,5
|
207,4
|
4,3
|
3,0
|
5
|
O’quvchi bolalar (7y.-8y.11 oylik)
|
209,0
|
5,0
|
2,5
|
196,2
|
5,2
|
3,0
|
3
|
O’quvchi bolalar (9y.-12y.11 oylik)
|
237,4
|
5,0
|
1,5
|
213,1
|
5,0
|
2,0
|
5
|
Ayollar (30-49 yosh)
|
244,4
|
5,0
|
0
|
231,4
|
5,1
|
0
|
8
|
Erkaklar(30-49 y.)
|
266,6
|
5,5
|
0
|
246,0
|
5,1
|
0
|
8
|
Qolipning razmerini aniqlash bo’yicha misol. Aytaylik 8 yoshdagi o’g’il bolaning oyoq panjasi uzunligi D=209 mm, tutam qismi qamrovi Ot=196 mm. Bp=10mm bo’lgan yopiq poyabzal uchun qolip razmerini aniqlash zarur.
Р1 va Р2 lar hamda oyoq panjasining o’rtacha uzunligi 9.1-jadvalda berilgan. Bu jadvaldan quyidagilarni aniqlab yozib olamiz:
P1 = 5,0; P2 =2,5; ΔO1 =5,2; ΔO2 =3,0; q = 3,0.
Patakning uzunligi qo’shimcha ortirmalarsiz quyidagiga teng bo’ladi:
Dp = D + P1 + P2 – Spat = 209+5,0+2,5-(0,02•209+0,5•10) = 146,2 mm
Spat = 0,02D + 0,5Bp
(1) Tenglamaga asosan K ning qiymatini topamiz va qolipning tutam qismidagi qamrovni hisoblaymiz.
Oq = 1,04•196,0 = 204 mm
GOST 3927-88 dan 2-ilova 6-jadvaldan qolipning raqamini aniqlaymiz. Metrik o’lchov tizimi bo’yicha bu 204 mm qamrovli 21 raqamdagi qolip bo’lib uning to’laligi 3 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |