Populyatsiyalar genetik tarkibi dinamikasining omillari
Tabiiyki, o’z-o’zidan urug’lanuvchi organizmlar uchun Xardi-Vaynberg qonuni to’g’ri kelmaydi. O’z-o’zidan urug’lanish (o’z-o’zidan changlanish) yoki qarindosh chatishish hodisalarining genetik mohiyati populyatsiyaning turli genotipli liniyalarga ajralishidan iboratdir. Bunda geterozigota holatdagi genlar gomozigota holatga o’tadi. Masalan, Aa geterozigotaning o’z-o’zidan urug’lanishi natijasida avlodda 1AA : 2Aa :1aa yoki foiz hisobida 25AA : 50Aa : 25aa nisbatlardagi ajralish bo’ladi. Agar keyingi qator avlodlar davomida o’z-o’zidan urug’lanish yoki bir xil genotipli organizmlar chatishishi (inbriding) sodir bo’lsa, unda gomozigotali individlar soni ko’payib, geterozigotalilar kamayadi
I nbriding vaqtida populyatsiyaning harakati (bir juft allel bo’yicha ajralishda gomo- va geterozigotalar nisbatining dinamikasi).
I1 – I6 – inbriding avlodlari.
SHuning evaziga o’z-o’zidan urug’lanuvchi organizmlar populyatsiyalari asosan gomozigotali individ-lardan iborat bo’lib qoladi. SHuning uchun o’z-o’zidan changlanuvchi o’simliklar avlodlarida (sof liniyalarda) tanlash kam samaralidir, chunki gomozigotali o’simliklar genotipik bir xil bo’lgan avlodlarni yaratadi. Lekin shuni ham e’tiborga olish kerakki doimiy bo’ladigan mutatsion jarayon sof liniyalarda ma’lum darajadagi lekin, chetdan changlanuvchilarga nisbatan kam geterogenlikning paydo bo’lishiga imkon tug’diradi.
SHunday qilib, o’z-o’zidan va chetdan urug’lanuvchi organizmlar populya-tsiyalari har xil darajada bo’lsa ham geterogendir, tanlash yo’li bilan ular-dan turli liniyalarni ajratib olish mumkin. Panmiktik populyatsiya Xardi-Vaynberg qonuni bo’yicha muvozanat holatida bo’ladi, o’z-o’zidan urug’lanuvchi organizmlar populyatsiyasida esa gomozigotlanish jarayoni sodir bo’ladi.
Organizmlar evolyutsiyasining borishida populyatsiyalarda sifat jihatdan farqlanuvchi genotiplar nisbatlarining o’zgarishi tufayli doimo bir genotiplarning boshqa genotiplar bilan almashinib borishi sodir bo’ladi. Bu jarayon populyatsiyalar genetik dinamikasining mohiyatini tashkil etadi. Populyatsiyalardagi genetik o’zgaruvchanlik mutatsion va kombinativ o’zgaruvchanliklardan tashkil topadi. Genlarning nisbiy takrorlanish darajasini saqlashga qaratilgan panmiktik populyatsiyalardagi genotiplarning muvozanati bir qator omillarning doimiy ta’siri tufayli o’zgaradi. Bunday omillar qatoriga mutatsion jarayon, tanlash, populyatsiyalardagi individlar soni, alohidalanish va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |